Eshkuvatov Bobir Valiqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xristianlikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi tarixi (arxeologik ob’ektlar misolida)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar685.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ahmadali, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat  pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov O‘ktam Mahmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Raimqulov Abdisobur Azzamovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arxeologik hamda yozma manbalar asosida  Markaziy Osiyoga xristianlik dinining kirib kelishi va yoyilishi bilan bog‘liq masalalarning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyoda xristianlik bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklarining hududiy joylashuvi asosida o‘lkaga xristianlikning Sosoniylar davlati orqali kirib kelganligi va asosan Zarafshon vohasi va Ettisuv atrofidagi hududlarga tarqalganligi aniqlangan;
Markaziy Osiyo mintaqasida xristianlik bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy va ma’naviy madaniyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy (tijorat bilan bog‘lik ichki va tashqi aloqalar, xo‘jalik ishlab chiqarish), etnik (etnomadaniy munosabatlar, migratsiyalar) va siyosiy boshqaruv tizimiga tegishli (asosan G‘arbiy turk xoqonligi davrida) omillari ochib berilgan;
Markaziy Osiyo mahalliy aholisining xristianlik diniy e’tiqodi va urf-odatlariga munosabati hamda Evropa tibbiy bilimlarining amaliyotga kirib kelishi Ali ibn Saxl Rabboiy, Ibn Masa, Abu Saxl ibn Yaxyo al Masixiylarning faoliyati yozma manbalar orqali ochib berilgan;
hududlar miqyosida Tunxuandan, Koro Xotodan topilgan yozma manbalar va Sufiyon, Do‘rmontepa, Qo‘shtepa va boshqa arxeologik yodgorliklardan topilgan moddiy ashyolardagi ma’lumotlar Markaziy Osiyoda o‘z o‘rniga ega ekanligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi tarixi oid ilmiy xulosa va takliflardan:
Markaziy Osiyoda xristianlik bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklarining hududiy joylashuvi asosida o‘lkaga xristianlikning Sosoniylar davlati orqali kirib kelishi va asosan Zarafshon vohasi va Ettisuv atrofidagi hududlarga tarqalganligiga oid natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashi Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazining 2021 yil 23 fevraldagi 02/07-212-son dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi turli millat, elat va konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni xalqimiz madaniyati, ma’naviyati, bag‘rikengligi negizida mustahkamlashga qaratilgan “Bag‘rikenglik-turli tumanlikdagi birlikdir” mavzusidagi forum hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ilmiy asosda tashkil qilishga xizmat qilgan;
ekoturizm imkoniyatlarini o‘rganishda regional rayonlashtirish prinsiplari asosida Ilk o‘rta asrlarda xristianlik bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy va ma’naviy madaniyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy (tijorat bilan bog‘lik ichki va tashqi aloqalar, xo‘jalik ishlab chiqarish) va etnik (etnomadaniy munosabatlar, migratsiyalar) omillar natijasida G‘arbiy turk xoqonligi davridagi siyosiy boshqaruv tizimiga ta’siriga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2021 yil 27 yanvardagi 14-07-135-son ma’lumotnomasi). Natijalar turli millat vakillari istiqomat qilayotgan xolatidagi hamkorligini yoritish va millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish