Baytelesov Sapar Akimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «IRT-4M yadro yoqilg‘isini ishlatishda VVR-SM reaktori parametrlarini optimallashtirish, yadroviy texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash», 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. DSc/T429
Ilmiy rahbar: Sadikov Ilxam Ismailovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Baxramov Sagdulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi; Olimov Kosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Vasidov Abdisamat, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi energetika vazirligi Yadro fizikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadqiqot reaktorining imkoniyatlarini kengaytirish uchun 19,7% gacha uran-235 izotopi bilan boyitilgan uran dioksidi yoqilg‘isining IRT-4M tipidagi issiqlik ajratuvchi yig‘ilmasini ishlatishda VVR-SM reaktorining parametrlarini optimallashtirish, unga yangi yadro texnologiyalarini joriy etish va mavjudlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta VVR-SM reaktori faol zonasining neytron-fizikaviy va issiqlik gidravlik hisoblash natijalari asosida tibbiyot va sanoat radionuklidlarini ishlab chiqarishda reaktorning eksperimental imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiruvchi va yangi yadro texnologiyalarni qo‘llash imkonini beruvchi 24 ta IRT-4M tipidagi issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar bilan reaktor faol zonasining eng optimal konfiguratsiyasi asoslangan;
ilk bor 49Ti/48Ti izotoplar nisbatini o‘lchash natijalari asosida reaktor konstruksion materiallarida yig‘ilgan tez neytronlar flyuenslarini baholash imkoniyati aniqlangan;
birinchi marta issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar himoya qobig‘ining maksimal ruxsat etilgan haroratining radiatsiya ta’siri va yadro yoqilg‘isining yonish darajasini hisobga olgan holda himoya qobig‘i issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liqliq o‘zgarishi qonuniyati aniqlangan;
VVR-SM reaktorida yadro materiallarini hisobga olish va nazorat qilish uchun AmLi va 252Cf manbalari bilan takomillashgan eksperimental yoqilg‘i hisoblagichdan foydalanib ishlatilgan yadro yoqilg‘isidagi uran-235 ning yonishi va massasini o‘lchash usuli ishlab chiqilgan;
tabiiy molibden yordamida 98Mo(n,γ)99Mo reaksiyasi uchun epitermal neytronlarning to‘silib qolishini hisobga olgan holda 2.0 Ki/g gacha to‘yingan solishtirma aktivlikdagi 99Mo olish imkoniyati yaratilgan;
reaktor neytronlari bilan topaz toshlarni nurlantirish vaqtida reaktor faol zonasining sovutish suvi yordamida konteyner ichidagi tabiiy topazlarni sovutish usuli ishlab chiqilgan;
neytron oqimlarining tutilishi va o‘zgarishini hisobga olgan holda solishtirma aktivligi 350-380 Ki/g bo‘lgan iridiy-192 radionuklid olishning eng optimal sharoitlari aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Foydalanish samaradorligini oshirish va yadro texnologiyalarini joriy etish maqsadida VVR-SM reaktorining parametrlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
reaktor faol zonasining 24 ta IRT-4M tipidagi IAY bilan topilgan optimal konfiguratsiyasi VVR-K reaktori faol zonasining yangi konfiguratsiyalarini ko‘rib chiqishda (Qozog‘iston Respublikasi energetika vazirligi Yadro fizikasi institutining 2021 yil 12 oktyabrdagi 34-15.08-12/1143 -sonli xati) va VVR-SM reaktorida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 2/1255-2679 -son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi VVR-K reaktorining eksperimental xarakteristikalarini yaxshilash va VVR-SM reaktoridagi uran-235 ning yonish darajasini 45 % dan 60% gacha oshirish imkonini bergan;
49Ti/48Ti izotop nisbatini o‘lchash natijalari asosida reaktor konstruksion materiallarida yig‘ilgan tez neytronlar flyuenslarini baholash imkoniyati VVR-SM reaktorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 2/1255-2679 -son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi VVR-SM reaktor faol zonasining asosiy konstruksion materiallarining ruxsat etilgan maksimal xizmat muddatini aniqlash imkonini bergan;
AmLi va 252Cf manbalari bilan takomillashgan eksperimental yoqilg‘i hisoblagichdan foydalanib ishlatilgan yadro yoqilg‘isidagi uran-235 ning yonishi va massasini o‘lchash usuli VVR-SM reaktorida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 2/1255-2679 -sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llaniishi VVR-SM reaktorida yadro materiallarini hisobga olish va nazorat qilish imkonini bergan;
tabiiy molibden yordamida 98Mo(n,γ)99Mo reaksiyasi uchun epitermal neytronlarning to‘silib qolishini hisobga olgan holda 99Mo ning 2.0 Ki/g gacha to‘yingan solishtirma aktivligini olish imkoniyatlari (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: European Physical Journal Plus, (2019) 134: 249; Applied Radiation and Isotopes - Journals 2021, Volume 178, December 2021, 109986; SN Applied Sciences, volume 2, Article number: 1782 (2020), pages 1-28; Journal of Radioanalytical and Nuclear Chemistry volume 326, pages 87–96 (2020); Atomnaya energiya Tom 125, № 6 (2018); Progress in Nuclear Energy, Volume 134, April 2021, 103688; va solishtirma aktivligi 350-380 Ki/g bo‘lgan iridiy-192 radionuklid olishning eng maqbul shartlari VVR-K reaktorida (Qozog‘iston Respublikasi energetika vazirligining yadro fizikasi institutining 2021 yil 12 oktyabrdagi 34-15.08-12/1143 -sonli ma’lumotnomasi) va VVR-SM reaktorida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yilning 11 oktyabrdagi 2/1255-2679 -sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ushbu radioizotoplarni VVR-K va VVR-SM reaktorlarida ishlab chiqarishni optimallashtirish imkonini bergan va “Eckert & Ziegler CNL Scientific Resources Inc” kompaniyasi bilan 41/10 – raqamli shartoma tuzilgan.
Reaktor faol zonasining sovutish suvi yordamida konteyner ichidagi toshlarni sovutish usuli natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti reaktorida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yilning 11 oktyabrdagi 2/1255-2679 -sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi nurlantirilgan tabiiy minerallar miqdorini oshirish va nurlantirish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan va va Zimmermann BCS Stones H.K. Ltd xamda Gunter Meelis GmbH & Co. KG xorijiy kompaniyalar bilan 51/2005 va 7/2013- raqamli shartnomalar tuzilgan..