Axunov Shovkatjon Djuraboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron-foton va ikkilamchi ionlar emissiya usullari bilan turli sirtlardan uyg‘otilgan va to‘zg‘itilganda ionlashgan zarrachalar xossalarini tadqiq qilish”, 01.04.04– Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: - B2021.1.PhD/FM572
Ilmiy rahbar: Usmanov Dilshadbek Tursunbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.65.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isaxanov Zaynabiddin Abilpayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kutliev Uchkun Otaboevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron stimullashgan desorbsiya usuli yordamida uyg‘otilgan holatlarining hamda klasterli va ko‘pzaryadli ionlar bilan turli sirtlarni bombardimon qilinganda hosil bo‘luvchi ikkilamchi-to‘zg‘itilgan zaryadlangan zarrachalar vujudga kelishining fundamental asoslarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
eksperimental ravishda elektron stimullashgan desorbsiyada molekulalarning qo‘zg‘aluvchan holatlarining shakllanishi, nafaqat sirtning elektron xususiyatlariga bog‘liqligi, balki W sirtidagi Cs atomlarining soni bilan ham aniqlanishi tajribada aniqlangan;
olingan eksperimental tadqiqotlar asosida adsorbsiyalangan molekulalarning joylashuvidan kelib chiqib model` ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra Ss adatomlari bo‘lmaganda CO molekulalari sirtdan etarlicha katta masofada adsorbsiyalanishi mumkinligi aniqlangan, bu holda nurlanishsiz uyg‘otilmaslik ehtimolligi nisbatan kichik bo‘lishi topilgan;
kremniyni bombardimon qilishda 4-18 keV energiyaga ega bo‘lgan Aum- klaster ionlarida atomlar sonining ko‘payishi bilan Sin+ va ko‘p atomli ionlarning kuchli noadditiv chiqishi kuzatilishi aniqlangan; 
aniqlanishicha, to‘yingan valentlik aloqalariga ega Si3B+, Si3C+, Si2N+, SiAu+ va Si3Au+  larning chiqishini keskin oshishi nafaqat molekulyar bombardimon paytida to‘zg‘ish koeffisientining noadditiv ko‘payishi, balki ularning ionlanishining yuqori samaradorligi bilan izohlanishi topilgan; 
energiyasi 6-18 keV bo‘lgan Aun- klaster ionlari bilan V bilan legirlangan kremniy monokristallida adsorbsiyalangan zarrachalar qatlamlarini bombardimon qilish paytidagi to‘zg‘ish xususiyatlari aniqlangan;
to‘zg‘itilgan zarralarning sirt ionilashish usuliga asoslangan ionlar to‘zg‘ishining postionlashish usuli ishlab chiqilgan;
energiyaning 1–10 keV diapazonida ko‘pzaryadli Biq+ (q=1−5) ionlari bilan mis ftalotsianini hosil qilgan yupqa qatlami bombardimon qilinganda ko‘pzaryadli ionlar zaryadining ortishi bilan CuPc molekulalar chiqishining oshishi kuzatilgan, bunga sabab, uchib kelayotgan va to‘zg‘itilgan atomlarning to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘zaro ta’siri ekanligi topilgan;
energiyaning 1-10 keV diapazonida CaCO3 nishonni bombardimon qilish paytida Bim+ (m=1-5) klaster ionlarining energiyasi oshishi bilan kal`siy atomlari va ionlarining noadditivlik koeffisientlari kamayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektron-foton va ikkilamchi-ion emissiyasi usullari yordamida turli sirtlardan qo‘zg‘itilgan va sochilgan ion zarrachalarining xususiyatlarini o‘rganish natijalari asosida: 
kremniyni bombardimon qilishda 4-18 keV energiyaga ega bo‘lgan Aum- klaster ionlaridagi atomlar sonining ko‘payishi bilan Sin+ va ko‘p atomli ionlarning kuchli noadditiv chiqishi kuzatilishi, energiyasi 6-18 keV bo‘lgan Aun- klaster ionlari bilan V bilan legirlangan kremniy monokristallida adsorbsiyalangan zarrachalar qatlamlarini bombardimon qilish paytidagi to‘zg‘ishi xususiyatlari aniqlangan eksperimental natijalar Yaponiya hukumati loyihasining “Vakuumda tomchi ion dastali elektrospreyga ega o‘ta sezgir ikkilamchi - ion mass-spektrometriyasi” nomli “Gumanitar yordam (S)” grantida qo‘llanilgan (Yaponiyaning Yamanashi Universitetining 2021 yil 7-iyundagi ma’lumotnomasi).    Ilmiy natijalardan foydalanish tomchili elektrospreyning katta (klaster ionlari) dastalarining shakllanish mexanizmlarini ochib berishga imkon bergan;
har bir atom uchun 4-18 keV energiya diapazonida bombardimon qilingan metallar va yarimo‘tkazgichlarning to‘zg‘ishi jarayonidagi nochiziqli va noadditiv effektlarni qiyosiy o‘rganish bo‘yicha olingan eksperimental natijalar, molekulyar dastalar bilan xosil qilinuvchi ko‘pzaryadli Si va Al ionlarining emissiyasining noadditivligini va klaster ionlarining nurlanishiga kattalik ta’sirini tadqiq qilishda qo‘llanilgan va xorijiy jurnal va dissertatsiyalarda ishlatilgan (Nuclear Instruments and Methods in Physics Research Section B: Beam Interactions with Materials and Atoms,219–220, 278–283, 2004, IF: 1.377; Journal of Analytical Atomic Spectrometry, 19, 1020 –1057, 2018, IF: 4.023; “Study on Size Effect of Cluster Ion Beam Irradiation”Doctor al thesis, 2012, Kyoto University, Japan i boshqalar). Ilmiy natijalardan foydalanish Si va Al ko‘pzaryadli ionlari emissiyasining noadditivlik jarayonini, molekulyar va klaster dastalari bilan bombardimon qilishdagi nochiziqli jarayonlarni aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish