Radjabova Ziyoda Ibodullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek o‘quv frazeografiyasining lingvistik aspekti”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1722
Ilmiy rahbar: Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘afur Mamatov Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaev Azamat Baxronovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek frazeografiyasining nazariy masalalarini yoritish hamda zamonaviy o‘quv frazeologik lug‘atlarda frazemalarni talqin qilish mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘quv frazeologik lug‘atlar uchun so‘z tanlashda ilmiy jihatdan asoslilik, me’yoriylik, hajman cheklanganlik, ta’lim kompleksiga aloqadorlik, frazemaning struktur-semantik va uslubiy xususiyatlariga moslik kabi mezonlar o‘zida lingvistik, metodik, didaktik talablarni til materialining aniq, maqsadga muvofiq tanlanishi bilan uyg‘unlashtirganligi sababli yetakchilik qilishi aniqlangan;
zamonaviy o‘quv frazeologik lug‘atlarda olamning milliy frazeologik tasviri, frazeologik ma’noning leksikografik talqini, lug‘at korpusi va unda frazemalarni tanlash hamda lug‘at maqola tuzilishiga doir lug‘atning ta’limiy va tarbiyaviy samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy lingvodidaktik mezonlar ishlab chiqilgan;
lug‘at materialining aynan kim uchun, ta’lim oluvchilarning qaysi toifasi uchun mo‘ljallanganini sababli o‘quv frazeologik lug‘at so‘zligining ta’lim oluvchining kommunikativ ehtiyoji hamda ta’lim standartlariga mos bo‘lishi, foydalanuvchining individual imkoniyatlarini hisobga olishi, lug‘at mikroqurilishi o‘qitishning zamonaviy metodlari induksiyaga asoslanishi dalillangan;
yoshi, ta’limning qaysi bosqichida ekani, iqtidori, alohida qobiliyatlari, indididual ta’limga ehtiyoji hisobga olingan o‘quvchining nutqiy kompetentligini oshirishga xizmat qilgani uchun antropotsentrik frazeografiyaning innovatsion konsepsiyalariga asoslangan bosma va elektron frazeologik lug‘atlar, frazeologik minimumlarni tuzish zarurati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek o‘quv frazeografiyasining lingvistik jihatlarini yoritish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quv lug‘atlarda olamning milliy frazeologik tasviri, frazeologik ma’noning leksikografik talqini, frazeologik polisemiya masalalari frazema ma’nolarining kontekstual izohi orqali yoritilgan ilmiy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-GOO3 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 24 sentyabrdagi 258/1-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy-kognitiv, kommunikativ, ta’limiy xarakterga ega yangi avlod o‘quv frazeologik lug‘at tuzish imkonini bergan;
o‘quv lug‘atlarda olamning milliy frazeologik tasviri, frazeologik ma’noning leksikografik talqini, frazeologik polisemiya va uning kontekstual semantizatsiyasi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “O‘quv frazeologik lug‘at” (ISBN 978-9943-978-92-7) nomli O‘FLni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada zamonaviy o‘quv frazeologik lug‘atlarning tarkibiy qurilmasi, korpusi, frazemalarni tanlash hamda lug‘at maqola tuzilishiga doir nazariy va amaliy tavsiyalar berish imkonini bergan;
o‘quv frazeologik lug‘at so‘zligining ta’lim oluvchining kommunikativ ehtiyoji, foydalanuvchining individual imkoniyatlarini hisobga olishi, yosh avlodni umummilliy qadriyatlarimizga sodiq qilib tarbiyalashdagi roli xususidagi ilmiy xulosalardan “Til – millat ko‘zgusi”, “Munozara”, “Moziydan sado” kabi eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 sentyabrdagi 12-15/291-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ma’naviy va madaniy mazmunini boyitib borish imkonini bergan.