Ergasheva Yulduz Xamroqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda atmosfera suv bug‘idan chuchuk suvning muqobil manbai sifatida foydalanishning tabiiy geografik jihatlari», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Gr164.
Ilmiy rahbar: Petrov Yuriy Vasil`evich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Xolmatjonov Baxtiyar Maxamatjanovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Amanbaeva Ziyoda Abduboisovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichimlik suvi tanqisligini yumshatish uchun O‘zbekiston hududida atmosferadagi suv bug‘ining potensial suv resurslarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston tabiiy sharoitlari uchun ishlab chiqilgan empirik formula asosida ilk bor atmosfera chuchuk suvining keltirilgan qalinligi (o‘rtacha
15-22 mm) aniqlangan;
O‘zbekistonning 14 ta iqlimiy rayonlarida atmosferadagi chuchuk suv potensial resursining 1 km2 maydonga mos keluvchi miqdorlari oylar kesimida 8723 m³ dan 30565 m³ gacha tebranishi aniqlangan;
atmosfera suv bug‘ining kondensatsiyalanish sharti sifatida O‘zbekiston hududi bo‘yicha shudring nuqtasi harorati defisitining qiymatlari (maksimal qiymatlari yoz oylarda Tomdida 21,5ºC, minimal qiymatlari qish oylarida Farg‘onada 1,6ºC) aniqlangan;
O‘zbekiston atmosferasida chuchuk suv potensial resursining miqdorini (ko‘p yillik o‘rtacha havo harorati, suv bug‘i parsial bosimi, nisbiy namlik, suvning keltirilgan qalinligi, birlik maydonga mos keluvchi chuchuk suv miqdori, shudring nuqtasi harorati va uning defisiti) tavsiflovchi kartalar ArcGIS dasturida yaratilgan;
O‘zbekiston hududida kondensatsion qurilmalarni oqilona joylashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda atmosfera suv bug‘idan chuchuk suvning muqobil manbai sifatida foydalanishning tabiiy geografik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning tabiiy-iqlimiy sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan empirik formula asosida atmosferadagi chuchuk suvning keltirilgan qalinligi aniqlash usuli va aniqlangan chuchuk suvning keltirilgan 15-22 mm o‘rtacha qalinligi O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazining 2021 yil 16 iyuldagi 01-15/795-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan usul O‘zbekistonda atmosferadagi chuchuk suv keltirilgan qalinligining hududiy va vaqt bo‘yicha taqsimotini baholashga imkon bergan;
O‘zbekiston hududidagi iqlimiy rayonlarda atmosferadagi chuchuk suv potensial resursining 1 km2 maydonga mos keluvchi miqdorlarining oylar kesimida 8723 m³ dan 30565 m³ gacha tebranishi haqidagi aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazining 2021 yil 16 iyuldagi 01-15/795-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda atmosferadan chuchuk suvni ajratib olish uchun optimal hudud va davrlarni aniqlash imkonini bergan;
atmosfera suv bug‘ining kondensatsiyalanish sharti sifatida O‘zbekiston hududi bo‘yicha shudring nuqtasi harorati defisitining qiymatlari, xususan maksimal qiymatlari yoz oylarida Tomdida 21,5ºC, minimal qiymatlari qish oylarida Farg‘onada 1,6ºC ekanligi aniqlanganbo‘lib, ushbu qiymatlar O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazining 2021 yil 16 iyuldagi 01-15/795-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududida atmosferadan chuchuk suvni ajratib olishda zaruriy meteorologik sharoitlarni baholash imkonini bergan;
O‘zbekiston atmosferasida chuchuk suv potensial resursining miqdoriy kattaliklarini, jumladan, ko‘p yillik o‘rtacha havo harorati, suv bug‘i parsial bosimi, nisbiy namlik, suvning keltirilgan qalinligi, birlik maydonga mos keluvchi chuchuk suv miqdori, shudring nuqtasi harorati va uning defisitini tavsiflovchi ArcGIS dasturida yaratilgan raqamli kartalar O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazining 2021 yil 16 iyuldagi 01-15/795-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududida kondensatsion qurilmalarni oqilona joylashtirish rejasini ishlab chiqish imkonini bergan;
turli parametrga ega bo‘lgan kondensatsion qurilmalarni O‘zbekiston hududlarining tabiiy-iqlimiy sharoit xususiyatlarini hisobga olib oqilona joylashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazining 2021 yil 16 iyuldagi 01-15/795-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv ta’minotidagi tanqislik mavjud hududlarda aholini chuchuk suv bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.