Gordeeva Elena Anatol`evnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turon ma’naviy hayotining ilk bosqichlari (mil. avv. VII – I ming yillikning birinchi yarmi)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.3.PhD/Tar.56.01.
Ilmiy rahbar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori, dotsent; Shaydullaev Shapulat Bazarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: San’atshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turonning mil. avv. VII – I mingyillik birinchi yarmida ma’naviy hayotidagi mafkuraviy tasavvurlar va jamiyat ma’naviy hayotining shakllanish jarayonlarini dafn va e’tiqod an’analar hamda qoyatosh suratlari asosida  ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
mil. avv. VII-VI mingyillikdan Turon xalqi hayotida ibodatxona madaniyati va e’tiqod tizimi ovchi-chorvadorlarning tomchisimon va to‘g‘riburchak shaklidagi qabrlar va dehqonlarning marhumlarni uyni pol ostiga ko‘mish kabi dafn marosimlari asosida qaror topgani aniqlangan; 
mil.avv. VII-VI mingyillikda Turonning o‘troq-dehqon va dasht an’analarida dafn marosimlaridagi rasm-rusumlarning alohidalashuvi asosida ibodatxonalarda muqaddas olovga sig‘inishning yuzaga kelgani aniqlangan; 
ekskarnatsiya (etni suyakdan ajratish) odati Shimoliy Baqtriyaning o‘troq-dehqon muhitida bronza davrida vujudga kelib, ilk temir davrida o‘z cho‘qqisiga etganligi dalillangan;
ilk temir davrida tabiat haqidagi tushunchalarning evolyusiyasi yuz berishi natijasida olov va quyoshga e’tiqod “jamoani xamjixatligi” mazmuniga ko‘chganligi va bu zardushtiylik ta’limotining tayanchi va mustahkamlanishiga xizmat qilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qoyatoshlardagi semantika tadqiqiga oid natijalar O‘zbekiston xalqlari Davlat muzeyi va uning filiali “Qadimgi Toshkent” muzeyi fondiga topshirilib, “Toshkentning tosh asri” ekspozisiyasida foydalanildi; bu materiallar muzey fondlarini bir qadar boyitgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 7 dekabrdagi 3/1255-2749-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga qo‘yilgan va uning fondida saqlanayotgan ekspontlar, muzeyga tashrif buyuruvchilarga Toshkent va Qashqadaryo vohalaridagi e’tiqodiy-diniy tafakkurning va ma’naviy hayotning yozuv shakllanganligiga qadar bo‘lgan tarixiy davrda vujudga kelganligi haqida tasavvur hosil qilish imkonini bergan;
O‘rta Osiyo jamiyatida tosh davri va ilk temir asrida vujudga kelgan e’tiqodiy-diniy tafakkurning yangi ma’lumotlar asosida aniqlangan manbalaridan “Oʿzbekiston tarixi” telekanalining “Haqiqat chorrahasida…” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʿzbekiston tarixi” DUKning 2020 yil 20 noyabrdagi 01–401153-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu teleko‘rsatuvga taqdim etilgan ma’lumotlar xalqimizga O‘rta Osiyo jamiyati ma’naviy hayotining ilk bosqichlari haqida yangi bilimlarni egallashga ko‘maklashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish