Allanazarova Luyza Reypnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsar va moyli zig‘ir jahon genofondidan foydalanish asosida seleksiya uchun birlamchi manbalar ajratib olish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.RhD/Qx.339.
Ilmiy rahbar: Amanova Maxfurat Eshmuradovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Xalikova Malohat Babamuradovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sattarov Ma’sudjon Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublika iqlim sharoitiga mos ertapishar, serhosil maxsar va zig‘irning yangi navlarini yaratish uchun o‘simliklar jahon genofondidan istiqbolli birlamchi manbalarni tanlash va seleksiyaga jalb etish, moydorlik darajasi yuqori bo‘lgan, serhosil yangi nav va tizmalar yaratish, urug‘lik etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor maxsar va zig‘irning geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan kolleksiya namunalari morfo-biologik xususiyatlari va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha kompleks o‘rganilgan va seleksiya uchun dastlabki manbalar ajratilgan;
respublikamiz iqlim sharoitida maxsarning urug‘lik sifati va kimyoviy tarkibi bo‘yicha amaliy seleksiya uchun istiqbolli manbalar ajratib olingan;
maxsar va zig‘irning kelib chiqishi turlicha bo‘lgan namunalarining qimmatli xo‘jalik belgilari orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
o‘simliklar genofondidan geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan moy beruvchi ekinlardan maxsar va zig‘irning morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha elektron axborot bazasi yaratilgan va genofondning axborot bazasiga kiritilgan;
maxsarning yangi ertapishar, serhosil «Sahro malikasi» navi va zig‘irning 2 ta istiqbolli tizmalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maxsar va moyli zig‘ir jahon genofondidan foydalanish asosida seleksiya uchun birlamchi manbalar ajratib olish borasidagi ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
maxsarning yangi «Sahro malikasi» navi 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan, Qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan va ishlab chiqarishga keng joriy etilgan hamda ushbu navga patent (NAP 00225) olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi № 02/027-611-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur navning o‘rtacha hosildorligi lalmi maydonlarda 10-13 s/ga. ni tashkil etib, andoza «Milyutinskiy 114» naviga nisbatan hosildor, moy miqdori yuqori, yirik urug‘li bo‘lgan;
maxsarning «Sahro malikasi» navi 2020 yil Toshkent, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida, jami 340,0 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi № 02/027-611-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsarning o‘rtacha hosildorligi 10-12 s/ga tashkil qilgan, gektaridan olinadigan sof foyda 1350,0-1550,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi 60-100% ni tashkil etgan;
Toshkent viloyati sharoitida maxsar va zig‘ir ekinlarining birlamchi urug‘chiligin tashkil etish bo‘yicha «Maxsar va zig‘ir ekinlarining urug‘chiligini tashkil etish» mavzusida tavsiyanoma ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi № 02/027-611-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar urug‘chilik tashkilot va fermer xo‘jaliklarida keng qo‘llanilgan.