Salixova Saodatxon Muxamadxanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Daun sindromli bolalarning klinik-nevrologik, neyrofiziologik va sitogenetik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1336.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Daun sindromli bolalarda klinik, nevrologik, neyrofiziologik va sitogenetik xususiyatlarini aniqlash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Daun sindromli bolalarda sitogenetik profil variantlari (trisomiya, translokatsiya va mozaisizm) bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kognitiv faoliyati zaifligi va intellektual rivojlanish darajasi komorbid fonga uzviy bog‘liqligi aniqlangan.
translokatsiya va mozaisizm shakllariga nisbatan trisomiya shaklida klinik-nevrologik o‘zgarishlar og‘ir darajada kechishi aniqlangan; 
Daun sindromli bolalarning kognitiv faoliyatini baholash maqsadida Stenford-Bine va Veksler (WPPSI-IV) shkalalarining  klinik samaradorligi aniqlangan;
Daun sindromli bolalarni bazis davolash taktikasini nomedikamentoz (Forbrain va Numison dasturlari) davoni qo‘llash yo‘li bilan takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Daun sindromli bolalarni klinik-nevrologik, neyrofiziologik va sitogenetik o‘zgarishlarni erta tashhislash va korreksiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Daun sindromli bolalarda klinik-nevrologik o‘zgarishlarni erta tashxislash va kognitiv faoliyatni baholashni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Daun sindromli bolalarning kognitiv doirasini baholash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyundagi 8 n-z/201-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada keltirilgan nevrologik o‘zgarishlar invaziv bo‘lmagan funksional tekshiruv usullaridan olingan ma’lumotlar aqliy va kognitiv doiraning zaiflik darajasini aniqlash imkonini bergan; 
Daun sindromli bolalarda kognitiv faoliyatni va nutqni rivojlantirishda zamonaviy usullar yordamida reabilitatsiya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Daun sindromli bolalarni kompleks davolashda kognitiv doirani nomedikamentoz davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyundagi 8 n-z/201-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada keltirilgan pedogogik dastur Daun sindromli bolalarni ijtimoiy moslashuvini va turmush sifatini yaxshilash imkonini bergan. 
Daun sindromli bolalarning klinik-nevrologik, neyrofiziologik va sitogenetik xususiyatlariga oid ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasiga, Respublika Ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga, Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazlari amaliyotiga  joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2021 yil 22 noyabrdagi 08-09/18070-sonli ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi  Daun sindromli bolalarning kognitiv doirasidagi ijobiy o‘zgarishlarga, nevrologik o‘zgarishlar rivojlanishini erta bartaraf etishga, bolaning ijtimoiy xayotga moslashuvini yaxshilash va hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish