Abdullaev Murodjon Nemadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gepatit V kasalligini davolashda ishlatiladigan dorilarning kimyoviy tarkibi va xalq tabobati usullari bilan davolash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K422.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mamasoliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Madixanov Nematjon, kimyo fanlari doktori, professor; Isaev Yusupjon Tojimamatovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim dorivor o‘simliklar asosida tarkibida gepatit V kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega biologik faol kimyoviy birikmalar saqlagan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish, ularni kimyoviy tarkibi va tuzilishini aniqlash asosida TIF TN bo‘yicha tegishli kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gepatit V kasalligini samarali davolash xususiyatiga ega bo‘lgan yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqilgan; 
oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidan ajratib olingan avenatsin, kversetin moddalarining tarkibi va tuzilishi aniqlangan; 
“Asshifo” va “Oltin Vodiy” oziq-ovqat qo‘shilmalarining antioksidantlik faolligi asosida “Oltin Vodiy” oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidantlik faolligi boshqalarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan;
“Asshifo” va “Oltin Vodiy” oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibida Gepatit V virusiga qarshi faol bo‘lgan avenatsin, kversetin, amentoflavon, giperisin birikmalari borligi aniqlangan;
“Asshifo” va “Oltin Vodiy” tabiiy yangi oziq-ovqat qo‘shilmalariga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ayrim oziq-ovqat qo‘shilmalarini ulardan ajratib olingan biologik faol moddalar kimyoviy tarkibi va tuzilishi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Asshifo”  va “Oltin Vodiy” oziq-ovqat qo‘shilmalarini “Oltin Vodiy” MChJ da yalpi mahsulot sifatida ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy Sertifikatlash tizimi tomonidan muvofiqlik sertifikati olingan (№UZ.SMT.01.378.70229260, 2021 y.; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 06.8/1244-sonli xati; 2021 yil 9 sentyabrdagi 362427-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida identifikatsiyalash imkonini bergan;
“Asshifo” va “Oltin Vodiy” oziq-ovqat qo‘shilmalariga TIF TN bo‘yicha “dorivor o‘simliklardan, yoki ularning ayrim qismlaridan tayyorlangan oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun - 121230, “tarkibida avenatsin, kversetin, pulegon va uning hosilalari, karvakrol, karnozol, rozmarisin tabiiy birikmalarini saqlovchi dorivor o‘simliklar yoki ularning ayrim qismlaridan tayyorlangan oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun - 1212300001 kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 7 apreldagi 1/16-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va impor qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish