Fuzaylova Feruza Normurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kondensatlangan rux-oksidli-fosfatli tuzilmalar asosida uglerodli po‘latni kimyoviy fosfatlash texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1517.
Ilmiy rahbarlar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dadaxodjaev Abdulla Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namozov Shafoat Sattorovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Safarov Yodgor Toirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uglerodli po‘lat yuzasini kimyoviy fosfatlash uchun hosil bo‘luvchi fosfatli plyonka sifati Foskon 35 va Foskon 35K kabi import analoglardan yomon bo‘lmagan elektrolitlarlarning tarkibini va uni mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo asosida uglerodli po‘lat yuzasini fosfatlash texnologiyasi va elektrolit eritmalari kompozisiyalaridan foydalanishning texnik - iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida yaratilgan po‘latni fosfatlovchi elektrolitlarning reaksion-faolligi, fosfatli himoya qoplamasi hosil bo‘lishi aniqlangan;
GOST 9.302-88 usuli bilan fosfat qoplamalarining himoya sifatini tekshirish, uglerodli po‘lat na’munalari yuzasidagi korroziya ko‘rsatgichlari va qutblanish potensialini o‘lchash jarayonida mahalliy fosfatlovchi tarkiblar FK 1 va FK 1Kni Foskon 35 va Foskon 35K kabi import analoglari bilan taqqoslaganda ularning samaradorliroqligi aniqlangan;
mahalliy xomashyodan FK-1 va FK-1K kompozisiyalarini tayyorlash texnologiyasining blok-sxemasi va uglerodli po‘lat yuzasini fosfatlashni samarali amalga oshirish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kondensatlangan rux-oksidli-fosfatli tuzilmalar asosida uglerodli po‘latni kimyoviy fosfatlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uglerodli po‘lat simlar va katankalarni qayta ishlash uchun ammafos, sink oksidi va azot kislotasi asosidagi FK-1 konsentratini tayyorlash texnologiyasi «O'ZMAXSUSMONTAJQURULISH» AKning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O'ZMAXSUSMONTAJQURULISH» AKning 2021 yil 12 apreldagi 01-152/03-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi fosfatlovchi konsentratlar olish va ularni qo‘llaganda import analoglarida hosil bo‘ladigan loyqalanishning 2,5-3,0 marotaba kamayishi hisobiga sim va katanoklarning fosfatlash jarayonining samaradorligini 2 marotaba yuqori bo‘lish imkonini beradi;
uglerodli po‘lat simlar va katankalarni qayta ishlash uchun ammafos, sink oksidi, azot kislotasi va ortofosfor kislotasi asosidagi FK-1K konsentratini tayyorlash texnologiyasi «O'ZMAXSUSMONTAJQURULISH» AKning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O'ZMAXSUSMONTAJQURULISH» AKning 2021 yil 12 apreldagi 01-152/03-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi fosfatlovchi konsentratlar olish va ularni qo‘llaganda import analoglarida hosil bo‘ladigan loyqalanishning 2,5-3,0 marotaba kamayishi hisobiga sim va katanoklarning fosfatlash jarayonining samaradorligini 2 marotaba yuqori bo‘lish imkonini beradi.