Mamataliev Abdurasul Abdumalikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ammoniy nitrati, sul`fati va kaliy xloridi asosida murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/T434.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Turdialiev Umid Muxtoralievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli selitra suyuqlanmasi, kaliy xloridi, fosfogips va ammoniy sul`fati asosida NK-, NKS- va NS-o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstraksion fosfor kislotasi ishlab chiqarishi chiqindisi bo‘lgan fosfogipsning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash asosida uni selitraga modifikator sifatida qo‘llashga yaroqliligi isbotlangan;
atsetonli ekstraksiyalash usuli yordamida kaliyli-nitratli suyuqlanmada kaliy xloridining konversiyalanish jarayoni isbotlangan;
kaliy xloridi va ammoniy sul`fat qo‘shimchalarini N : K2O = 1 : 0,5 va NH4NO3 : (NH4)2SO4 = 93 : 7 optimal nisbatda qo‘llash magnizet qo‘shimchali AS donalariga nisbatan donalar mustahkamligini 3-4,8 barobarga oshirishi, yopishqoqligini esa 2-2,3 barobarga kamaytirishi aniqlangan;
sul`fat-nitrat ammoniy suyuqlanmasi 185 dan 25℃ gacha sovutilganda NH4NO3 III fazani chetlab o‘tishi va suyuqlanmaI; III; IIIV ketma-ketligida modifikatsiyaga o‘tishi aniqlangan;
KCl, FG va (NH4)2SO4 qo‘shimchalari NH4NO3 ning kristall panjaralarini zichlashtirishi hisobiga uni struktura buzilish haroratini 211 dan 263,1℃ gacha oshirgan holda parchalanishiga ingibitirlovchi ta’siri isbotlangan;
AS suyuqlanmasi, kaliy xloridi, fosfogips va ammoniy sul`fati asosida NK-, NKS- va NS-o‘g‘itlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ammiakli selitrasi suyuqlanmasi, kaliy xloridi, fosfogips va ammoniy sul`fati asosida NK-, NKS- va NS-o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ammiakli selitra, kaliy xloridi va fosfogips qo‘shimchasi asosida NKS-o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2021 yil 19 martdagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekstraksion fosfor kislota ishlab chiqarishi chiqindisi bo‘lgan fosfogipsni suvda eruvchan oltingugurtli NK-o‘g‘itiga aylantirish imkonini bergan;
ammiakli selitra suyuqlanmasi va kaliy xloridi asosida kaliyli- ammiakli selitra olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2021 yil 19 martdagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaxshi tovar xossalarga ega bo‘lgan kaliyli-ammiakli selitra paxta o‘simligida qo‘llanilganda uning hosildorligini ammiakli selitra qo‘llanilgandagiga nisbatan 1-3 sentnerga oshirish imkonini beradi;
sul`fat-nitrat ammoniy olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2021 yil 19 martdagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, yopishqoqligi bo‘lmagan va termik barqarorlashgan donador NS-o‘g‘it olish imkonini beradi.