Akramov Xusan Furkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sotsial kapital aholi turmush sifatini oshirishning omili sifatida», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.1.PhD/Sots22.
Ilmiy rahbar: Farfiev Baxramdjan Atxamdjanovich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlar doktori, professor; To‘raev Odiljon Bektemir o‘g‘li, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston aholisining turmush sifatini oshirishda sotsial kapital omilining ta’sirini sotsiologik jihatdan tadqiq etish orqali ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi turmush sifatini oshirishda sotsial institutlar funksiyalari (ijtimoiy munosabatlar, regulyativ, integrativ, ijtimoiylashuv, kommunikativ)ning sotsiologik mexanizmlari (ijtimoiy nazorat, ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy me’yor, ijtimoiy fikr) ma’naviy omillar (axloqi e’tiqodi, dunyoqarashi, erkinligi, qadriyatlari, mentalitet) orqali ochib berilgan;
jamiyat hayotini yangi sifat bosqichiga o‘tishiga asos bo‘luvchi mezonlari (faollik, vijdon erkinligi, o‘zaro yordamning mavjudligi, o‘zaro ishonch, istiqboliga ishonishi, insonlar bilan o‘zaro aloqaga kirishuvchanlik darajasi, hurmat qilish va bag‘rikenglik) ishlab chiqilgan;
sotsial kapital indikatorlarini ijtimoiy himoya tizimi faoliyatiga konvertatsiya qilish orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari (yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslar)ga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish orqali takomillashtirilgan;
yoshlarda mavjud bo‘lgan inson kapitalini sotsial kapital indikatorlari (ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy-madaniy me’yorlar)ga bilimlar transferi asosida turmush sifatini baholash ko‘rsatkichlari (salomatlik, ta’lim, madaniy hordiq, mehnat faoliyati, fuqarolar huquqi, xavfsizlik, hayotidan qoniqish, oilaviy hayot, daromad) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sotsial kapitalning aholi turmush sifatini oshirishdagi imkoniyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi turmush sifatini oshirishda sotsial institutlar funksiyalari (ijtimoiy munosabatlar, regulyativ, integrativ, ijtimoiylashuv, kommunikativ)ning sotsiologik mexanizmlari (ijtimoiy nazorat, ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy me’yor, ijtimoiy fikr) ma’naviy omillar (axloqi e’tiqodi, dunyoqarashi, erkinligi, qadriyatlari, mentalitet) orqali ochib berilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmonidagi 2-ilovasida keltirilgan «Mamlakatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha «Oila muqaddas» degan ezgu g‘oyani targ‘ib qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish deb nomlangan 3-bo‘limidagi 26-bandida oila institutini mustahkamlash va rivojlantirishning ilg‘or usullarini amaliyotda qo‘llash, farovon oilaning zamonaviy modelini targ‘ib qilish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatiga tatbiq etilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 1 fevraldagi 02-09/246-con ma’lumotnomasi). Natijada ekspert va umumiy so‘rovda qo‘llanilgan indikatorlar mutaxassislar orasida olib boriladigan tadqiqotlar natijalarining ilmiy-prognostik va baholash darajasini oshirishga hamda milliy monitoring tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamiyat hayotini yangi sifat bosqichiga o‘tishiga asos bo‘luvchi mezonlari (faollik, vijdon erkinligi, o‘zaro yordamning mavjudligi, o‘zaro ishonch, istiqboliga ishonishi, insonlar bilan o‘zaro aloqaga kirishuvchanlik darajasi, hurmat qilish va bag‘rikenglik) ishlab chiqilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmonidagi 2-ilovasida keltirilgan «Mamlakatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etishning «Oila muqaddas» degan ezgu g‘oyani targ‘ib qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish deb nomlangan 3-bo‘limidagi 26-bandida oila institutini mustahkamlash va rivojlantirishning ilg‘or usullarini amaliyotda qo‘llash, farovon oilaning zamonaviy modelini targ‘ib qilish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatiga tatbiq etilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 1 fevraldagi 02-09/246-con ma’lumotnomasi). Natijada ekspert va umumiy so‘rovda qo‘llanilgan indikatorlar mutaxassislar orasida olib boriladigan tadqiqotlar natijalarining ilmiy-prognostik va baholash darajasini oshirishga hamda milliy monitoring tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sotsial kapital indikatorlarini ijtimoiy himoya tizimi faoliyatiga konvertatsiya qilish orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari (yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslar)ga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtirilganligiga oid takliflar «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2021 yil 18 noyabrdagi «O‘zbekiston fuqarolarining qadriyat mezonlari va tamoyillari» mavzusida o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan interv`yu shaklidagi sotsiologik so‘rovda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 2 fevraldagi 01-16/46-con ma’lumotnomasi). Natijada mazkur uslubiy ishlanma mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi qadriyatlar tizimi doirasida aholi turmush sifati masalalarini amaliy sotsiologik jihatdan o‘rganishda sermahsul natijalarga erishishni ta’minlashga asos bo‘lgan;
yoshlarda mavjud bo‘lgan inson kapitalini sotsial kapital indikatorlari (ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy-madaniy me’yorlar)ga bilimlar transferi asosida turmush sifatini baholash ko‘rsatkichlari (salomatlik, ta’lim, madaniy hordiq, mehnat faoliyati, fuqarolar huquqi, xavfsizlik, hayotidan qoniqish, oilaviy hayot, daromad) ishlab chiqilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoniga 1-ilova 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”dagi 4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bandidagi vazifalarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 09 noyabrdagi 2-13-23-2782-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PF-6017 Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida institut tomonidan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini baholash milliy indikatorlari ishlab chiqishda foydalanilgan.