Rozikova Gulbaxor Zaylobidinovna
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Devonu lug‘otit turk» asaridagi  ot leksemalarning semantik, funksional va uslubiy xususiyatlari», 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Fil218.
Ilmiy maslahatchi: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ranovich, filologiya fanlari doktori, professor; Omonov Qudratilla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rustamiy Salima Aliybeg qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asaridagi ot leksemalarning lingvostatistik, tarixiy-etimologik, funksional-semantik, semantik-stilistik va lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«Devon»ning til xususiyatlari bo‘yicha qilingan ishlar umumlashtirilib, asar leksikasining qadimgi turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili va hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasi bilan etimologik jihatdan o‘xshash hamda semantik jihatdan farqli jihatlari anilanib, ot leksemalar semantikasida sodir bo‘lgan ma’no kengayishi, ma’no torayishi, ma’noning o‘zgarishi hodisalari va leksemaning ma’no tabiatiga xos shu kabi semantik siljishlar jash, og‘ïl, jigit, kejik, jïlqï, sïg‘ïr, qïsïr, erÿk, alqïsh, köl, tag‘ar kabi so‘zlar asosida dalillangan; 
XI asr eski turkiy til lug‘at tarkibida o‘z va o‘zlashgan qatlam leksik birliklarining so‘z o‘zlashtirish jarayonidagi til kontaktlari va ularning til tadriji bosqichlarida tutgan o‘rni ochib berilib, partu, sandal, ÿtÿg, kerpïch, qaftan, kebit, jog‘urt, awja, ko‘shk, osh kabi turkiy so‘zlarning tarixiy-etimologik xususiyatlarini aniqlashda bu kabi leksemalarning lug‘atlarda boshqa til materiali sifatida izohlanayotgani aniqlangan; 
asardagi ot leksemalarning 30 ta mavzuiy tasnifidan 8 ta mavzuiy guruh, ya’ni onomastik birliklar, makon va zamonga oid leksemalar, mato, kiyim-kechak va bezak nomlari, glyuttonik leksika, inson tana a’zolari nomlari (somatizmlar), tibbiy istilohlar, o‘simlik nomlari (fitonimlar), hayvon, qush va parrandalar nomlari (zoonimlar)ning qo‘llanish doirasi asoslangan, ot leksemalar doirasidagi gipo-giperonimik, partonimik, graduonimik va funksionimik munosabatlar dalillangan; 
«Devon» leksikasidagi polisemiya hodisasi, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoxa va enantiosemiya kabi ma’no ko‘chish usullari doirasida ro‘y bergani asoslanib, turkiy tillarga xos olamni idrok etish usuli sifatida metaforalarning somatik, zoomorf, fitomorf, predmetli, tabiat-landshaft, ma’naviy kabi milliy-madaniy kodlari belgilangan;
asardagi omonimlar, sinonimlar, antonimlar paradigmasi (uyasi)ga mansub ot leksemalar aniqlanib, turli mavzuiy guruh doirasidagi ot leksemalarning sinonimik va antonimik qatorlariga xos paradigmatik munosabatlar leksik sath nuqtai nazardan dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
«Devonu lug‘otit turk» asarida qo‘llangan ot leksemalarning tarixiy-etimologik tadqiqi, jash, og‘ïl, jigit, kejik, jïlqï, sïg‘ïr, qïsïr, erÿk, alqïsh, köl, tag‘ar kabi leksemalarning lug‘atlardagi izohi bilan bog‘liq farqlar, ot yasalishiga doir xulosalardan O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida  2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi  qoraqalpoq tilida funksional  so‘z  yasalishi»  mavzusidagi  fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 30 avgustdagi 17-01/206-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy fikrlar turkiy tillar, xususan o‘zbek va qoraqalpoq tillarining diaxronik va sinxronik aspektini belgilashda, tillarning o‘rganilish tarixi va taraqqiyot yo‘lini yoritishda, mazkur tillar leksikasining qadimgi turkiy til, eski turkiy til leksikasi bilan o‘xshash va farqli jihatlarini qiyosan tadqiq qilishda asosli va tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan;
«Devon» leksikasidagi metafora, metonimiya, sinekdoxa va enantiosemiya kabi ma’no ko‘chish usullari, metaforalarning somatik, zoomorf, fitomorf, predmetli, tabiat-landshaft, ma’naviy kabi milliy-madaniy kodlari asosidagi nazariy xulosalardan «Matn tilshunosligi» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada polisemiya hodisasiga oid fikr-mulohazalar darslik materiallarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;  
qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanishida «Devonu lug‘otit turk» asarining ahamiyati, leksik birliklarning uslubiy-pragmatik xususiyatlari, ot leksemalarning funksional-semantik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalaridan, leksemalar doirasidagi gipo-giperonimik, partonimik, graduonimik va funksionimik munosabatlar bilan bog‘liq nazariy qarashlardan «Pragmalingvistika asoslari» nomli darslik materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-045 raqamli ruxsatnoma). Natijada mazkur darslikning «Tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik ilmiy paradigmalari», «Leksopragmatika», «Atoqli otlar va olmoshlarning pragmasemantik belgilari», «Pragmatika, semantika, stilistika» mavzulari nazariy jihatdan takomillashgan;
milliy tilimizning XI asrga oid lug‘at xususiyatlari, shuningdek, «Devon» leksikasining funksional-semantik va lingvokul`turologik aspektlardagi tadqiqi, jash, og‘ïl, jigit, kejik, jïlqï, sïg‘ïr, qïsïr, erÿk, alqïsh, köl, tag‘ar kabi so‘zlarning ma’no taraqqiyoti;  partu, sandal, ÿtÿg, kerpïch, qaftan, kebit, jog‘urt, awja, ko‘shk, osh kabi asl turkiy so‘zlarning tarixiy-etimologik xususiyatlariga doir xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining «Qadriyat», «Ma’naviyat sarchashmasi», «Ziyo sari», «Zamondosh», «Adabiy muhit» ko‘rsatuvlari hamda «Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi», «Ziyo maskanlarida» nomli radioeshittirishlari dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 14 sentyabrdagi 12-01/121-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni xalqimizning buyuk  ilmiy va ma’naviy merosiga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning ilmiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish