Turabov Sarvar Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tashkilotlarining davlat xaridlarini amalga oshirishdagi moliyaviy munosabatlarini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1231.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Qaxramon Akbaralievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari amalga oshirishdagi moliyaviy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat haridlari tizimida elektron do‘konda tovarlar haridi bo‘yicha bir shartnomaga qo‘yilgan cheklovni ikki ming besh yuz baravargacha oshirish orqali byudjet tashkilotlarining tovar haridlarini soddalashtirish asoslangan;
davlat buyurtmachilarining ish va xizmatlar haridlarida elektron do‘kon shaklining mezoni etib bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida belgilash orqali byudjet tashkilotlarining bir shartnoma doirasida ish va xizmatlarini harid qilish yuzasidan tanlov imkoniyati oshirilgan;
bir moliya yili davomida byudjet buyurtmachisining elektron do‘kon orqali amalga oshiriladigan tovarlar haridlari bo‘yicha umumiy hajmini bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravarigacha oshirish orqali byudjet tashkilotlari ehtiyojlarini maqbul muddatlarda qondirish va haridlarini samarali tashkil etish taklif etilgan;
davlat haridlarida g‘olib aniqlanmagan taqdirda auksion o‘tkazish muddatini uch kunga uzaytirish orqali ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan holda byudjet tashkilotlarida haridlar vaqtidan unumli foydalanish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari jarayonidagi moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari:
byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirishni soddalashtirish maqsadida elektron do‘kon orqali bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz barobarigacha qiymatdagi tovarlarni xarid qilishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi O‘RQ-684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 06/04-01-32/1254-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida elektron do‘konda tovarlar haridi bo‘yicha bir shartnomaga qo‘yilgan cheklovni ikki ming besh yuz baravargacha oshirish orqali byudjet tashkilotlarining tovar haridlarini soddalashtirish imkoniyati yaratilgan;
byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirishda buyurtmachilar uchun tanlov imkoniyatini kengaytirish maqsadida elektron do‘kon orqali bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha qiymatdagi ish va xizmatlarni xarid qilishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi O‘RQ-684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 06/04-01-32/1254-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida haridlarda elektron do‘kon shaklining mezoni etib bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida belgilash orqali byudjet tashkilotlarining bir shartnoma doirasida ish va xizmatlarini harid qilish yuzasidan tanlov imkoniyati oshirilgan;
byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirishda buyurtmachilar uchun yanada kengroq assortimentdagi tovarlarni taklif qilish hamda tanlov imkoniyatini oshirish maqsadida elektron do‘kon orqali byudjet buyurtmachisi tomonidan ayni bir turdagi tovarlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravarigacha amalga oshirishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi O‘RQ-684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 06/04-01-32/1254-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida bir moliya yili davomida elektron do‘kon orqali amalga oshiriladigan tovarlar haridlari bo‘yicha umumiy hajmini bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravarigacha oshirish orqali byudjet tashkilotlari ehtiyojlarini maqbul muddatlarda qondirish va haridlarini samarali tashkil etish imkonini bergan;
byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirishda vaqtdan unumli foydalanish hamda xaridlarni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida agar auksionda auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanganda va g‘olib aniqlanmagan taqdirda byudjet tashkilotlariga auksionni uch ish kuniga uzaytirish yoki elektron do‘kon vositasida amalga oshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi O‘RQ-684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 06/04-01-32/1254-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida auksionda g‘olib aniqlanmagan taqdirda uning o‘tkazish muddatini uch kunga uzaytirish orqali ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan holda byudjet tashkilotlarida haridlar vaqtidan unumli foydalanish imkoniyati yaratilgan.