Raupova Munira Murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy ongni rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped714.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xasanova Kibriyo Xasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy ongni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy ongni rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, xulq-atvorga doir, emotsional-baholovchi komponentlarning kichik maktab yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari bilan bog‘liq ixtiyoriy xulq-atvorning yangi ko‘rinishi sifatida refleksiya va harakatlarni rejalashtirish ko‘nikmalari bilan identivligini ta’minlashga doir o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishning didaktogen algoritmini bosqichma-bosqich loyihalash orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim jarayonida huquqiy ongni rivojlantirishning ijtimoiy intellektni tarkib toptirishga doir pedalogik xususiyatlari o‘z-o‘zini mustaqil baholash, o‘zini namoyon etishga intilish, ma’naviy-axloqiy munosabatlar tajribasini o‘zlashtirish kabi tayanch ma’naviy kompetensiyalarni variativ o‘yinlar vositasida tarkib toptirishga yo‘naltirilgan fasilitativ muhit barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy ongni rivojlantirishning pedagogik texnologiyasining tashkiliy-jarayonli bosqichi axloqiy-huquqiy mavzudagi badiiy asarlarni sharhlab o‘qish, videosyujetlarni juftlik va kichik guruhlarda tahlil etish, o‘zining salbiy hulqini mustaqil baholashga doir refleksiv va proektiv metodikalarning produktivligiga erishish bo‘yicha pedagogik chellenjlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda huquqiy ongni rivojlantirish jarayonida hayotiy vaziyatlarni modellashtirishga yo‘naltirilgan hamda ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi jamoaviy faoliyatini tashkil etishga doir shartli-vaziyatli, imitatsion, vaziyatni modellashtirish, ijodiy suhbat, assotsiatsiya kabi narrativ o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy ongni rivojlantirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy ongni rivojlantirishning tuzilmasi hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonida huquqiy ongni rivojllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 89-03-5350-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy savodxonlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy ongni rivojlantirishning pedagogik texnologiyasini takomillashtirish, axloqiy-huquqiy mavzudagi badiiy asarlarni sharhlab o‘qish, videosyujetlarni juftlik va kichik guruhlarda tahlil etish, o‘zining salbiy hulqini baholashga doir refleksiv va proektiv metodikalarni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tizimli qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 14 dekabrdagi 316-sonli buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 18 dekabrdagi 03/03-1549-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning huquqiy tavsifdagi matnlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda huquqiy ongni rivojlantirish jarayonida hayotiy vaziyatlarni modellashtirishga yo‘naltirilgan, ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi jamoaviy faoliyatini tashkil etishga doir narrativ o‘yinlardan foydalanishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ITD-4-108. “Yoshlarda moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini ta’minlash: muammo va vazifalar” (2009-2011 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 89-03-5350-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy ongni rivojlantirishda hayotiy vaziyatlarni modellashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.