Yuldashev Anvar Rajapovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Respublikaning shimoliy mintaqalariga mos, hosildor, tola sifati yuqori o‘rta tolali g‘o‘za navini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx750.
Ilmiy rahbar: Raxmonkulov Saidakbar, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: o‘rta tolali g‘o‘za navining «Mang‘it-1» navi (№ NAR 00334). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 30 apreldagi 01-11/1212-sonli xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi turli genotipga ega g‘o‘za navlari va tizmalarini murakkab duragaylash uslubi asosida Respublikaning shimoliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tolasi IV- tipga mansub, tezpishar, hosildor, yuqori tola chiqimi va sifatiga ega, tuproq sho‘rlanishiga bardoshli g‘o‘za navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta tolali g‘o‘za navlar seleksiyasida turli genetik va jo‘g‘rofik kelib chiqishga ega navlararo murakkab duragaylash uslubi va mintaqaviy seleksiya prinsipining samaradorligi tasdiqlangan;
navlararo murakkab duragaylash natijasida yaratilgan boyitilgan genotipga ega oila va tizmalarda qimmatli xo‘jalik belgilarining va trangressiv o‘zgaruvchanligi, shakllanishi va barqarorlashish jarayoni baholangan;
navlararo murakkab duragaylash uslubi asosida qimmatli xo‘jalik belgilari majmuasi bo‘yicha boyitilgan genotipga ega g‘o‘za oilalari va tizmalarini yaratish mumkinligi tasdiqlangan;
tadqiqotlar asosida yaratilgan Mang‘it-1 navining xo‘jalik uchun qimmatli belgilar majmuasi bo‘yicha boshqa navlardan genetik jihatdan farqlanishi va yangiligi hamda andoza S-4727 naviga nisbatan paxta hosildorligi 15,8%, tola hosildorligi 10,1%, tola chiqimi 1,2%, solishtirma uzilish kuchi 5 g.k/teks., tola uzunligi 0,14 dyuym va 1000 dona chigit vazni bo‘yicha 7-10 gr. yuqori ekanligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikaning shimoliy mintaqalariga mos, hosildor, tola sifati yuqori o‘rta tolali g‘o‘za navini yaratish asosida olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
yangi o‘rta tolali Mang‘it-1 g‘o‘za naviga patent olingan (№ NAP 00334, 17.03.2021 y.) (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 oktyabrdagi 02/020-4400-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za genofondi tuproq sho‘rlanishi, yuqori harorat va garmselga bardoshli, tola sifati yuqori bo‘lgan serhosil yangi o‘rta tolali g‘o‘za navi bilan boyitilgan;
g‘o‘zaning intensiv, tezpishar, yuqori hosildor va tuproq sho‘rlanishiga bardoshli Mang‘it-1 navi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida keng maydonlarda ekilib, navdorligi yuqori bo‘lgan birlamchi elita va boshqa avlod urug‘lari ko‘paytirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 oktyabrdagi 02/020-4400-son ma’lumotnomasi). Natijada, Amudaryo tumanida Mangit-1 navi ekilganda kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlardan gektariga 30-35 sentnergacha hosil olinib, qo‘shimcha hosil 10-12 sentnerni tashkil etgan;
o‘rta tolali g‘o‘zaning Mang‘it-1 navi 2020 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha istiqbolli nav sifatida Davlat Reestriga kiritilgan va 2021 yilda Amudaryo hamda Taxiatosh tumanlarida 400,0 gektardan oshiq maydonda ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 oktyabrdagi 02/020-4400-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklari davlat bilan tuzilgan shartnomaviy rejaga nisbatan qo‘shimcha 3,7-4,5 s/ga paxta hosili etishtirib, 17-19 foiz rentabellik darajasi va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.