Mamatova Dilrabo Alisherovnani 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta tozalash uskunalarining barqaror ishlashini ta’minlovchi uzatmalarni hisoblashning nazariy asoslarini takomillashtirish», 05.0203-«Texnologik mashinalar, robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/T456.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedxojaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Djizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani chiqindilardan tozalash mashinasining ishchi organlari va yuritish mexanizmlarini yangi kompanovkada ishlab chiqish orqali samaradorligini oshirish, tola sifatini ta’minlash uchun qoziqchali barabanni tarkibli qilish, yuritgichida o‘zgaruvchan uzatish nisbatli tasmali uzatma konstruksiyasini ishlab chiqish, kinematik va dinamik hisoblash metodlarini yaratish, ratsional parametrlarini asoslashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta tozalash agregati ishchi organlari yuritmalari uchun o‘zgaruvchan uzatish nisbatli va yuklanishlarning tebranishlarini amortizatsiyalovchi tasmali uzatmalarning samarali sxemasi, ishchi zonasi kengaytirilgan tozalagich hamda yirik va mayda iflosliklardan tozalash agregati takomillashtirilgan yuritish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
paxtani tozalash mashinasi ishchi organlari yuritmalaridagi tasmali uzatma shkivlarining erkin tebranishlarini ifodalovchi differensial tenglamalarni echimi asosida tasmani etaklovchi va etaklanuvchi tarmoqlarining uzayishlarini aniqlash formulalari, tasma tarmoqlarining tasmani turli tarangliklaridagi uzayishini bog‘lanishlari olingan, texnologik mashinalarni yuritmalari uchun uzatmani uzatish nisbatini va tasma xarakteristikasini tanlash usuli ishlab chiqilgan;
tasmani taranglash roligi bilan ta’sirlanishini inobatga olib, qayishqoq vtulkani bikirlik koeffisientini hisoblash formulasi, etaklovchi va etaklanuvchi tarmoqlarida kuchlanishini o‘zgarishi asosida etaklovchi shkiv validagi xarakatlantiruvchi momentni tebranish chastotasini va etaklanuvchi shkiv validagi qarshilik momenti, tebranishi, chastotasini farqi oshganda fazali siljishga olib kelishi aniqlangan;
paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalagich ishchi organlari arrali, qoziqchali va tashuvchi barabanlar xarakat qonuniyatlari aniqlangan, yangi kompanovkadagi sxemasi asosida elektr yuritgichning mexanik xarakteristikasi, tasmali uzatmalar va qayishqoq elementlarni bikirlik-dissipativ xususiyatlari, paxtani qarshilik momentlarini inobatga olib ishchi organlarning xarakat qonuniyatlari aniqlangan va parametrlari asoslangan;
qoziqchali va tashuvchi barabanlarni burchak tezliklarini o‘rtacha qiymatini va ularning notekislik koeffisientlarini yangi yuritmali sxemali tozalagich ish unumdorligiga bog‘liq o‘zgarish qonuniyatlari olingan, barabanlarning burchak tezliklarini notekisligi qancha katta bo‘lsa, shuncha paxtani titish va tozalash samarasi yuqori bo‘lishi, bunda impul`sli kuchlarni paydo bo‘lishi isbotlangan;
vallardagi burovchi momentni yuqori aniqlikda o‘lchash usuli, uzatma shkivlarini barqaror xarakatga chiqish va to‘xtash jarayonlarini o‘zgarish qonuniyatlari, xamda vallardagi burovchi momentni tebranish qamrovi ekssentrisitetini ortishi bilan nochiziqli holda ortib borish bog‘lanishlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani mayda chiqindilardan tozalash mashinalarining ishchi organlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
paxtani mayda chiqindilardan tozalash mashinalarining tasmali uzatmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agengligining ixtiro va foydali modelga patentlari (№IAP2018 0321, №FAP 00645 2010 y., № FAP 00676 2010 y.) olingan. Natijada paxta tozalash mashinalaring barqaror ishlash imkonini bergan;
paxta tozalash agregatining mayda chiqindilardan tozalash seksiyalari uchun yangi takomillashgan yuritmalari «O‘zpaxtasanoateksport» Xolding kompaniyasi korxonalarida, jumladan Toshkent viloyati Pskent va Alimkent paxta tozalash korxonalarida joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klaster» uyushmasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 03/16-201-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy tozalash samaradorligi 7,2% ga oshishini, tola iflosligi va nuqsonlar yig‘indisi 1,18%, chigitning mexanik shikastlanishi 1,37% , tozalangan paxtadagi erkin tolalar miqdori 0,42% ga kamayishini ta’minlashga erishilgan;
o‘zgaruvchan parametrli tasma uzatmali UXK paxta tozalagichning modernizatsiyalangan konstruksiyasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq rayoni «REAL AGRO COTTON» UK ning paxta tozalash korxonasida joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klaster» uyushmasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 03/16-201-son ma’lumotnomasi). Natijada tozalovchi agregatning ishchi organlarini uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun to‘rtta elektr yurituvchi o‘rniga bitta 11,0 kVt quvvatli (n=1000min-1), ta’minlovchi valiklar uchun R=1,5 kVt, n=(0÷20)min-1, shuningdek ajratuvchi shyotkali baraban uchun R=2,2kVt, n=1000min-1 elektr yurituvchilardan foydalanish, bunda tavsiya qilingan variantda iste’mol qilinadigan quvvat seriyali yuritmasiga nisbatan 3,7kVt ga kam bo‘lish imkoniyati yaratilgan;
o‘zgaruvchan parametrli tasmali uzatmali yangi konstruksiyali tozalagich ish rejimlari Toshkent viloyati Yuqorichirchiq rayoni «Yuqorichirchiq oqoltin tolasi» ICHK ning paxta tozalash korxonasida joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klaster» uyushmasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 03/16-201-son ma’lumotnomasi). Natijada ishchi organlarni ishlashini o‘zaro bog‘liqligi, ya’ni bitta oqim zanjiridek ta’minlanishini imkoniyati yaratilgan, bu esa tiqilishlarni va paxtani shikastlanishini kamaytirgan, tozalash samaradorligini oshirgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish