Eshmurodov Dilmurod Dusmurod o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani tabiiy xususiyatlarini saqlash maqsadida havodan ajratish jarayonini takomillashtirish”, 05.06.02-“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2019.2.PhD/T1199):
Ilmiy rahbari: Xodjiev Muksin Tadjievich, texnika fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: JumaniyazovQadamJumaniyazovichtexnika fanlari doktori, professor; Sarimsaqov Olimjon Sharifjonovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash korxonalaridagi mavjud separator konstruksiyasini o‘rgangan holda yangi izolyasion kamerali hamda yo‘naltirgichli moslamaga ega takomillashgan separatorni ishlab chiqish asosida maxsulot sifatini saqlab qolishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani tashuvchi havodan ajratib olish jarayoni va unga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadli boshqarish yo‘li bilan chigitni mexanik shikastlanishini kamayishiga, ifloslik tarkibidagi erkin tola miqdori hosil bo‘lishini oldini oladigan, 20 gradusli qiyalikka ega bo‘lgan yassi shakldagi yo‘naltirgich hamda izolyasion kamerali separatorni konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta qatlamining og‘ish burchagini jarayonga ta’sirini o‘rganish, natijasida separatorning turli ish unumdorlida uning og‘ish burchagi hamda qirg‘ichning parametrlari bilan bog‘liqligi nazariy aniqlangan;
paxtani havodan ajratish jarayonida takomillashtirilgan separatorning yo‘naltirgichi ta’sirida havo oqimidagi paxta bo‘lakchasi tezligini, Eyler qonuniyati asosida, 25-30 % kamaytirish mumkinligi isbotlangan;
separator ish unumdorligining belgilangan qiymatlarida tajriba rejasi bo‘yicha olingan chigitning mexanik shikastlanishiga nisbatan, paxtadagi namlikning ulushi va yo‘nalirgichning og‘ish burchagi parametrlarini optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani havodan ajratishda qo‘llaniladigan takomillashgan yangi separatorni ishlab chiqish tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani havodan ajratuvchi izolyasion kamerali va yo‘naltirgichli separator qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga potentlari olingan («Chigitli paxta uchun separator», №FAP 01317-2018; «Chigitli paxta separatori»,
№FAP 01396-2019). Natijada bunday takomillashtirilgan separatorni qo‘llanilishida ifloslik tarkibidagi erkin tolalarni mavjudga nisbatan 36,4% kamayishiga, hamda chigitning mexanik shikastlanishi mavjudga nisbatan 16,5 % kamayishiga erishilgan;
paxtani havodan ajratuvchi takomillashtirilgan separator qurilmasi «Payariq klaster» MChJ ga qarashli «Chelak paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJ tugatish loyiha ofisining 2021 yil 19-maydagi №FT-18/1051-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chigitning mexanik shikastlanishi o‘rtacha navlarda 1,62 %ga kamayishiga erishilgan;
paxtani havodan ajratuvchi takomillashtirilgan izolyasion kamerali separator qurilmasi «Bahor Chance Textile» MChJ ga qarashli «Kogon paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zpaxtasanoat» AJ tugatish loyiha ofisining 2021 yil 19-maydagi №FT-18/1051-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ifloslik tarkibida erkin tolalarni paydo bo‘lishi paxtaning I –II navlarida 0,31 % dan 0,20 % ga hamda III-IV-V navlarda esa 0.64% dan 0,41 % ga kamayishiga erishilgan.
paxtani havodan ajratuvchi takomillashtirilgan yo‘naltirgichli separator qurilmasi «Surxondaryo Agroxizmat» MChJ ga qarashli «Sherobod paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zpaxtasanoat» AJ tugatish loyiha ofisining 2021 yil 19-maydagi №FT-18/1051-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonda chigitning mexanik shikastlanishi paxtaning I, II, III, IV, V navlarida o‘rtacha 1,62 % ga kamayishiga erishilgan.