Bedriskiy Ivan Mixaylovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ferrorezonans tabiatli parametrik ikkilamchi elektr ta’minoti manbalari: tahlil va, modellash», 05.05.02 – «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/T419
Ilmiy maslahatchi: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSs.03/10.12.2019 T.03.03
Rasmiy opponentlar: Ibodullaev Muxtar Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Kolesnikov Igor` Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor; Plaxtiev Anatoliy Mixaylovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parametrik stabilizatorlarni qo‘llagan holda kuchlanishni mutadillash sifatini oshirish kabi xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy muammoni hal etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bazaviy bo‘g‘inlar konfiguratsiyalari va konturlar orasida magnit bog‘lanishlarni tashkil etish usullari asosida parametrik ta’minot manbalarining umumlashgan tasnifi yaratilgan;
turli approksimatsiya funksiyalaridan foydalanishda, o‘zakdagi isroflar, sochilgan induktivlik, chulg‘amlar sig‘imi va barcha garmonik tashkil etuvchilarni to‘liq hisobga olinmagan holatlarda stabilizatorlar hisoblari aniqligini ob’ektiv baholash uslubi ishlab chiqilgan;
magnit bog‘lanishlarsiz va ferromagnit konturlar orasida magnit bog‘lanishlarga ega bo‘lgan ko‘p konturli parametrik stabilizatorlarning umumlashgan matematik modellari ishlab chiqilgan;
magnit bog‘lanishlarsiz va ferromagnit konturlar orasida magnit bog‘lanishlarga ega bo‘lgan ko‘p konturli sxemalardan foydalanish asosida stabilizatorlarning sxemalari sintez qilingan;
stabilizatorning chiqish kuchlanishini o‘zgartirish uchun sezgirligi, aniqligi va chiqish xarakteristikasining chiziqliligi yuqori bo‘lgan kompensatsiyalovchi qurilmaning konstruksiyasi magnitli zanjirning qo‘llanishi asosida takomillashtirilgan; 
ko‘p konturli stabilizatorning konstruksiyasini og‘irlik va gabarit ko‘rsatkichlarini kamaytirish asosida hisoblash usuli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ferrorezonans tabiatli parametrik ikkilamchi elektr ta’minoti manbalarini tadqiq etish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kuchlanish parametrik stabilizator “Chuqursoy” tortuvchi nimstansiyasida releli himoya va avtomatika qurilmalarini ta’minlovchi manba sifatida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 13 sentyabrdagi NG/01/3120-21-son ma’lumotnomasi). Natijada tortuvchi nimstansiya releli himoya va avtomatika qurilmalarini mutadil va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishilgan hamda 149 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
ko‘p konturli stabilizatorlarni muhandislik hisoblash usuli “Chuqursoy” tortuvchi nimstansiyasida joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 13 sentyabrdagi NG/01/3120-21-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zakdagi isroflar, sochilgan induktivlik va  chulg‘amlar sig‘imini aniqlashda 5-7% aniqligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
kompensatsiyalovchi qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (№IAP 06464-2021 y.) olingan. Natijada mutadillangan kuchlanishni yuqori sezgirlik va aniqlik darajasini oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish