Mirsaydullaev Mirzoulug‘bek Mirmahmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori xatar guruhini tashkil qiluvchi OIV bilan infisirlangan aholi orasida predgipertenziya va arterial gipertenziyaning tarqalishi, klinik kechishi, farmakoterapiyasi, profilaktikasi xususiyatlari», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib156.
Ilmiy rahbar: Mamasaliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulabaeva Gavhar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV bilan infisirlangan aholi o‘rtasida predgipertenziya va arterial gipertenziyaning tarqalishi, klinik kechishi, farmakoterapiyasi xususiyatlarini baholash va OIV bilan infisirlangan aholida arterial gipertenziyaning profilaktikasi usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysidagi OIV bilan infisirlangan aholining turli guruhlarida predgipertenziya hamda arterial gipertenziya shakllanishini va epidemiologik jarayonning xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor OIV bilan infisirlangan aholida arterial gipertenziya va predgipertenziyaning profilaktikasi samaradorligini nazorat qilish, aholining arterial gipertenziya to‘g‘risidagi xabardorligi va o‘z sog‘lig‘iga munosabatning pastligini hisobga olgan holda amalga oshirish samarali bo‘lishi isbotlangan;
Farg‘ona vodiysidagi OIV bilan infisirlangan aholida predgipertenziya va arterial gipertenziyaga nisbatan noqulay epidemiologik sharoitlarning shakllanishi/kuchayib borishi bo‘yicha populyasion qonuniyatlarga egaligi va OIV bilan infisirlangan populyasiyani turli guruhlarida arterial gipertenziyaning xavf omillarining tarqalishi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida ushbu populyasiya orasida predgipertenziya va arterial gipertenziya bashoratining yaxshilanishiga katta hissa qo‘shuvchi mukammallashtirilgan donozologik tashxislash texnologiyasi va yuqori qon bosimining birlamchi hamda ikkilamchi profilaktikasi algoritmi ishlab chiqilgan;
farmakoepidemiologik nazoratning uzoq vaqt qo‘llanishi yuqori qon bosimi farmakoterapiyasi samaradorligi ko‘rsatkichlari va maqbulligining yaxshilanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
OIV aholida arterial gipertenziyani erta tashxislash va profilaktikasining optimal usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
«Novie texnologii donozologicheskoy diagnostiki, pervichnoy i vtorichnoy profilaktiki povishennogo arterial`nogo davleniya u VICh-pozitivnogo naseleniya» mavzusida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 apreldagi 8n-p/62-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida OIV bilan infisirlangan bemorlarda yuqori qon bosimini erta aniqlash, xavf omillarini bartaraf etilishida ijobiy samaraga erishishga imkon yaratgan.
OIV shaxslarda arterial gipertenziyaning erta tashxislanishi, profilaktika va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Namangan va Andijon OITSga qarshi kurash markazlari, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Namangan viloyat kardiologiya markazi, RShTYoIM Namangan filiali, 2-son va 4-son shahar poliklinikalariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 18 maydagi 8N-d/36-son va 2016 yil 13 sentyabrdagi 8d-3/74-son ma’lumotnomalari). Tadqiqot natijalari OIV bilan infisirlangan bemorlarda yuqori qon bosimining erta tashxislanishi va profilaktikasi, farmakoterapiyani optimallashtirishga yordam beradi, OIV bilan infisirlangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, gipertenziv yurak qon-tomir asoratlari sonini 40%gacha kamaytirish imkonini bergan.