Masharipova Nargiza Otaxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «So‘zlararo ma’noviy munosabatlarning struktur va funksional xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil594.
Ilmiy rahbar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djusupov Nursultan Maxanbet o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, dotsent; Kurbonova Muhabbat Qutlimurodovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida semantik kategoriyalarning struktur hamda funksional xususiyatlari, ularning o‘xshash, farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chog‘ishtirilayotgan tillarda antonimiyaning teskari ma’noli so‘zning inkor suffikslari orqali yasalishi va ma’no zidligi, sinonimiyaning tub so‘zdagi ma’nodoshlikka egaligi, plesionimiya kategoriyasining yaqin ma’noli juftlarning bitta gap tarkibida qo‘llanilishi, giponimiyaning tur-jins jihatidan guruhlardagi leksemalarga ega bo‘lishi, meronimiya/partonimiya kategoriyasining butun-bo‘lak munosabatlardagi komplementarlik singari struktur jihatdan o‘zaro farqli jihatlari mavjudligi dalillangan;
ingliz tilida lotin tilidan kirib kelgan o‘zlashmalarning o‘zgarishsiz juft holda qo‘llanilishi hamda bitta sinonimik qator a’zosi bo‘lmagan so‘zlarning bitta gap tarkibida plesionim bo‘lib kelish holatlari, o‘zbek tilida o‘zlashgan so‘zlarning sinonimik qatorlardan joy olishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida meronimik/partonimik munosabatlarning majburiy komponentlaridagi farqlar, giponimik munosabatlarda ko-giponimlarning son jihatdan har xilligi va antonimiyaning ta’kid funksiyasini bajarishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi sinonim va antonimlar lug‘atlarida keltirilgan leksik birliklarning alfavit tartibida va so‘z turkumlari kesimidagi materiallari o‘zbek tili lingvistik korpusini shakllantirishda hamda English FrameNet platformasi asosida Uzbek FrameNet prototipini yaratishda manba bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘zlararo ma’noviy munosabatlarning struktur va funksional xususiyatlarini (ingliz va o‘zbek tillari misolida) chog‘ishtirma tadqiq qilish doirasida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
chog‘ishtirilayotgan tillarda antonimiyaning teskari ma’noli so‘zning inkor suffikslari orqali yasalishi va ma’no zidligi, sinonimiyaning tub so‘zdagi ma’nodoshlikka egaligi, plesionimiya kategoriyasining yaqin ma’noli juftlarning bitta gap tarkibida qo‘llanilishi, giponimiyaning tur-jins jihatidan guruhlardagi leksemalarga ega bo‘lishi,  meronimiya/partonimiya kategoriyasining butun-bo‘lak munosabatlardagi komplementarlik singari struktur jihatdan o‘zaro farqliliklari borasidagi xulosalardan “Ichan-Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasining ekspozisiyalaridagi eksponatlarning annotatsiya-etiketlarini ingliz tilida to‘g‘ri yozishda va ekskursiya jarayonlarida, shuningdek, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi tomonidan “Ichan-Qal’a”dagi Toshhovli saroyini ta’mirlash uchun ajratilgan S-Z800-19-GR-0146 granti hujjatlarini tarjima qilish, javob tayyorlash va hisobotlarini yurgizishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi 01-12-10-3495-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilida yozilgan tarixiy asarlarda keltirilgan ko‘plab so‘zlarning ma’nolarini chuqur anglab etishda, ayniqsa qadimiy Xiva shahri bo‘ylab ekskursiya o‘tkazuvchi gid-yo‘lboshchilar uchun foydali manba sifatida xizmat qilgan;
ingliz tilida lotin tilidan kirib kelgan o‘zlashmalarning o‘zgarishsiz juft holda qo‘llanilishi hamda bitta sinonimik qator a’zosi bo‘lmagan so‘zlarning bitta gap tarkibida plesionim bo‘lib kelish holatlari, o‘zbek tilida o‘zlashgan so‘zlarning sinonimik qatorlardan joy olish hodisalari doirasida ishlab chiqilgan tavsiya va takliflardan professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan va tatbiq qilingan “Ingliz tili” kursini yaratishda Erasmus+ dastyrining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Masterrrogramme” grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 89.03-4546-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur kurs tarkibi mukammallashib, ingliz va o‘zbek tillarida foydalanuvchilar uchun sezilarli qulayliklar yaratilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida meronimik/partonimik munosabatlarning majburiy komponentlaridagi farqlar, giponimik munosabatlarda ko-giponimlarning son jihatdan har xilligi va antonimiyaning ta’kid funksiyasini bajarishiga doir xulosalardan Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan Xorazm va Xiva shahri tarixi va an’analariga doir turistik tarqatma materiallarning tarjimasida hamda Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi tarixiy obidalari borasidagi gid tarjimonlarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish doirasida va ekskursovodlarning amaliy tarjima jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 02-16/4400-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy obidalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tarjimasida va gidlarning og‘zaki tushuntirishlarida leksik-semantik munosabatlarning, semantik kategoriyalarning asl mazmuni saqlab qolingan hamda sayyohlarga to‘liq ma’lumot etkazilishi ta’minlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi sinonim va antonimlar lug‘atlarida keltirilgan leksik birliklarning alfavit tartibida va so‘z turkumlari kesimidagi materiallari o‘zbek tili lingvistik korpusini shakllantirishda hamda English FrameNet platformasi asosida Uzbek FrameNet prototipini yaratish doirasida shakllangan ilmiy natija va ilmiy tavsiyalardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vayoming shtatida asos solingan “Access the World with World Languages and Cultures” tashkiloti ishtirokchilari va til o‘rganuvchilari uchun chet til o‘qitish manbasi sifatida foydalanilgan (Vayoming davlat universiteti huzuridagi “Dunyoni jahon tillari va madaniyatlari bilan angla” notijorat tashkilotining 2020 yil 5 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiya ishi ona tili ingliz yoki boshqa dunyo tillari hisoblanadigan, turli millatga mansub o‘quvchi (til o‘rganuvchi)larga o‘zbek tilining grammatik, leksik va morfologik sathini izohlar yordamida tushuntirishda, chet til o‘qitishning interfaol usullaridan foydalangan holda qo‘shimcha o‘quv materiallari tayyorlashda, o‘quvchilarning ingliz va o‘zbek tillarida o‘zaro muloqotga kirisha olishlari uchun muhim omillardan sanaladigan tinglash, gapirish, yozish va o‘qish kabi til ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘zlararo ma’noviy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlarini chog‘ishtirib o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2020 yil 11 iyul kuni efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm!” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 15 iyuldagi 1043-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatilgan ilmiy tahlil metodlari, komponent tahlil usullari, tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyatiga doir keltirib o‘tilgan ma’lumotlar intellektual turkumdagi ko‘rsatuv materiallarini tayyorlash va boyitishda yangi manba bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish