Sadiev Farhod Fatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biologik va kimyoviy preparatlarning Sirdaryo viloyatidagi qiyin o‘zlashtiriladigan tuproqlar tuz tartibiga ta’sirini o‘rganish”, 06.01.02-“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1253.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ramazanov Abit Ramazanovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Raximdjan Karimovich, texnika fanlari doktori, professor, Ishchanov Javlon Kurbanbaevich, PhD, dotsent v.b..
Yetakchi tashkilot: UzGIP mas’uliyati cheklangan jamiyati. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproq va o‘simliklarga mahalliy, ekologik xavfsiz bo‘lgan, biologik va kimyoviy preparatlarning meliorativ va suv tejovchi ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
g‘o‘zani vegetativ sug‘orishda va erning sho‘rini yuvishda tuproqni sho‘rlanishini kamaytirishda biosol`vent preparatini qo‘llash texnologiyasi tuproq yuzasiga suv bilan preparatni aralashmasini purkash natijasida ishlab chiqilgan;
tuproq namligini uzoq vaqt saqlash, sho‘rlanishni kamaytirish va g‘o‘za hosildorligini oshirishda Rizokom 1 biopreparatining qo‘llash usuli chigitni preparatda ivitib ekish natijasida takomillashtirilgan;
kuchli sho‘rlangan gipsli (qiyin melioratsiyalanadigan) erlarning sho‘rlanishini kamaytirishda chuqur yumshatish, sho‘r yuvish va Biosol`vent preparati qo‘llashni kompleks meliorativ texnologiyasi birgalikda qo‘llash asosida ishlab chiqilgan; 
Biologik va kimyoviy melioratsiyaning qiyin o‘zlashtiriladigan tuproqlar xususiyatlariga ta’sirining tizimli-nazariy modeli, hosilni bashoratlash usuli, sho‘rlangan va gipslashgan erlarning unumdorligini oshirishning samarali usullari Rizokom 1 va Biosol`vent preparatlarini qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Biologik va kimyoviy preparatlarning Sirdaryo viloyatidagi qiyin o‘zlashtiriladigan tuproqlar tuz tartibiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida: 
Mirzaobod va Xovos tumanlari xududida sho‘rlanish va tuproqning boshqa xossalari o‘zgarishining miqdoriy ko‘rsatkichlari hamda g‘o‘za hosildorligini oshirishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Quyi Sirdaryo Irrigatsiya tizim havza boshqarmasida joriy qilindi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 04/25-281-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za chigitini Rizokom 1 biopreparati bilan ivitib ekilganda oddiy amaliyotdagi usulga nisbatan tuproq va o‘simlikka ijobiy ta’sir qilib tuproq namligini uzoqroq, ya’ni massaga nisbatan 2,4 % gacha ushlab turadi; tuproqdagi rN miqdorini 0.1 – 0.6 ga kamaytiradi; Biosol`vent preparatining 10% li eritmasi bilan suv berishdan oldin tuproq yuzasiga ishlov berilganda tuproqning sho‘rini yuvish me’yori 2000 m3/ga bo‘lganda, tuzlarning yuvilishini jadallashishi: xlor 35...42 % ga, sulfat 13…16 % ga, kalsiy 21…28 % ga, natriy 21…23 % ga; egatlab birinchi vegetatsion sug‘orishda zararli tuzlar miqdori 18 - 23 % ga (Cl'; SO"4 va Ca ionlari esa 17; 18 va 14 % va undan ko‘proq) kamayadi. Vegetatsiya davrida tuproqning ildiz qatlamida tuz rejimining yaxshilanishi hisobiga g‘o‘za hosildorligi 7,5 s/ga ga oshish imkonini bergan; 
agromeliorativ (yumshatish, sho‘r yuvish, sug‘orish) va kimyoviy melioratsiyaning kombinatsiyasiga asoslangan sho‘rlangan gipsli tuproqlarni kompleks melioratsiyalash texnologiyasidan foydalanishning ta’siri OAJ SP «CLUSTER BEK” tomonidan tasdiqlandi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 04/25-281-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqni erta bahorda 70 sm chuqur shudgor qilinganda: tuproqning zichligi 1,60 g/sm3 dan 1,20-1,36 g/sm3 gacha kamaydi; sho‘r yuvish me’yori 4000 m3/ga bo‘lganda kuchli sho‘rlangan tuproqlarning maydoni 46 % ga (70 sm qatlam) kamaydi, buning natijasida katta me’yorlar bilan sho‘r yuvishning hojati qolmaydi. Yuqori darajada sho‘rlangan tuproqlarni chuqur yumshatish fonida vegetatsion sug‘orishdan oldin egatlarga Biosol`vent bilan ishlov berish natijasida tuproq tarkibidagi umumiy tuzlar miqdorini ikki baravar pasaytirish va xlorni 90% gacha yuvib chiqarish imkoni yaratilgan; 
sho‘rlangan tuproqlarda Rizokom-1 biopreparati bilan chigit ivitilib ekilganda, ekinning ildiz qatlamida mikrobiologik muxitning yaxshilanishi va Biosol`vent desolenizatorining 10% li eritmasini g‘o‘zani sug‘orishdan oldin egatga sepish hisobiga, tuproqning ildiz qatlamidan zararli tuzlarni chiqarib tashlashni kuchaytirish Xovos tumanidagi «El`murod El`bek» fermer xo‘jaligi, «Paxtakor» SIUda (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 04/25-281-son ma’lumotnomasi) joriy qilindi. Natijada, Rizokom-1 biopreparati g‘o‘za xosildorligini 6,0 s/ga va Biosol`vent preparati 7,5 s/ga ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish