Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalariga ruscha terminologiyani o‘qitishning tarmoq texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped200.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar:  Kadirova Fatima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori; Asilova Gulshan Asadovna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Bakirov Poyan Urolovich,  pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalariga rus tilidagi atamalarni o‘rgatishda tarmoq texnologiyalarini qo‘llashning uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tibbiyot OTMlarida rus tilini o‘qitishda kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturi va uslubiy ta’minoti bulutli texnologiyalar, ijtimoiy va loyiha tarmoqlari, veb-kvest, bloglar, veb-saytlar, telekonferensiyalar, mobil ilovalar, elektron manzil va kutubxonalar kabi tarmoqli axborot makonini real muloqot muhiti sifatida yaratish asosida takomillashtirilgan;
chet tili fonetik kompetensiyasini rivojlantirishda  bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarning turli tizimli tillardagi fonetik va prosodik ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish usullari, talaffuz xatolarining sabablari va tipologiyasini aniqlash orqali talabalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning lingvodidaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
tibbiyot talabalariga rus tibbiyot terminologiyasini o‘qitish bo‘yicha mashq va topshiriqlar tipologiyasi tibbiy atamalarning ma’nosini o‘zlashtirish, terminlarning tovush va grafik shaklini o‘zlashtirish, terminlarning paradigmatik-sintagmatik xususiyatlarini o‘rganish, terminlarning uslubiy xususiyatlari, tibbiy atamalardan foydalanishda nutq madaniyati va tibbiy etiketni rivojlantirish va takomillashtirish kabi mezonlar asosida takomillashtirilgan; 
o‘zbek talabalarining rus terminologiyasini o‘zlashtirishdagi interferension qiyinchiliklari terminlarning o‘zaro sintagmatik munosabatlari, tillarning grammatik tuzilishidagi tipologik farqlari, valentlik va polisemantik xususiyatlari kabi aspektlarda namoyon bo‘lishi dalillangan;
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “O‘quv axboroti va kompyuter muhiti”, “Tarmoqli ta’lim shakli va natijalarini belgilovchi omillar” va "Tarmoqli ta’limni tashkil etish va o‘tkazishning pedagogik shart-sharoitlari" kabi bloklarni o‘z ichiga olgan rus tili tibbiy terminologiyasini tarmoqli o‘qitish metodik tizimining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot OTMlari talabalariga rus tilidagi atamalarni o‘rgatishda tarmoq texnologiyalarini qo‘llashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
tibbiyot  OTMlari talabalarining lisoniy shaxsiyati va kasbiy bilimdonligini  rus tilida shakllantirish, kursni mutaxassislik fanlari bilan muvofiqlashtirish, tilni ijtimoiy-madaniy kontekstda qo‘llash kabi  ustuvor omillarni shakllantirishga qaratilgan tibbiyot OTMlarida rus tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitishning didaktik ta’minotiga oid xulosa va tavsiyalardan Toshkent Tibbiyot Akademiyasining  21-asr shifokori tarbiyasi: Evropa Ittifoqining Erasmus plyus ta’lim dasturi granti doirasida amalga oshirilgan bemorga yo‘naltirilgan muloqotni o‘rgatish) nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021 yil 25 martdagi 03-936-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida amalga oshirilgan strategiyalar mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan;
tibbiyot OTMlari talabalariga rus tilidagi tibbiyot atamalarini tarmoqlab o‘rgatishning  samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik  sharoitlarni tashkil qilish hamda nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida sohaviy chet tilini o‘qitishning maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan kasbiy lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalardan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Sechenov universiteti hamkorligida yaratilgan «Toshkent tibbiyot akademiyasi va I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetining universitetlararo hamkorlik markazini tashkil etish» nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021 yil 25 martdagi  03-936-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni doirasiga nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida sohaviy chet tilini o‘qitishning maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan kasbiy lingvodidaktik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar kiritilgan;
tibbiyot OTMlari talabalariga rus tilidagi tibbiyot atamalarini o‘zlashtirishga, ularning tovush va grafik shakllarini eslab qolishga,  paradigmatik-sintagmatik va uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga, tibbiyot atamalarini qo‘llashda nutq madaniyati va tibbiy odobni rivojlantirish va takomillashtirishga   qaratilgan mashq va topshiriqlar tipologiyasiga oid xulosalardan “Russkiy yazik” (Rus tili) darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-186-son guvohnomasi). Natijada darslikning mazmuni haqidagi tibbiy atamalarning paradigmaviy-sintagmatik xususiyatlari, tibbiyot atamalarini qo‘llashda nutq madaniyati va tibbiy odobni rivojlantirishga xizmat qiluvchi materiallar bilan boyitilgan;
tibbiy oliygohlarning barcha yo‘nalishlari talabalari uchun  rus tilidan barcha o‘quv modullari bo‘yicha darslik va o‘quv dasturini tuzishda, tibbiyot  OTMlari talabalariga rus tilidagi tibbiyot atamalarini kompyuter-axborot ta’limi asosida muayyan  pedagogik  sharoit yaratish orqali tarmoqli o‘qitish metodik tizimining modeli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni rivojlantirish Markazining 2021 yil 5 apreldagi RM 11-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, shakllantirilgan modullar mazmuni yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarga qaratilgan ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar orqali boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish