Kurbanazarova Nargis Shodievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surxondaryo vohasi to‘y marosimi etnografizmlarining semantik tabiati va lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1029.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo vohasidagi nikoh to‘yi marosimlariga oid etnografizmlarning semantik tabiati va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish asosida ularning til tizimidagi o‘rni va milliy mentalitetni vujudga keltirishini nazariy jihatdan asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnografizmlarning millatga xos milliy ma’naviyatni aks ettiruvchi til tizimining tarkibiy qismi ekanligi Surxondaryo vohasi misolida hududiy-areal jihatlari orqali xalqning milliy madaniyati, turmush tarzining ifodalanishi va nikoh to‘yi marosimlari leksikasi orqali asoslangan;
etnografizmlar turli hududda yashovchi va bir tilda so‘lashuvchi xalq nutqida y- j (etakyirtar-etakjirtar) fonemalari orqali farqlanuvchi etnografizmlarning fonetik, sifat+ot, ot+fe’l, son+fe’l kabi tarkibli etnografizmlarning morfologik, qonjig‘a, jaloqqizartirar, surmana, jumalatma kabi areal-individual etnografizmlarning leksik jihatdan o‘ziga xosligi ochib berilgan;
Surxondaryo vohasi nikoh to‘yi bilan bog‘liq jovchi, kuyovqamar, tayoqtutar kabi etnografizmlarning boshqa hududlarda mavjud bo‘lgan sovchi, yo‘lto‘sar kabi nikoh to‘yi marosimlarini ifodalovchi etnografizmlar bilan o‘xshashligi va dialektal etnografik (hududiy) jihatdan farqli jihatlari dalillangan;
to‘y marosimi etnografizmlari lingvomadaniy ma’no-mazmun ifodalashiga ko‘ra, stereotipik xarakter (Alpomish, Barchinoy) va madaniyatni o‘zida namoyon qiluvchi lingvistik tushuncha sifatida lingvomadaniy birlik (lingvokul`turema) ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo vohasi to‘y marosimi etnografizmlarining semantik tabiati va lingvomadaniy tadqiqi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘y marosimlariga oid etnografizmlarning yasalishi, ularga xos bo‘lgan so‘zlarning tub va yasalishini ajratishga doir nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2021 yil 17 yanvardagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishiga doir nazariy ma’lumotlarning mukammallashuviga erishilgan.
to‘y marosimi etnografizmlarining semantik tabiatini tahlil qilishda ijtimoiy faktorlarning o‘rni haqidagi xulosalaridan FA-F1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2021 yil 17 yanvardagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada til birliklarining naql-maqollar mazmunini ochib berishdagi o‘rni haqida muhim xulosalarga kelingan.
Surxondaryo vohasi to‘y marosimi etnografiyasining semantik xususiyatlari va lingvomadaniy tabiatiga oid materiallardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Til – millat ko‘zgusi”, “Janub ovozi”, “Baxshiyona” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan. (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 01-01/78 son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ma’naviy va madaniy mazmuni boyitib borilgan.