Ubaydullaeva Maftuna Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“O‘zbek va qirg‘iz adabiyotshunoslik terminlarining qiyosiy-tipologik tahlili (o‘zbek va qirg‘iz maktab darsliklari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № V 2020.3.PhD/Fil 1384.      
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzoxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: umumta’lim maktablari darsliklarida, o‘zbek va qirg‘iz terminologik lug‘atlarida berilgan adabiyotshunoslik terminlarini qiyosiy hamda ularning funksional-semantik farqlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turkiy xalqlar adabiyotshunosligiga oid qarashlar tarixi O‘rxun-Enasoy yozma yodgoriklarida, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”  asarlarida uchrashi isbotlangan, bu xalqlarning milliy qadriyatlari, an’analari, madaniyati va adabiyotiga oid  mushtarak xususiyatlar o‘zbek va qirg‘iz  tillariga oid manbalar asosida  aniqlangan; 
o‘zbekcha maktab darsliklarida qo‘llanilgan adabiyotshunoslik terminlarinidan katta qismi (52ta) arabcha, qirg‘izcha darsliklarda esa yunoncha (20ta) ekani,  o‘zbekcha lug‘atlarda berilgan bolalar fol`kloriga oid atamalarning ko‘pchiligi  qirg‘izcha lug‘atlarda  berilmagani dalillangan;
adabiyotshunoslik terminlarining o‘zbek va qirg‘iz maktab darsliklaridagi miqdor ko‘rsatkichi sinflar kesimida aniqlanib, bu xalqlar maktab “Adabiyot” darsliklari terminologik tizimining milliy terminlar hisobiga boyiyotganligi dalillangan;
o‘zbek va qirg‘iz  terminologik tizimi rivojlanishi bevosita xalq  tarixi bilan bog‘liqligi xronologik jihatdan VIII-X asrlarda arab adabiyotiga oid tushunchalarning, o‘tgan asrda esa  rus tili orqali Evropa tillariga oid atamalarning tilimizga kirib kelishi isbotlangan;
o‘zbek va qirg‘iz xalqlari umumta’lim maktablari «Adabiyot» darsliklaridagi  adabiyotshunoslik terminlarining tarixiy-genetik asoslari, aniqlanib, ularning maktab o‘quvchilarining ilmiy tafakkurini boyitishga, umumturkiy ma’naviy merosga qiziqishini orttirishga xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qirg‘iz tillari adabiyotshunoslik terminlarini qiyosiy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda tavsiyalardan: 
o‘zbekcha va qirg‘izcha maktab darsliklarida adabiyotshunoslik terminlarining qiyosiy-tipologik aspektda o‘rganilishi hamda ulardagi o‘xshash va farqli xususiyatlarga oid kuzatishlari natijasida olingan xulosalardan Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2012 -2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G040 “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va ta’sir” nomli fundamental loyihadani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining 2021 yil 12 martdagi 26-son ma’lumotnomasi); Natijada o‘zbek va qirg‘iz xalq og‘zaki ijodiga doir adabiyotshunoslik terminlarining maktab darsliklarida o‘qitish samaradorligi oshgan; 
terminlarning paydo bo‘lishi, kelib chiqishi, xalq og‘zaki ijodi terminlarining qiyosiy-tipologik tahliliga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy – tadqiqot institutining 2021 yil 4 martdagi 41/1-son dalolatnomasi). Natijada ikki tildagi darsliklarni mukammallashtirish va adabiyot o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek va qirg‘iz adabiyotshunoslik terminlarining qiyosiy – tipologik tahlili(o‘zbek va qirg‘iz maktab darsliklari asosida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari va ilmiy maqolalaridan olingan xulosalardan  T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014-yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 – raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 13 fevraldagi 35-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni milliy-ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, mustaqillik mafkurasini yoshlar ongiga singdirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan;
mustaqillik davrida yaratilgan darsliklarda milliy terminlarning qo‘llanilishiga keng e’tibor qaratilayotganligi har ikki xalq ilmiy-madaniy aloqalari mustahkamlanishiga sabab bo‘lganligi bo‘yicha ishlab chiqilgan  tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat”  telekanali ijodkorlari tomonidan “Til millat ko‘zgusi” va  “Bag‘rikeng diyor” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 16 fevraldagi 01-16/41-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qirg‘iz xalqlari orasidagi madaniy aloqalar bilan bir qatorda ilmiy mushtaraklikning ham mavjudligi keng omma e’tiboriga havola etilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish