Ostonokulov Azamat Abdukarimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va hisoboti metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt238.
Ilmiy maslahatchi: Mexmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ibragimov Abdugafur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va hisoboti metodologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet tashkilotlarining moliya yili davomida foydalanilmay qolgan byudjetdan tashqari mablag‘larini qayta taqsimlamasdan keyingi moliya yiliga oldin belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun o‘tkazish taklif etilgan;
byudjet ijrosi hisobining axborot imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha daromadlarini hisobga oluvchi «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblangan daromadlar», «Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlari», «Byudjet tashkilotlarining boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisoblangan daromadlari» schyotlar taklif etilgan;
moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalarida byudjet tashilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha xarajatlarini hisobga oluvchi «Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan hisoblangan xarajatlari» nomli buxgalteriya schyoti taklif etilgan;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha tasdiqlangan smetalar doirasida amalga oshiriladigan xarajatlarni ularning o‘rnini qoplash manbalari mavjud bo‘lgan taqdirda, tasdiqlangan hajmlarga nisbatan ko‘paytirish mumkinligi asoslangan;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarning ko‘rsatkichlarini konsolidatsiyalashgan byudjet hisoboti tarkibiga kiritish orqali byudjet ijrosi axborotlarining ochiqligini ta’minlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
byudjet tashkilotlarining moliya yili davomida foydalanilmay qolgan byudjetdan tashqari mablag‘larini qayta taqsimlamasdan keyingi moliya yiliga oldin belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun o‘tkazish taklifi «Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi 06/04-02-01-37/353-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi moliya yili davomida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lardan smetalar doirasida maqsadli foydalanishlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalarida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar hisobvaraqlari tarkibi va ularni hisobini yuritish tartibi yuzasidan ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-son BHS) «Yagona schyotlar rejasi»da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi 06/04-02-01-37/353-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalarida g‘azna ijrosi tizimiga qamrab olingan byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlari hisobini yuritish tartibi belgilanib, daromadlarning turlari to‘g‘risida joriy va jamlanma buxgalteriya ma’lumotlarini shakllantirish imkonini yaratgan;
moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalarida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan xarajatlari hisobini yuritish tartibiga oid ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-son BHS) «Yagona schyotlar rejasi»da aksini etgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi 06/04-02-01-37/353-son ma’lumotnomasi). Natijada moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalarida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari hisobini yuritish tartibi belgilanib, ushbu mablag‘larning turlari bo‘yicha kutilayotgan joriy davr moliyaviy majburiyatlariga oid tezkor buxgalteriya axborotlarini shakllantirish imkonini bergan;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha tasdiqlangan smetalar doirasida amalga oshiriladigan xarajatlarni ularning kelib tushishi kutilayotgan mablag‘lar hisobidan qoplash imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, tasdiqlangan hajmlarga nisbatan ko‘paytirishga ruxsat etilishi yuzasidan ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi 06/04-02-01-37/353-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar doirasida amalga oshiriladigan xarajatlarni ularning qoplash manbalari doirasida ko‘paytirish, faoliyat uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni qisqa muddatda amalga oshirish va hisob-kitob qilish imkoniyatini yaratib, bu bo‘yicha huquqiy asosni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha tushumlar va xarajatlarini konsolidatsiyalashgan byudjet hisoboti tarkibiga kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi «Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-660-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi 06/04-02-01-37/353-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi konsolidatsiyalashgan byudjet hisoboti ma’lumotlarining yanada ochiqligi va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larini maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda byudjet ijrosiga oid hisobotlarni moliya yili yakunlari bo‘yicha keng miqyosda tahlil qilish imkonini yaratgan.