Usmanov Nosir Nurmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va urug‘lik sifatiga siderat ekinlarni qo‘llashning ta’siri”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Qx175.
Ilmiy maslahatchi: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Oripov Razzoq Oripovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sanaev Sobir Toyirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida yozgi va kuzgi siderat ekinlar biomassa hosildorligi va siderat ekinlarni urug‘lik uchun ekish muddatlari va urug‘lik hosildorligi, siderat ekinlar massasi qo‘llanilganda kartoshka navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosil to‘plashi, hosildorligi va urug‘lik sifatiga hamda tuproq unumdorligiga ta’sirini, barqaror yuqori urug‘bop sog‘lom va sof hosil olish imkonini beruvchi istiqbolli siderat ekin turlari va kartoshka navlarini ajratish asosida etishtirish texnologiyasini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida ilkbor turli siderat ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, yashil massa va urug‘ hosili bo‘yicha baholangan va istiqbolli siderat (raps, moyli turp, arpa, gorox, ko‘k xantal, gorox+moyli turp) ekin turlari tanlangan;
toza va aralash ekilgan siderat ekinlarning o‘sishi (o‘simlik bo‘yi 71,6-219,6 sm), rivojlanishi (1 m2 da tup soni 103,4-556,2 dona), biomassa (19,3-35,1 t/ga) va urug‘ (rapsda - 22,7-24,3 s/ga, ko‘k xantalda - 17,8-19,6 s/ga, moyli turpda - 22,0-23,5 s/ga, gorox (ko‘k no‘xat)da - 26,7-28,6 s/ga, arpada - 83,0 - 85,1 s/ga) hosildorligi aniqlangan;
tuproq haydov qatlamida makroagregatlar ulushi 13,4-25,9% ga oshganligi, mikroagregatlar esa 24,7-27,6% ga kamaygani, hajm massasi 1,23-1,31 g/sm3 ga kamaygani va suv o‘tkazuvchanligi 71,0-124,7 m3/ga oshganligi va gumus – 1,17-1,22; nitrat azoti 12,38-33,56, harakatchan fosfor - 31,37-43,25, almashinuvchi kaliy - 311,4-326,2 mg/kg.ga ortganligi, begona o‘tlar miqdori 7,4-17,5% yoki I va II-balldan oshmaganligi, yomg‘ir chuvalchanglari soni 3,1-6,3 barovarga ortganligi aniqlangan;
turli kartoshka navlarining rivojlanishi (o‘suv davri 2-10 kunga uzaygan, balandbo‘yli 67,2-83,6; serpoyali 4,2-5,7 yoki 1,1-1,8 donaga ziyod; barg sathili (69,6-72,1 ming m2), baquvvat palak (404,4-495,3 gramm), sog‘lom tup va hosilning shakllanishi (tuganak hosili 617,5-998,8 gramm, tuganaklar soni 6,7-11,2 donani, bitta tuganak o‘rtacha vazni 76,2-93,1 gramm), hosildorlik (30,7-39,6 t/ga va shundan tovar hosil 29,8-39,1, aynimagan urug‘bop tuganaklar hosili 21,2-29,2 t/ga, ko‘payish koeffisienti 6,4-8,6 dan ziyod) sifatiga sideratlarning ta’siri asoslangan;
siderat ekinlar qo‘llanilgandan so‘ng kartoshka o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va urug‘lik sifati, ikkihosilli ekin sifatida o‘stirilganda dala unuvchanligi (95,8-98,6%), mahsuldorligi, viruslar bilan (ochiqcha: 7,6-8,8, yashirincha: 23,3-26,7 foizga) kasallanishi va hosildorligi (21,5-31,0 t/ga, aynigan tuganaklar salmog‘i 3,3-4,1% dan kam) aniqlangan va muayyan sharoitda maqbul siderat ekinlardan so‘ng ekishga mos kartoshkaning o‘rtatezpishar istiqbolli navlari ajratilgan;
istiqbolli siderat (gorox, ko‘k xantal va gorox+moyli turp bilan aralash holda) ekinlardan so‘ng kartoshka navlarini o‘stirib, yuqori sifatli urug‘bop (21,2-29,2 t/ga) hosil olish imkoniyati iqtisodiy va statistik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kartoshka tezpishar va o‘rtatezpishar navlarini turli yozgi hamda kuzgi siderat ekinlardan so‘ng baholash, istiqbolli nav, siderat ekinlarni ajratish, ulardan yuqori va sifatli sog‘lom urug‘bop hosil olishga imkon beruvchi agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun “Kartoshkachilikda qo‘llaniladigan siderat ekinlarni yashil massa va uruqqa o‘stirish texnologiyasiga oid tavsiyalar” hamda “Kartoshkachilikda siderat ekinlardan foydalanishga oid tavsiyalar” tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 02/029-76-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer va dehqonlar uchun yozgi va kuzgi sideratlarni hamda kartoshka turli navlarini etishtirish texnologiyasini maqbullashtirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
istiqbolli kuzgi siderat ekinlardan (gorox, ko‘k xantal, gorox+moyli turp) so‘ng kartoshkaning o‘rtatezpishar Arizona, Kondor, Saviola va Bardoshli-3 navlari Yakkabog‘ tumani “Uyg‘ur” fermer xo‘jaligida 9,0 gektarda, “Qosimov Yo‘lchi Quchqarovich” fermer xo‘jaligida 4,5 gektarda, “Shaxrizoda-Adolat qizi” fermer xo‘jaligida 5 gektarda, jami 18,5 gektar maydanda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 02/029-76 - son ma’lumotnomasi). Natijada har gektardan hosildorlik qo‘shimcha 8,5-12,4 t/ga hosildorlik, 8,6-15,2 mln. so‘m sof daromad va 17,0-32,2% rentabellikka erishilgan.
ajratilgan yozgi siderat ekinlar (gorox, ko‘k xantal)dan so‘ng kartoshkaning o‘rtatezpishar Baxro-30, Arizona va tezpishar Quvonch-1656 m navlari Yakkabog‘ tumani “Uyg‘ur” fermer xo‘jaligida 6,0 gektarda, “Qosimov Yo‘lchi Quchqorovich” fermer xo‘jaligida 4,0 gektarda, “Shaxrizoda-Adolat qizi” fermer xo‘jaligida 6,0 gektarda, jami 16,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 02/029-76 - son ma’lumotnomasi). Natijada har gektardan 6,3-11,1 tonna qo‘shimcha hosildorlik, 5,9-12,4 mln. so‘m sof daromad va 16,4-24,4% yuqori rentabellik darajasi ta’minlangan;
Shaxrisabz tumani “Yusupova Shaxzoda Yu.” fermer xo‘jaligida kuzgi sideratlar (ko‘k xantal, gorox+moyli turp bilan aralash holda ekilgan)dan so‘ng kartoshka Sante, Saviola va Bardoshli-3 navlari 7,2 gektar maydonda, yozgi siderat (gorox va ko‘k xantal) ekinlaridan so‘ng kartoshka o‘rtatezpishar Sante va Arizona navlari 2,4 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 02/029-76 - son ma’lumotnomasi). Natijada shudgor (nazorat) variantiga nisbatan 5,5-11,5 t/ga qo‘shimcha hosildorlik, 6,6-13,7 mln. so‘m sof daromad va 20,0-28,0% rentabellik ta’minlangan. Yozgi sideratlar esa toza shudgor (nazorat) variantida hosildorlik 17,7-22,0 t/ga bo‘lib, sideratlarda esa hosildorlik 5,5-6,1 t/ga, sof daromad 6,6-11,5 mln. so‘m, rentabellik 18,7-28,0% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.
Viloyatning sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitidagi fermer xo‘jaliklarida maqbul siderat ekinlar va kartoshka navlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari natijalari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ (34,5 ga) va Shaxrisabz (9,6 ga) tumanlari fermer xo‘jaliklarida 44,1 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 02/029-76 - son ma’lumotnomasi). Natijada har gektardan 28-30 t/ga dan oshirib hosil olingan, 5,9-13,7 mln. so‘m qo‘shimcha daromad va 16,4-28,0% rentabellikka erishishni ta’minlagan.