Yakubbekova Soxiba Sodiq qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdon kistali tuzilmalari morfologik tuzulishining o‘ziga xosligi» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib490
Ilmiy rahbar: Isroilov Rajabboy Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot institutida bajarilgan
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03
Rasmiy opponentlar: Nishonov Doniyar Anorboevich, tibbiyot fanlari doktori, Jo‘raeva Gulbaxor Baxshillaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdon kistali tuzilmalarining ayollar yosh dinamikasi bo‘yicha uchrash darajasi, gistogenezi, morfogenezi va morfologik o‘ziga xos tuzilishlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuxumdon follikulyar kista paydo bo‘lish morfogenezi, uning atrofidagi teka to‘qimaning fibrozlanishi, granulez hujayralar gidrotatsiyasi, bazal membranasining gialinozlanishi, oq pardaning fibromatozlanishiga bog‘liqligi asoslangan;
sariq tana tarkibida limfa va qon aylanishi buzilishi, vaskulyarizatsiya rivojlanishi va qon quyilish o‘choqlarining paydo bo‘lishi, sariq tanadan kista paydo bo‘lish morfogenezi isbotlangan;
tuxumdonning follikulyar epiteliysi, ichki va tashqi teka to‘qima hujayralarining kuchli lyuteinlanishi, anomal holda proliferatsiyalanishi tekalyutein kista paydo bo‘lishining morfogenezi sifatida isbotlangan;
paraovarial kistaning paydo bo‘lish mexanizmida tuxumdon va bachadon nayi atrofida embrional to‘qima qoldig‘i borligi va uning suyuqlikga boyligi, retensiyalanishidan oqibatidan seroz bo‘shliq paydo bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuxumdon kistali tuzilmalari morfologik tuzilishning o‘ziga xosligini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuxumdonda uchraydigan o‘smasimon kistalarning patologik o‘zgarishlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tuxumdon kistali tuzilmalari morfologik tuzilishini o‘rganish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 8n-d/835-son ma’lumotnomasi). Natijada tuxumdon kistali tuzilmalari morfologik tuzilishining va morfometrik o‘zgarishlarini tashxislash, kasallikni oldini olish va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.
Tuxumdon kistali tuzilmalarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologik anatomiya markazining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarning patologik anatomiya byurolariga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 maydagi 84-d/158-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinish natijasida tuxumdon kistali epiteliy o‘smalar rivojlanishidagi xavf omillarini erta tashxislash, kasallikning kechishi va asoratlar xavfini o‘z vaqtida baholashga, kasallikni davolash va oldini olishga samarali yondashuvlar va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.