Muxiddinov Anvar G‘ofirovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Tafakkur va til kognitiv jarayonlarining uyg‘unligi  madaniyat kontentini verbal identifikatsiyalash negizi sifatida, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. DSs/Fil246.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Ilmiy maslahatchi:  -
Rasmiy opponentlar: 
Nabieva Dilora Abdulxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Popova Tat`yana Igorevna, filologiya fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi til va tafakkurning kognitiv mexanizmlarini tilning uch bosqichli tizimida shakllanishi va madaniyat kontentini identifikatsiyalash asosi sifatida voqe bo‘lish jarayonini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tilning biopsixosotsial hodisa sifatida Sipf qonuni - tarkorlanish (rang) darajasining n-ko‘rsatkichida aks etishi, Millerning qisqa muddatli xotira hajmi 7 ± 2 elementga tengligi  qonuni kabi tabiat, mantiqqa oid sillogizmning 256 ta modusi va ijtimoiy borliqqa xos vorisiylik va yangilanish, ijtimoiy asos, ilgarilama doiraviy aylanish qonunlari negizida shakllanishi va amal qilishi isbotlangan; 
qobiqosti sohada joylashgan genetik substansiyaning uch o‘lchamli moddiy, energetik va informatsion neyron tuzilmalari miya qobig‘ida (neokorteksda) til belgilarini ijtimoiy ong sohasida mavjud lingvistik va madaniy kodlarga mutanosib ravishda shakllantirishdagi ustuvorligi dalillangan; 
neyrolingvistika ta’limotlari asosida verbal axborotni biofiziologik, psixologik va ijtimoiy-madaniy darajalarda  relevant ravishda qabul qilish, qayta ishlash va nutq aktida almashinishning uzviy bog‘lanishi bosqichlar o‘rtasidagi aloqalar mul`tipleksatsiya tarzida kechishi aniqlangan; 
kognitiv tilshunoslik va neyrolingvistika tutashuvida nutq afaziyalarini tashxis qilish, davolash va reabilitatsiya qilishning samarali usullari, bolalar va kattalarda mavjud bo‘lgan nutq afaziyalari bo‘yicha tibbiy atamalar lug‘atini tuzish, nutq nuqsonlarini ijtimiy korreksiya qilishning logopedik usullariga qo‘yiladigan talablar asoslangan; 
tabiiy tilning kvazisemiotik tizim sifatida sun’iy tillar va sun’iy aqldan mutlaq  ustunlikka ega ekaligi, har qanday eng mukammal axborot texnologiyalari va dasturlash tillari tabiiy tilning negizida analog sifatida yaratilishi, axborot tizimlari tabiiy aqldan mutlaq ustuvorlikka erishishi kutilayotgan texnologik singulyarlik davrida (futurologik bashoratlarga ko‘ra 2045 y.) ham saqlanib qolishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy xulosalari va amaliy natijalari asosida:
kognitiv tilshunoslik va neyrolingvistika tutashuvida nutq afaziyalarini tashxis qilish, davolash va reabilitatsiya qilishning samarali usullari, bolalar va kattalarda mavjud bo‘lgan nutq afaziyalari bo‘yicha  tibbiy atamalar lug‘atini tuzish, nutq nuqsonlarini ijtimiy korreksiya qilishning logopedik usullariga qo‘yiladigan talablarni yaratishaga oid ma’lumotlardan 2017-2020 yillarda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshirilgan OT–F1–100 “Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy-ijodiy faoliyatini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetidan 2021 yil 12 apreldagi 01-1262-son   ma’lumotnoma). Natijada til defektlarini inobatga olgan holda, bunday nuqsonli bolalarni reabilitatsiya qilishning samarali usullari ishlab chiqilgan ;
qobiqosti sohada joylashgan genetik substansiyaning uch o‘lchamli moddiy, energetik va informatsion neyron tuzilmalari miya qobig‘ida (neokorteksda) til belgilarini ijtimoiy ong sohasida mavjud lingvistik va madaniy kodlarga mutanosib ravishda shakllantirishdagi ustuvorligiga oid materiallardan A.S.Pushkin nomli  rus tili Davlat institutining magistrantlariga “Siyosiy lingvistika” fanini o‘qitishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi A.S.Pushkin nomli Davlat rus tili institutining 2021 yil 20 maydagi S-3-1-son ma’lumotnomasi). Natijada fanning ilmiy-metologik saviyasini oshirishga erishilgan; 
tabiiy tilning kvazisemiotik tizim sifatida sun’iy tillar va sun’iy aqldan mutlaq  ustunlikka ega ekaligi, har qanday eng mukammal axborot texnologiyalari va dasturlash tillari tabiiy tilning negizida analog sifatida yaratilishi oida ma’lumotlardan Sankt-Peterburg Davlat universiteti magistrantlariga “Rus tili xorijiy til sifatida” fanini o‘qitishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat universitetining 2021 yil 17 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada magistrantlarni til nazariyasining dolzarb masalalari bilan tanishtirish, ularning ilmiy-nazariy tayyorgarlik darajasini oshirishga muvaffaq bo‘lingan;
tilning uch bosqichli kodlashtirish tizimini  uning biopsixosotsial maqomini aks ettiruvchi antropotsentrik paradigma asosida o‘rganishni ko‘zda tutuvchi neyrolingvistik yondashuvga oid ma’lumotlardan Qozon Federal universiteti filologiya fakul`tetidagi rus tili va madaniyatlararo komunikatsiyalar kafedrasining o‘qituvchilari tomonidan magistrantlar uchun mashg‘ulotlar o‘tishda foydalanilgan (Qozon Federal universitetining  2021 yil 30 sentyabrdagi 2M 10.03-3009201/01-son ma’lumotnomasi). Natijada mashg‘ulotlarning ilmiy-nazariy saviyasini oshirishga erishilgan;
tilning biopsixosotsial maqomini aks ettiruvchi kognitiv tilshunoslik va neyrolingvistika tutashuvida tibbiyotchilar bilan ilmiy hamkorlik doirasida olingan ma’lumotlardan Respublika tez yordam ilmiy Markazining Farg‘ona filialida foydalanilgan (Respublika tez yordam ilmiy Markazining Farg‘ona filiali 2021 yil 16 apreldagi 01-08/219-son ma’lumotnomasi) Natijada nutq-kognitiv qobiliyatini yo‘qotgan bemorlarga tashxis qo‘yishda laborotoriya ma’lumotlari bilan bir qatorda tilning xususiyatlarini inobatga olgan holda tezkor tashhis qo‘yish va davolash choralarni qo‘llash imkoniyatini oshirishga erishilgan;
Respublika tez yordam ilmiy Markazining Farg‘ona filiali xodimlari bilan hamkorlikda tayyorlangan “Ruscha-o‘zbekcha kognitiv – nutq patologiyalariga oid tibbiy atamalarning qisqacha lug‘ati” nashr qilingan (Farg‘ona davlat universiteti ilmiy kengashining 2021 yil  1 martdagi 5 son bayyonnomasi). Natijada tibbiyot instituti o‘quv adabiyotlar fondi yangi qo‘llanma bilan to‘ldirilgan;
ikki va uch tilli lug‘atlar, jumladan, “Zamonaviy frazeologik birliklarning inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘ati” (Farg‘ona davlat universiteti ilmiy kengashining 2020 yil 29 avgustdagi 1-son bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining DGU 09899-son mualliflik guvohnomasi) Natijada universitetlarning o‘quv adabiyotlari fondi yangi leksikografik nashr bilan to‘ldirilgan;
yangi tipdagi “Inglizcha-o‘zbekcha freymlar lug‘ati” (Farg‘ona davlat universiteti ilmiy kengashining 2021 yil 30 iyundagi 9-son yig‘ilishi bayyonnomasi), “Anglo-russkiy slovar` freymov” (Moskva, “De Libri” nashriyoti, 2021) tuzilgan va internet saytlari orqali  foydalanuvchilarga taqdim etilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish