Islamova Maftuna Sharofiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining kimyoviy bilimlar asosida kasbiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1958.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘snazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Voxid Baxromovich, biologiya fanlari doktori (DSc); Shernazarov Iskandar Ergashovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilarining kimyoviy bilimlar asosida kasbiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining kimyoviy bilimlar asosida kasbiy dunyoqarashini shakllantirishning metodik jihatlari jarayonli, muammoli-mazmunli, tashkiliy-texnologik, natijaviy-mezonli komponentlarning kimyo fanining majburiy va elektiv mazmuni bilan qayta aloqaga kirishuv darajasining empiriklik jihatini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda politexnologik fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik bosqichlari ilmiy tushuncha va dalillarni o‘zlashtirish, kimyoviy bilimlarni aniq vaziyatlarda qo‘llay olish, vitagen va pragmatik pedagogikaning imkoniyatlarini kengaytirish orqali hayotiy ko‘nikmalar sifatida barqarorligini ta’minlashning adaptiv metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kimyoviy bilimlar asosida kasbiy dunyoqarashni shakllantirish modelining natijaviy komponenti kasbiy-moslashuvchanlik, loyihaviy-natijaviy, politexnologik fikrlash darajalarining aksiologik, ijodiy-kognitiv, operatsion-faoliyatli mezonlar bilan validlik va ishonchlilik alomatlarining identivligini virtual laboratoriya sharoitida kvalimetrik baholash orqali takomillashtirilgan;
kimyoviy bilimlar asosida o‘quvchilarda kasbiy dunyoqarashni shakllantirishning metodik shartlari kasbiy yo‘naltirilgan jarayonning maqsadli tashkil etilganligi, ta’lim mazmunining kasbiy-texnologik variativligini ta’minlash, kasbiy faoliyatni tashkil etishning xususiy-metodik darajaga asoslangan texnologiyasini maxsus elektron resurslar asosida pedagogik loyihalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining kimyoviy bilimlar asosida kasbiy dunyoqarashini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining kimyoviy bilimlar asosida kasbiy dunyoqarashini shakllantirishning metodik jihatlarini jarayonli, muammoli-mazmunli, tashkiliy-texnologik, natijaviy-mezonli komponentlarning kimyo fanining majburiy va elektiv mazmuni bilan qayta aloqaga kirishuv darajasining empiriklik jihatini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan uzluksiz ta’limda kimyo fanini o‘qitish Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat Inspeksiyasining 2021 yil 19 iyuldagi 03-764-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda politexnologik fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik bosqichlarini ilmiy tushuncha va dalillarni o‘zlashtirish, bilimlarni aniq vaziyatlarda qo‘llay olish, vitagen va pragmatik pedagogikaning imkoniyatlarini kengaytirish orqali hayotiy ko‘nikmalar sifatida barqarorligini ta’minlashning adaptiv metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-132 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kimyoviy bilimlar asosida kasbiy dunyoqarashni shakllantirish modelining natijaviy komponentini kasbiy-moslashuvchanlik, loyihaviy-natijaviy, politexnologik fikrlash darajalarining aksiologik, ijodiy-kognitiv, operatsion-faoliyatli mezonlar bilan validlik va ishonchlilik alomatlarining identivligini virtual laboratoriya sharoitida kvalimetrik baholash orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan o‘quvchilarni kasbiy yo‘naltirish jarayonida yuzaga keladigan ob’ektiv va sub’ektiv nizolarni korreksiyalash maqsadida pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Pedagogik konfliktologiya” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-137 raqamli guvohnoma). Natijada, ta’limni axborotlashtirish sharoitida yuzaga keladigan kasbiy-innovatsion nizolarni bartaraf etishning kvalimetrik jihatini takomillashtirishga erishilgan;
kimyoviy bilimlar asosida o‘quvchilarda kasbiy dunyoqarashni shakllantirishning metodik shartlarini kasbiy yo‘naltirilgan jarayonning maqsadli tashkil etilganligi, ta’lim mazmunining kasbiy-texnologik variativligini ta’minlash, kasbiy faoliyatni tashkil etishning xususiy-metodik darajaga asoslangan texnologiyasini maxsus elektron resurslar asosida pedagogik loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-2017-0927124. “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (2017-2019 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 02 02/5-237-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda kasbiy dunyoqarashni rivojlantirishning kooperativ elektron-metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.