Yuldashev Avazbek Aripjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning tarixiy tahlili (1991-2020 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar554.
Ilmiy rahbar: Murtazaeva Rahbarxon Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston boshqaruv tizimidagi rahbar kadrlarni tayyorlash jarayonlarini tarixiy nuqtai nazardan yutuq va kamchiliklarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining kasbiy ta’lim mazmuni kommunistik mafkuradan holi umumiylik va demokratlashtirish, ta’limni insonparvarlashtirish, uning etno-mintaqaviy yo‘nalishidan kelib chiqqan holda yangi mutaxassisliklar va ixtisosliklarni joriy etishga qaratilganligi asoslangan;
2000 yillardan davlat xizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishning yetakchi tendensiyalari ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning infratuzilmasini yaratish va mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonining shakl va usullarini takomillashtirish va yaxlit komplekslarni ochish kabilar davlat xizmatchilari uchun uzluksiz ta’limning hududiy tizimini yaratish, uni ixtisoslashtirilgan kadrlar tayyorlashni kuchaytirishga yo‘naltirilganligi isbotlangan;
2008 yidan so‘ng mamlakatda iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda ijtimoiy farovonlikni ta’minlash borasida olib borilgan islohotlar davlat xizmatchilaridan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi boshqaruv bilimlarini takomillashtirish zaruriyati markaziy va hududiy hokimiyat organlarining kadrlar salohiyatini shakllantirish borasidagi maqsadli faoliyatiga asos bo‘lganligi dalillangan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi hududiy filiallarining viloyatlarda ochilishi quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilarining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlardagi ishtirokini samarali tashkil qilishga, salohiyatli yosh boshqaruv kadrlarini shakllantirishga xizmat qilayotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi tarixi oid ilmiy xulosa va takliflardan:
mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining kasbiy ta’lim mazmuni kommunistik mafkuradan holi umumiylik va demokratlashtirish, ta’limni insonparvarlashtirish, uning etno-mintaqaviy yo‘nalishidan kelib chiqqan holda yangi mutaxassisliklar va ixtisosliklarni joriy etishga qaratilganligi bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ish faoliyatini samarali tashkil etishda, nomzodlarni tanlab olish, munosib lavozimlarga tavsiya qilish va xizmat lavozimlarida o‘sib borishlarini monitoring qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2020 yil 24 oktyabrdagi 01/4-18-23-458-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlari, boshlang‘ich tashkilotlari xodimlarining ish faoliyatini samarali tashkil etishga hamda mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan;
2000 yillardan davlat xizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishning yetakchi tendensiyalari - ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning infratuzilmasini yaratish va mustahkamlash; o‘quv-tarbiya jarayonining shakl va usullarini takomillashtirish va yaxlit komplekslarni ochish kabilar davlat xizmatchilari uchun uzluksiz ta’limning hududiy tizimini yaratish, uni ixtisoslashtirilgan kadrlar tayyorlashni kuchaytirishga yo‘naltirilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda hamda partiya xodimlarining kasbiy bilim va malakasini oshirishda, zaxira kadrlar uchun o‘quv kurslari tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi 2020 yil 27 oktyabrdagi 01-161-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining hududiy va tuman bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qilgan;
2008 yidan so‘ng mamlakatda iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda ijtimoiy farovonlikni ta’minlash borasida olib borilgan islohotlar davlat xizmatchilaridan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi boshqaruv bilimlarini takomillashtirish zaruriyati markaziy va hududiy hokimiyat organlarining kadrlar salohiyatini shakllantirish borasidagi maqsadli faoliyatiga asos bo‘lganligiga oid olingan natijalardan Namangan viloyat hokimligida rahbar va zahira kadrlar bilan samarali ish tashkil etishda, ularni tanlab olish va malakasini tizimli oshirib borishda foydalanilgan (Namangan viloyat hokimligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 06-18-3639-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat va tuman hokimliklari, tashkilot va idoralarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning kasbiy malakasini oshirishga samarali xizmat qilgan.
joylarda tinglovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasining Guliston, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi va Urganch shaharlarida hududiy filiallarining ochilishi quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilarining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlardagi ishtirokini samarali tashkil qilishga xizmat qilayotganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 19 yanvardagi 02-40-80-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning O‘zbekiston tarixining eng yangi davriga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish