Maxmurov Alisherning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon, qalqonsimon oldi bezlari va diafiz suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasining o‘zaro bog‘liq struktur o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib737.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Maqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlar doktori (DSc), dotsent; Xamdamova Muxayoxon Tuxtasinovna, tibbiyot fanlar doktori (DSc).    
Yetakchi tashkilot: Osh  davlat universiteti (Qirg‘iziston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gipo- va giperkal`semiya sharoitida qalqonsimon, qalqonsimon bezi oldi bezlari va naysimon suyak diafiz qismi suyak  to‘qimasining reparativ regeneratsiyasidagi strukturaviy o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipo- va giperkal`semiya sharoitida qalqonsimon bez parafollikulyar hujayralaridagi strukturaviy o‘zgarishlarning ul`trastruktur xususiyatlari aniqlangan;
gipo- va giperkal`semiya sharoitida qalqonsimon bezi oldi bezi bosh hujayralaridagi strukturaviy o‘zgarishlarning ul`trastruktur xususiyatlari aniqlangan va baholangan;
gipo- va giperkal`semiya sharoitida sun’iy nuqson yaratilgandan so‘ng katta boldir suyagi diafiz qismi suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasidagi strukturaviy o‘zgarishlarida kuzatiladigan ul`trastrukturaviy xususiyatlar borligi isbotlangan;
gipo- va giperkal`semiya sharoitida qalqonsimon bez, qalqonsimon bezi oldi bezlari va sun’iy nuqson yaratilgandan so‘ng katta boldir suyagi diafiz qismi suyak to‘qimasi reparativ regeneratsiyasidagi morfologik o‘zgarishlar qiyosiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suyak to‘qimasi reparativ regeneratsiyasiga mahalliy va tizimli omillarning ta’siri mexanizmlarini morfologik o‘rganish asosida: 
giper- va gipokal`semiyada suyak to‘qimalarining reparativ regeneratsiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Giper- va gipokal`semiyada suyak to‘qimalarining reparativ regeneratsiyasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-p/589-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma kal`siyning qondagi miqdoriga ko‘ra suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasining jarohatdan so‘nggi holatini tahlil qilish imkonini bergan;
naysimon suyaklar diafiz qismi suyak to‘qimasi nuqsonlarining reparativ regeneratsiyasini optimallashtirish mexanizmlarini o‘rganish va baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari klinik amaliyotga tadbiq etildi, xususan, RShTYoIM Toshkent viloyati filialida,  Toshkent viloyati Chirchiq shahar Tibbiyot Birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2021 yil  14 iyundagi 8n-z / 190-sonli xulosasi). Olingan ilmiy natijalarni klinik amaliyotga tatbiq etilishi oyoq-qo‘l shikastlanishlarini to‘liq tiklashga, asoratlarni bartaraf qilishga va hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish