Qarshiev Bekzod Nosirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ammoniy fosfat va suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarishi uchun Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasini tozalash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2235.
Ilmiy rahbar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Umirov Farxod Ergashovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori markali ammoniy fosfatlar va suyuq kompleks o‘g‘itlar olish uchun Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasini tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kal`siy minerallari - kal`siy gidroksidi va karbonati, erkin kal`siy oksidini tutgan yuvib kuydirilgan konsentrat bilan EFKni sul`fatsizlantirishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
EFKni atseton va etil spirti bilan tozalashda ularning ikkita mexanizm: gidratsol`vatli va o‘zaro kimyoviy ta’sirlashish orqali ishlashi aniqlangan;
fosfor kislotasini maksimal ajratib olish uchun uch karra ortiqcha organik erituvchilari talab etilishi isbotlangan;
EFKni sul`fatsizlantirish va organik erituvchilar bilan chuqur tozalashda hosil bo‘lgan kal`siy sul`fati, kal`siy, magniy fosfatlari, uchlamchi oksidlar va kompleks tuzlardan tashkil topgan cho‘kmalarning kimyoviy va moddiy tarkibi aniqlangan;
fosfor kislotasini atseton bilan chuqur tozalash hamda qishloq xo‘jaligida tomchilab sug‘orish talablariga javob beradigan N : P2O5 = 13 : 61 va 19 : 54 markalardagi MAF va DAF olishni ta’minlaydigan maqbul texnologik parametrlar ishlab chiqilgan;
Qizilqum EFKsini chuqur tozalash va tomchilab sug‘orish talablariga javob beruvchi yuqori markali ammoniy fosfatlarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasini tozalash va yuqori markali ammoniy fosfatlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasini kal`siy karbonati va organik erituvchi yordamida tozalash hamda yuqori markali ammoniy fosfatlarini olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2021 yil 10 sentyabrda 87-son ma’lumotnomasi). Natijada, fosfor kislotasi va u asosidagi fosforli o‘g‘itlarning sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan;
Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasini kal`siy karbonati va ammiak yordamida tozalash hamda yuqori markali ammoniy fosfatlarini olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2021 yil 10 sentyabrda 87-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligining tomchilab sug‘orish talablariga to‘la javob beradigan yuqori markali mono- va diammoniyfosfat, undan tashqari suyuq kompleks o‘g‘itlar olish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish