Muminova Nilufar Abdurahmonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temuriylar davri antroponimiyasining leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil686.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Ilmiy rahbar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
Rasmiy opponentlar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” asarida qo‘llangan antroponimik birliklarni leksik-semantik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Temurnoma” asari matnida qo‘llangan 443 ta antroponimik birliklarning 423 tasi erkaklar, 20 tasi xotin-qizlar ismlari ekanligi hamda ularning etimologiyasi asarda qo‘llanilgan antroponimlar asosida aniqlangan;
o‘zbek onomastikasida “tarixiy antroponimika”, ”tarixiy antroponimiya” va “tarixiy antroponim” tushunchalarning qo‘llanganligi va anglatgan ma’nolariga yangi izohlar berilganligi, ularning lisoniy xususiyatlardan tashqari tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik, diniy-mifologik ma’lumotlarni ham o‘zida mujassam etganligi “Temurnoma” asaridan yig‘ilgan antroponimlar asosida dalillangan;
“Temurnoma” asaridagi antroponimlar qaysi sulolaga mansubligiga ko‘ra etti turkumga ajratilishi, ism qo‘yish o‘sha davr an’analaridan kelib chiqqanligi, bu davrda farzandlarga sharqona, turkona kishi ismlari qo‘yilganligi temuriylar davri aks etgan manbalarda qo‘llangan antroponimik birliklar asosida aniqlangan;
taxalluslar tillar va xalqlar hamkorligini ko‘rsatuvchi lisoniy dalil ekanligi, o‘zbek xalqini fors-tojik va arablar bilan hamkorligi taxalluslarda ham aks etishi “Temurnoma” matnidagi taxalluslarda arabiy so‘zlar, forscha so‘zlar va qo‘shimchalar ko‘proq uchrashi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temuriylar davri manbalarida qo‘llangan antroponimik birliklarning leksik-semantik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek onomastikasida “tarixiy antroponimika”, ”tarixiy antroponimiya” va “tarixiy antroponim” tushunchalarining qo‘llanishi va anglatgan ma’nolarini izohlash orqali ularning lisoniy xususiyatlardan tashqari, qimmatli tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik, diniy-mifologik ma’lumotlarni ham mujassam etishi ko‘rsatib berilganligiga oid xulosalaridan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 20 maydagi 17.01/104-son ma’lumotnomasi). Natijada antroponimik birliklarning izohlarini boyitish, mukammallashtirish imkonini bergan;
“Temurnoma” va temuriylar davri aks etgan manbalarda qo‘llangan antroponimik birliklar leksik-semantik jihatdan tasnif qilinib, asar-dagi antroponimlar o‘zining qaysi sulolagaga mansublik xususiyatlariga ko‘ra etti guruhga ajratilib, ularning sulolaviy xususiyatlariga ko‘ra tasnifi o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy-ma’naviy, diniy-islomiy hayoti bilan bog‘liq nomlar ekanligi aniqlanishiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Qashqadaryo axboroti” informatsion dasturi va “Munozara” tahliliy eshittirishlarining ssena-riylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokom-paniyasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 841-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar mazmunining ma’rifiy va amaliy jihatdan boyish imkonini bergan;
“Temurnoma” asari matnida qo‘llangan 443 ta antroponimik birliklar shundan 423 ta erkaklar, 20 ta xotin-qizlar ismlari ekanligini aniqlash orqali tizimlashtirilgan, tartibga solingan, antroponimlarning etimolo-giyasi, ularning lisoniy va nolisoniy omillari belgilanishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “Temurnoma” asaridagi antroponimlarning izohli lug‘ati” (ISBN 978-9943-7704-0-9) nomli lug‘atni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada asardagi kishi ismlarning ma’nolari leksik-semantik jihatdan aniqlash imkonini bergan.