Xujaniyazov Uktam Eshbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyatining rivojlanishi (1991-2018 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar180.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Yaxshibeka Atamuratovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05
Rasmiy opponentlar: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Jalg‘as Aytmuratov, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining 1991-2018 yillardagi madaniy rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1991-2000 yillar oralig‘ida din arboblari, din peshvolari bo‘lgan tarixiy shaxslar nomlarini tiklash va ularga xolisona baho berishga  bag‘ishlangan materiallar ko‘proq nashr qilinganligi, 2004-2005 yillarda “Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasi 100 dan ortiq, “Jetkenshek” gezetasi 130 dan ortiq, 2010 yilga kelib “Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasi 180 dan ortiq, “Jetkenshek” gazetasi esa 200 dan ortiq ruknlardan foydalanganligi dalillangan;
mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston OAVida o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum qilishga mo‘ljallangan, tarixiy xotira bilan bog‘liq materiallarga ko‘proq e’tibor berilganligi, bu yoshlarni vatanparvarlik, xalqparvarlik, ona yurtga muhabbat, insoniy qadriyatlarni e’zozlash kabi his-tuyg‘ular ruhida tarbiyalashga yordam berganligi asoslangan; 
“Qoraqalpoqfil`m” mahsulotlarining katta turkumini “Qoraqalpog‘iston” kino jurnali tashkil qilganligi, ushbu jurnal hujjatli fil`mlar tayyorlashda boshlang‘ich bosqich vazifasini o‘taganligi, ya’ni “Shar`yar” spektakli aks ettirilgan kinojurnal “Dostonimiz – tariximiz” hujjatli fil`miga, “Bodoy to‘qay” kinojurnali “Faqatgina ikkalasi” fil`miga, Qoraqalpog‘iston rassomlari xronikasi “Qoraqalpog‘iston rassomlari” fil`mlariga  asos bo‘lganligi aniqlangan;
istiqlol yillarida “Qoraqalpoqfil`m” kinostudiyasi ilk bor mustaqil to‘lametrajli badiiy fil`mlar yaratgan holda ularda ko‘proq xalq dardini, ekologiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini, turmush mashaqqatlarini, xalqning ruhiy holatini, orzu va intilishlarini keng ommaga targ‘ib qilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda madaniyat sohalari taraqqiyoti bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qoraqalpog‘istonda ilm-fanni bozor munosabatlariga muvofiqlashtirish jarayoni yuz berganligi, grant asosida ishlash amaliyotiga o‘tilishi, kashfiyot, ixtirochilikning ishlab chiqarishga keng joriy etilishi bilan bog‘liq ilmiy materiallardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi yangi tarix bo‘limining ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalari muzey ma’lumotlarini boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 2-02/348-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yoshlarning ta’lim, ilm-fan sohalariga qiziqishlarini yanada oshirishga, ularning ongi va tafakkurini kengaytirishga xizmat qilgan; 
mintaqada ijtimoiy fanlarga e’tibor, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti hamda Til va adabiyot institutining yuzaga kelishi, qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarixi kabi fanlarning rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratilishi, xalqning milliy o‘zligini anglashga hamda ma’naviy immunitetini yuksaltirishga zamin yaratilganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida № FA-F1-GOO “Qoraqalpog‘iston jahon madaniyati kontekstida: Quyi Amudaryodagi shaharlar va shahar madaniyatining tarixiy istiqbollari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 18 maydagi 62/1-son ma’lumotnomasi). Natijalar mustaqillik yillaridagi xalq ta’limi, ilm-fan, madaniyat va milliy ma’naviyat sohalarini rivojlantirish masalalarini yoritishga hamda ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston madaniyati tizimida muzeylarning o‘rni, istiqlol yillarida tarmoqda qo‘llanilayotgan ilmiy bilimlar va innovatsion yondashuvning uyg‘unlashishi natijasida mazkur madaniy muassasalar milliy g‘oya va mafkura ruhi bilan yo‘g‘rilgan tarbiya maskanlaridan biriga aylanayotganligi bilan bog‘liq tadqiqot natijalari va xulosalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Jirov-baxshilar” jamoatchilik birlashmasi tomonidan 2018-2019 yillarda bajarilgan 56-14/31-son “Madaniy merosni saqlash va unga bo‘lgan yoshlarning munosabatini shakllantirish borasida targ‘ibot ishlarini olib borish” mavzusidagi davlat loyihasida foydalanilgan (QR “Jirov-baxshilar jamoatchilik birlashmasi” 2020 yil 21 noyabrdagi 21.11-son dalolatnomasi). Natijada, loyiha doirasida yoshlarda milliy qadriyatlar va milliy ma’naviyatni asrab-avaylashga qaratilgan metodik ishlarni mazmunan boyitishga imkon bergan;
respublikada maktabgacha ta’lim, maktab, lisey, kollejlar va oliy ta’limning bir tekisda rivojlanmaganligi, boshqarish tizimida innovatsion yondashuv va izchillikning etishmaganligi, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlarda asosan bozor iqtisodiyoti davridagi hayotiy o‘zgarishlar hamda ilmiy innovatsion jarayonlar uyg‘unligini ta’minlash zarurligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnik yo‘nalishlari doirasida “FA-IZOO2 “Qaraqalpaqstan tariyxi (1991-2015 jillar)” kitobini tayyorlash va nashr ettirish” innovatsion loyihasining madaniyat va san’at yo‘nalishi ma’lumotlarini boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 18 maydagi 63/1-son ma’lumotnomasi). Natijalar mazkur kitobni ma’lumotlar bilan boyitish va takomillashtirishga xizmat qilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish