Abdupattoev Muhammadtohir Tojimamatovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek tilining poetik sintaksisi, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil277.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Ilmiy rahbar:  Mamajonov Alijon Boboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: 
Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor;
Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor;
Yo‘ldoshev Ma’rufjon  Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida poetik sintaksis maqomini belgilash bilan birga, poetik nutqning sintaktik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
poetik nutq faqat fikr bayon qilish vositasigina emas, balki badiiy-estetik ta’sirga ega nutq turi ekanligi, uning asosiy birliklari sanalgan binar sintaktik konstruksiya, supersintaktik butunlik, ularni tashkil etuvchi qism-bo‘laklarning shakliy, mazmuniy va funksional xoslanishi  asoslangan;
poetik nutqning poetik tafakkur mahsuli va sintaktik ifoda shakli sifatida shakllanish jarayoni, gaplar, murakkab sintaktik butunliklarning asosiy kommunikativ birlik sifatidagi semantik va struktur lisoniy belgilari dalillangan; 
poetik nutqning struktural-semantik jihatdan bir butun sintaktik tizim ekanligi,  axborotni uzatishdagi kompozision-sintaktik  strukturani tashkil etuvchi boshlanma, fikr rivoji, tugallanmaning matndagi o‘rni, badiiy-poetik aktuallashuvi,  kommunikatsiya jarayonidagi tema-rematik munosabati aniqlangan; 
idiostil va idiolekt tushunchalarining mohiyati, uslubiy, vazifaviy belgilari, nutq muallifining tilning yuqori sathidagi lisoniy imkoniyatlari ochib berilgan, poetik nutqqa xos muallif individual uslubining sintaktik tabiati – dominant hisoblanuvchi qoliplashgan murakkab sintaktik butunliklar izohlangan;
poetik nutqda qo‘llanuvchi, badiiy-estetik va hissiy-ta’siriylikni kuchaytiruvchi struktural, semantik va pozision sintaktik figuralar alohida tizim sifatidagi pozision sintaktik figuralar poetikasi, mazmuniy sintaktik figuralar tasviriy ifodasi, badiiy tasvir vositalarining emotsional-estetik xususiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining poetik sintaksisi doirasida poetik nutqning sintaktik xususiyatlariga bag‘ishlangan dissertatsion ishda erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
poetik nutq faqat fikr bayon qilish vositasigina emas, balki badiiy-estetik ta’sirga ega nutq turi ekanligi, uning asosiy birliklari sanalgan binar sintaktik konstruksiya, supersintaktik butunlik, ularni tashkil etuvchi qism-bo‘laklarning shakliy, mazmuniy va funksional xoslanishi bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan  “Matn tilshunosligi” darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikning asosiy qismi ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
poetik nutqning poetik tafakkur mahsuli va sintaktik ifoda shakli sifatida shakllanish jarayoni, gaplar, murakkab sintaktik butunliklarning asosiy kommunikativ birlik sifatidagi lisoniy belgilarini o‘rganish  masalalari bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan  “Matn tilshunosligi” darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada poetik nutqning sintaktik xususiyatlari bo‘yicha berilgan ilmiy ma’lumotlar darslikning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
poetik nutqning struktural-semantik jihatdan bir butun sintaktik tizim ekanligi,  kompozision-sintaktik  strukturasini tashkil etuvchi boshlanma, fikr rivoji, tugallanmaning axborotni uzatishdagi o‘rni, badiiy-poetik aktuallashuvi,  tema-rematik munosabat bo‘yicha  berilgan xulosa va tavsiyalardan “Pragmalingvistika asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan 418-045 raqamli ruxsatnoma). Natijada darslik nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan;     
idiostil va idiolekt tushunchalarining mohiyati, uslubiy, vazifaviy belgilari, nutq muallifining lisoniy imkoniyatlari ko‘rsatilgan,  poetik nutqqa xos muallif individual uslubining sintaktik tabiati – dominant hisoblanuvchi qoliplashgan sintaktik birliklarning izohlanishi bo‘yicha berilgan xulosa va tavsiyalardan “Pragmalingvistika asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan 418-045 raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikning nutq qurilishida til shaxsining o‘rni va adresat-adresant munosabatlari yoritilgan o‘rinlari ilmiy va nazariy jihatdan mukammallashgan;     
poetik nutqda qo‘llanuvchi, badiiy-estetik va hissiy-ta’siriylikni kuchaytiruvchi struktural, semantik va pozision sintaktik figuralar alohida tizim sifatida baholangan holda, ularning poetik tasvir vositasi ekanligi va emotsional-estetik vazifasiga oid  ilmiy qarashlar va xulosalardan Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy inovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazida  bajarilgan  I-2013 57-raqamli “Ijtimoiy ekologiya muammolari” fundamental` loyihasi doirasida  foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligning 2021 yil 6 iyuldagi 06-06/5053-son ma’lumotnomasi). Natijada nutq muammolari va poetik nutq tadqiqi yuzasidan berilgan takliflar loyiha ishini bajarishda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan
poetik nutqda qo‘llanuvchi sintaktik figuralar tasnifi she’riy nutq tahlili, poetik nutqning o‘ziga xos xususiyatlari, poetik nutqda ta’siriylik, tasviriylik, emotsional-ekspressivlikning ifodalanishi, she’riyatning ta’sir qilish xususiyatlariga oid ilmiy qarashlari va xulosalari Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2020, 2021 yillarda efirga uzatilgan “Adabiy muhit”, “Ko‘ngil mulki” teleko‘rsatuvlarida va “Ma’naviyat – qalb  ko‘zgusi” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining  2021 yil 7 iyuldagi 1201/90-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan; 
she’riy nutq tahlili, poetik nutqning kompozision-sintaktik qurilishi, poetik nutqda muallifning o‘ziga xos uslubi (idiostili), sintaktik figuralar  tasnifi va she’riyatning ta’sir qilish xususiyatlariga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telaradiokanalining “Bedorlik”, “ Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining sseniriylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 15 iyuldagi 04-25-1181-son ma’lumotnomasi). Natijada Radiodasturlarda berilgan  mazkur ilmiy natijalar radio- tinglovchilarning she’riyatni tushunish va chuqur anglash bo‘yicha bilimlarining shakllanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish