Urakov Dilshodbek Jamoliddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston general-gubernatorligining qo‘shni davlatlar bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalari (1867-1917 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.2.DSc/Tar55.
Ilmiy rahbar: [Ziyaeva Dono Hamidovna], tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Gaffarov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori;  Agzamova Gulchexra Azizovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston general-gubernatorligining qo‘shni davlatlar bilan olib borgan siyosiy va iqtisodiy aloqalar tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrning birinchi yarmida beshta yirik davlatlarning Markaziy Osiyo uchun bo‘lgan geosiyosiy va geoiqtisodiy qiziqishlari o‘zaro manfaatlar to‘qnashuviga aylanib, bu kurashlarda iqtisodiy va harbiy-strategik ustunlik tufayli Buyuk Britaniya hamda Rossiya raqobati “Katta o‘yin” siyosatiga aylanishi barobarida mazkur jarayon mintaqada geosiyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib kelganligi asoslangan;
Turkiston general-gubernatorligini XIX asrning 60 yillarida xonliklar va qo‘shni davlatlar bilan olib borgan siyosatida o‘z vakolatlaridan chetga chiqib, ularning ichki ishlariga faol aralashuvi yangi erlarni bosib olishga imkon yaratib, oqibatda Sharqiy Turkiston va Afg‘oniston masalasida Sin imperiyasi hamda Angliya davlatlari bilan diplomatik munosabatlarda keskin vaziyatni yuzaga keltirganligi aniqlangan;
Markaziy Osiyoga qo‘shni hududlarda yirik imperiyalar bilan chegara muammolarini hal etilishi uzoq davom etib, unda gubernatorlikning faol ishtiroki Rossiya imperiyasi manfaatlarini himoya qilinishi hamda mintaqada metropoliya mavqeini mustahkamlashga xizmat qilib, mazkur jarayonda mahalliy xalqlar manfaatlari umuman e’tiborga olinmaganligi isbotlangan;
XX asr boshida Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlarda raqobatlashayotgan davlatlar o‘zaro kelishuvchanlik yo‘lini tutib, bunda Turkiston general-gubernatorligining ham muhim ishtirokchi sifatidagi faoliyati bir tomondan keskinlikni oldini olishga, ikkinchi tomondan esa mintaqada Rossiya imperiyasi pozisiyasini yanada mustahkamlanishiga imkon yaratganligi asoslangan;
o‘lkada mustamlakachilik tizimi o‘rnatilgan dastlabki kunlardan gubernatorlikning Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston va Eron bilan o‘zaro savdo bitimlarini tuzilishi va faol savdo-iqtisodiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yilishi hududda tovar-pul munosabatlarini jonlanishiga hamda mahalliy aholini qo‘shni xalqlar bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga imkon yaratib, pirovardida imperiya iqtisodiy salohiyatini yanada boyishiga xizmat qilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston general-gubernatorligining qo‘shni davlatlar bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarining faoliyati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
Turkiston general-gubernatorligini XIX asrning 60 yillarida xonliklar va qo‘shni davlatlar bilan olib borgan siyosatida o‘z vakolatlaridan chetga chiqib, ularning ichki ishlariga faol aralashuvi yangi erlarni bosib olishga imkon yaratib, oqibatda Sharqiy Turkiston va Afg‘oniston masalasida Sin imperiyasi hamda Angliya davlatlari bilan diplomatik munosabatlarda keskin vaziyatni yuzaga keltirganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rejasi asosida O‘zbekiston Milliy universitetida nashr etilgan “O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi” nomli darslikda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 89-03-4280-son ma’lumotnomasi). Xususan, darslikning “Turkistonda chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri idora usuli va boshqaruvi hukmronligining o‘rnatilishi” mavzularni tayyorlash, Turkiston general-gubernatorligining qo‘shni davlatlar bilan tashqi aloqalarini o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston tarixining Rossiya imperiyasi hukmronligi bo‘yicha bir qator davrini birlamchi manbalar asosida boyitish va ilmiy xulosalarni kengaytirishda qo‘llanilgan. 
XX asr boshida Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlarda raqobatlashayotgan davlatlar o‘zaro kelishuvchanlik yo‘lini tutib, bunda Turkiston general-gubernatorligining ham muhim ishtirokchi sifatidagi faoliyati bir tomondan keskinlikni oldini olishga, ikkinchi tomondan esa mintaqada Rossiya imperiyasi pozisiyasini yanada mustahkamlanishiga imkon yaratganligiga doir natijalardan Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha), Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha) va O‘zbekiston tarixi mutaxassisliklari uchun davlat ta’lim standartlari (DTS) va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 89-03-4541-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar O‘zbekiston hududida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning xususiyatlari, XIX asrning 60 yillarida xonliklar va qo‘shni davlatlar bilan olib borgan siyosati, vakolatlari, tashqi siyosat borasidagi asosiy yo‘nalishlari, Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi olib borgan siyosatidagi o‘ziga xos o‘rni, Sharqiy Turkiston va Afg‘oniston hamda Angliya davlatlari bilan diplomatik munosabatlarning o‘quv jarayoniga joriy etilgan, mavularni tarixiy manbalar asosida ochib berishga xizmat qilgan.
o‘lkada mustamlakachilik tizimi o‘rnatilgan dastlabki kunlardan gubernatorlikning Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston va Eron bilan o‘zaro savdo bitimlarini tuzilishi va faol savdo-iqtisodiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yilishi hududda tovar-pul munosabatlarini jonlanishiga hamda mahalliy aholini qo‘shni xalqlar bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga imkon yaratib, pirovardida imperiya iqtisodiy salohiyatini yanada boyishiga xizmat qilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Mavzu” va “Tarixiy savol” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 4 maydagi 02-02-493-son ma’lumotnomasi). “O‘zbekiston tarixi” telekanali keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston tarixini ob’ektiv yoritish, O‘zbekiston hududidagi davlatlarning qo‘shni mamlakatlar bilan tashqi aloqalarini o‘rganish, o‘zbek diplomatiyasi shakllanishida unga ta’sir etgan omillarni aniqlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish