Abduraimov Azizbek Sultankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Torqopchig‘ay botanik-geografik rayoni florasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B236.
Ilmiy rahbar: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Qodirov G‘ayrat Uroqboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Torqopchig‘ay botanik-geografik rayoni florasining tur tarkibini aniqlash va floraning o‘ziga xos xususiyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Torqopchig‘ay botanik-geografik rayoni florasining 74 oila va 384 turkumga mansub 964 turni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy tarkibi aniqlangan; 
ilk bor O‘zbekiston florasi uchun 3 tur, G‘arbiy Hisor florasi uchun 
3 tur keltirilgan;
genezisi qadimgio‘rtaerdengizi florasidan iborat bo‘lgan Torqopchig‘ay botanik-geografik rayoni florasi yetakchi oila va turkumlar tarkibiga ko‘ra tog‘lio‘rtaosiyo provinsiyasi janubidagi qurg‘oqchil rayonlar florasini o‘zida aks ettirishi isbotlangan;
to‘r tizimli xaritalash asosida ko‘pchilik turlarni gipsli, olajinsli, toshli-shag‘alli ekotoplarda uchrashi, ularning aksariyati O‘rta Osiyo tog‘ florasi uchun xarakterli bo‘lgan gemikriptofitlardan iborat ekanligi aniqlangan;
Torqopchig‘ay botanik-geografik rayoni Tog‘lio‘rtaosiyo provinsiyasi G‘arbiy Hisor okrugi tarkibida ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Torqopchig‘ay botanik–geografik rayoni florasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Torqopchig‘ay botanik–geografik rayonida tarqalgan 74 oila, 384 turkumga mansub, 964 turning tarqalish xaritalari va muhofazasiga doir ma’lumotlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 sentyabrdagi 05-02/8-547-sonma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi 17 oila, 30 turkumga mansub 41 ta kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarni muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan.
dorivor (235 ta), ozuqabop (80), asal-shirali (173), efir-moyli (100), bo‘yoqbop (64), em-xashak (280), manzarali (154) o‘simlik turlarining to‘r tizimli (GAT) xaritalari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 sentyabrdagi 05-02/8-547-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiyot ahamiyatiga ega turlarning  o‘sish makonlari belgilash va resursbop hududlarini aniqlash imkonini bergan;
Torqopchig‘ay botanik–geografik rayonida tarqalgan 964 turga mansub yuksak o‘simliklarining gerbariy namunalari Botanika instituti Milliy gerbariysi (TASH) noyob ob’ekti fondiga topshirilgan (Fanlar akademiyasining 2020 yil 29 oktyabrdagi 4/1255-2343-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar G‘arbiy Hisor okrugi hududidan yig‘ilgan gerbariy fondini boyitgan va O‘zbekiston florasining elektron ma’lumotlar bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish