Biykuziev Asxat Abdunabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kushon-Qang‘ aloqalari: O‘rta Osiyo ko‘chmanchi va o‘troq xalqlari munosabatlari”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar42.
Ilmiy rahbar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Matyakubov Xalil Hayitbaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kushon-Qang‘ davlatlaridagi ko‘chmanchi va o‘troq xalqlarning o‘zaro munosabatlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Antik davrda Ikkidaryo oralig‘i va Baqtriyaga kirib kelgan yue-chji, sak, yunon-makedon kabi etnoslarning mahalliy xalqlar bilan yaqinlashuvi jarayonida yue-chjilarning (Eski Termiz, Dalvarzintepa, Tulxar, Xolchayon va boshqalar) ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy tizimi nomadizm o‘zagida (besh viloyatga bo‘lib boshqarish) vujudga kelganligi asoslangan;
Sirdaryo bo‘ylarida joylashgan Qang‘ konfederatsiyasida ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi va o‘troq aholining o‘zaro munosabatlari Qovunchi, O‘tror-Qoratou va Jetisar madaniyatlari asosida yuksalishga imkon yaratib, siyosiy birlashuv, sedentarizatsiya va o‘troqlashuviga olib kelganligi isbotlangan;
Kushon imperiyasi va Qang‘ davlati o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy aloqalari antik davrda Choch, Sug‘d, Daxya (Amudaryoning o‘ng sohili) va Yansay (Orol bo‘yi) xalqlarining yashash sharoitida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelish barobarida nomadizmning inqirozini boshlab berganligi asoslangan;
Nomad va o‘troq madaniyatlar simbiozi natijasida Kushon shaharlarining Qang‘ davlati daryo sivilizatsiyasi o‘zagidagi shaharsozlikka madaniy ta’siri oqibatida Sirdaryo etaklarida yangicha me’morchilik (ellincha to‘rt burchak va mahalliy doira shakldagi arkni qurish usuli)ni vujudga kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kushon-Qang‘ aloqalari: O‘rta Osiyo ko‘chmanchi va o‘troq xalqlari munosabatlarini tadqiq etish jarayonida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
Antik davrda Ikkidaryo oralig‘i va Baqtriyaga kirib kelgan yue-chji, sak, yunon-makedon kabi etnoslarning mahalliy xalqlar bilan yaqinlashuvi jarayonida yue-chjilarning (Eski Termiz, Dalvarzintepa, Tulxar, Xolchayon va boshqalar) ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy tizimi nomadizm o‘zagida (besh viloyatga bo‘lib boshqarish) vujudga kelganligiga doir ilmiy xulosalar oliy o‘quv yurtlarining tarix yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Jahon tarixi (I tom I qism)” darsligida (Toshkent, “Navro‘z” nashriyoti, 2018 y. 259 b.) o‘z aksini topgan (Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-sonli buyrug‘i asosidagi guvohnoma). Ushbu ilmiy natijalar talabalarda tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘lka xalqlari madaniy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish imkonini bergan;
Sirdaryo bo‘ylarida joylashgan Qang‘ konfederatsiyasida ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi va o‘troq aholining o‘zaro munosabatlari Qovunchi, O‘tror-Qoratou va Jetisar madaniyatlari asosida yuksalishga imkon yaratib, pirovardida siyosiy birlashuv, sedentarizatsiya va o‘troqlashuviga olib kelganligiga oid natijalardan oliy o‘quv yurtlarining tarix yo‘nalishi talabalari uchun “Jahon tarixi (Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi)” o‘quv qo‘llanmasi (Toshkent, “Navro‘z” nashriyoti, 2018 y. 303 b.) mazmunida o‘z aksini topgan(Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-sonli buyrug‘i asosidagi guvohnoma). Mazkur ilmiy natijalar Kushon-Qang‘ aloqalariga oid voqealar rivojini manbalar asosida to‘ldirish barobarida talabalar ilmiy salohiyatining ortishiga ham imkon bergan;
Kushon imperiyasi va Qang‘ davlati o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy aloqalari antik davrda Choch, Sug‘d, Daxya (Amudaryoning o‘ng sohili) va Yansay (Orol bo‘yi) xalqlarining yashash sharoitida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelish barobarida nomadizmning inqirozini boshlab berganligi kabi natijalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat-unitar korxonasining 2021 yil 27 maydagi 40-40/847 sonli ma’lumotnomasi).