Maxmudova Sevara Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie metodov prognozirovaniya i ranney diagnostiki preeklampsii», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD / Tib1072.
Ilmiy raxbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogova nomidagi Vinisk Davlat tibbiyot universiteti (Ukraina).
Dissertatsiyaning yunalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klinik, endotelial va genetik prediktorlarga asoslangan preklampsiyani bashorat qilish va erta tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
preeklampsiya bilan og‘rigan xomiladorlarda kasallikning erta bosqichida s-Flt-1 oqsili miqdorining oshishi xisobiga platsenta o‘sish omilining (PLGF) o‘zgarishi arterial qon bosimining ko‘tarilishiga, siydikda oqsil paydo bo‘lishiga olib keluvchi prognostik markerlarning muhim o‘rni ochib berilgan;
ilk bor preeklampsiyali xomiladorlarda AGTR2 genining G/G genotipida 2-turdagi angiotenzin reseptorlar sonini oshishi xisobiga kon tomirlar torayishi kaslallikning klinik kechishi og‘irlashishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor preeklampsiya bilan og‘rigan bemorlarda NOS3 genning salbiy alel va genotiplari polimorf ko‘rinishlarini tarqalish darajasini qon tomir devorida yallig‘lanish jarayonini kuchayishi xisobiga yurak kon-tomir va buyrak funksiyasi buzilishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
preeklampsiya bilan og‘rigan homiladorlarda psevdovaskulogenez jarayonini buzilishi oqibatida endotelial s-Flt-1 oqsili va platsenta o‘sish omililarining (PLGF) platsenta yotog‘idagi aniqlangan morfologik o‘zgarishlar orasida korrelyasion bog‘liqlik (r=0,85) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xomiladorlarda preeklampsiyani bashoratlash va erta tashxislashda yangi yondashuvlar ishlab chikish buyicha olingan natijalar asosida:
Xomiladorlikda preeklampsiyani tashxislash, davolash va oldini olish buyicha yangi yondashuvlar masalalari ishlab chikilgan «Preeklampsiyani tashxislash, davolash va profilaktika kilish buyicha yangi yondashuvlar» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 apreldagi 8n-r/362-son ma’lumotnoma). Mazkur uslubiy tavsiyanoma preeklampsiyasi mavjud xomilador ayollarni davolash va profilaktika chora-tadbirlarni tadbik etish imkoniyatini bergan.
preeklamsiyani diagnostikasi va asoratlarini oldini olish va shoshiligch yordam kursatish usullari ishlab chikilgan «Preeklampsiya va uning asoratlarida akusherlik taktikasi va shoshilinch yordam» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 apreldagi 8n-r/363-son ma’lumotnoma). Mazkur uslubiy tavsiyanoma preeklampsiyasi mavjud xomilador ayollarni kasalikning asoratlari sonini kamaytirishga, preeklampsiyaning erta tashxisida AGTR1, AGTR2 va NO3 genlar polimorfizmlari asosiy ahamiyatini aniqlashga imkonini bergan;
preeklampsiyasi bor xomiladorlarda klinik, biokimyoviy, genetik va instrumental xususiyatlari buyicha olingan ilmiy natijalar Samarqand shahri 1 va 2-son tug‘ruqxonalari, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tuman tibbiyot birlashmalarining amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 iyuldagi 08-09/9345-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalarni joriy etilishi preeklampsiyani erta tashxisni optimallashtirishga, kasallikning olib borishini bashorat qilishga, asoratlarni o‘z vaqtida oldini olishga, shuningdek bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va davolash uchun ketayotgan mablag‘ni tejash imkonini bergan.