Islomov Ikrom Xushboqovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining geografik terminologiyasi: tizimi, genezisi, semantik strukturasi va leksikografik talqini”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fil341.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD. 03/30.12.2019.Fil.70.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djumaev Tursunali, filologiya fanlari doktori, dotsent; Husanov Nishonboy Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shuhrat Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilining geografik terminologiyasi tizimining  strukturasini ochish, genetik, semantik xususiyatlari, ideografik qurilishini asoslash, o‘zbek tilining milliy korpusi va ta’limiy korpusi uchun geografik terminlar lingvistik bazasini yaratishning asos va mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘z qatlamga mansub o‘zbek geografik terminlari ma’nosi umumiste’mol ma’noning soha tushunchasini ifodalashga ixtisoslashuvi natijasida shakllanganligi, geografiyaga oid terminlar tizimida bo‘yin, qir, bo‘g‘oz, mansab kabi shakldosh, atrof, balandlik, tog‘, makon, massiv kabi ko‘pma’noli, kenglik, parallel`, tekislik, izobara, mintaqa kabi polifunksional terminlar mavjudligi aniqlangan; 
o‘zbek tilining leksikasi neytral birliklar, dialektizmlar, chegaralangan birliklar kabi umumleksik birliklar hamda professionalizmlar va ilmiy terminlar kabi terminologik birliklar mikrotizimidan, ilmiy terminlar tizimi fan-texnika terminlari, sanoat terminlari, soha va xo‘jalik terminlari kabi mikrotizimlardan tashkil topganligi ochib berilgan; 
o‘zbek tili geografik terminlarining tizimiy munosabatlariga ko‘ra geografik terminosistema apellyativ leksika – geografik terminologiya (tog‘, tepa, qo‘ltiq, bo‘g‘oz) va o‘zlashma leksika – geografik terminologiya (litosfera, gidrosfera, biosfera atmosfera kabi) tarmoqlaridan tarkib topgan ikki turdagi mikrotizim ekanligi dalillangan; 
umumleksik va terminologik birlikning bitta voqelikni ifodalashi umumiste’mol va terminologik ma’no o‘rtasidagi semantik umumiylikni, ularning umumleksik va sohaviy qo‘llanilishi o‘zaro farqlilikni ta’minlashi dalillangan; 
o‘zbek tilining milliy hamda ta’limiy korpusida semantik qidiruv natijasini ta’minlash uchun semantik teglash hamda ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasi tarkibi terminologik semantik analizator asosida muayyanlashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining geografik terminlari tizimi, semantik va genetik xususiyatlarini o‘rganish, leksikografik talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘zbek tili geografik terminlari leksik-grammatik xususiyatlari, ma’nodagi ixtisoslashuv natijasida sohaviy ma’noning vujudga kelishiga oid xulosasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligida foydalanilgan. (Toshkent DO‘TAUning 2021 yil 14 sentyabrdagi 02-1532-son ma’lumotnomasi). Natijada “Yasama so‘zlarning leksemalashuvi” deb nomlangan 13-paragrafda umumiste’mol birliklarning yasamalashuvi, “O‘zbek tili leksikasi tasnifi” deb nomlangan 18-paragrafda o‘zbek tili leksikasi tarkibida qo‘llanilishi chegaralangan birliklarni ilmiy tavsiflash imkonini bergan;
geografik terminlarni til korpusi, ta’limiy korpuslarda aks ettirish, ma’lumotlar omborini tuzish, manba tanlash, ularni operatorlarga joylashtirish, sohaviy birliklarini semantik teglash, razmetkalash, lingvistik bazasini ishlab chiqishga oid xulosa va tavsiyalardan Erasmus+ xalqaro loyiha doirasida “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities” (CLASS) loyihada foydalanilgan (Toshkent DO‘TAUning 2021 yil 11 noyabrdagi 04/1-2171-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi sillabuslarni tuzish, darslik yozish va mazkur loyihaning materiallarini ishlab chiqish, boyitish imkonini bergan;
o‘zbek tili terminosistemasi, geografik terminlar va toponimik birliklar munosabati masalasi doirasidagi tahlil va natijalari mamlakat miqyosida atamashunoslik sohasini rivojlantirishga nazariy asos vazifasini bajarishi, amaliy yordam berishi O‘zR VMning Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan qayd etilgan (Departamentning 2021 yil 19 oktyabrdagi 30-11-25-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakat miqyosida geografik ob’ektlarni nomlash, atamashunoslik sohasini rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
o‘zbek geografik terminologiyasining semantik taraqqiyoti va yondosh sohalar terminologiyasiga munosabati, geografik terminlarni semantik teglashga oid tahlil va xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Toshkent DO‘TAUning 2021 yil 11 noyabrdagi 04/1-2170-son ma’lumotnomasi). Natijada polisemantik, sinonimik munosabatli terminlarning leksikografik tavsiflarini mukammallashtirish, semantik xususiyatlarini izohlashga hissa qo‘shilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish