Obidov Raxmonali Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Klaster tizimida xarajatlar hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtsodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1007.
Ilmiy rahbar: Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamadiyorov Dilshod Uralovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi klaster tizimidagi xo‘jalik sub’ektlarida xarajatlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavsumiy foydalaniladigan asosiy vositalarga bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda, doimiy ishlatiladigan asosiy vositalarga teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) amortizatsiya hisoblash orqali xarajatlar optimallashtirish taklif etilgan;
asosiy vositalarning amortizatsiya normalarini, umumiy foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalarga 15-20 foiz, tarmoq xususiyatini ifodalaydigan asosiy vositalarga 10-15 foiz, kam ishlatiladagan asosiy vositalarga 5-10 foiz miqdorida belgilash taklif etilgan, shu asosda mahsulot tannarxi tarkibidagi amortizatsiya xarajatini 5 foizga kamaytirish asoslangan;
ishlab chiqarish ahamiyatidagi inventar` va xo‘jalik anjomlarini ularning ishlab chiqarishdagi ishtiroki va foydalanish muddatiga qarab hisobini yuritish orqali xarajatlarni ishlab chiqarish, davr hamda kelgusi davr xarajatlariga o‘tkazish asoslangan;
9821-“Mol-mulk va resurs soliqlari”, 9822-“Er solig‘i”, 9823-“Boshqa soliqlar”ni hisobga oluvchi ishchi schyotlarini kiritish asosida agroklaster korxonalari hisob siyosati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Klaster tizimidagi xo‘jalik sub’ektlarida xarajatlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mavsumiy foydalaniladigan asosiy vositalarga bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda, doimiy ishlatiladigan asosiy vositalarga teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) amortizatsiya hisoblash orqali xarajatlar optimallashtirish taklifi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tizimidagi agroklasterlar va «Toshkent Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 7 sentyabrdagi 03/08-186-son va «Toshkent Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 17 maydagi 09-311-son ma’lumotnomalari). Natijada, har bir asosiy vosita balansga kirim qilingan kundan to chiqim qilingan kungacha bo‘lgan xar bir hisobot davrida barcha bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, hisoblangan amortizatsiya va servis xarajatlari, har bir texnikaga tegishli daromadlar hisobini bir vaqtda yuritish imkoniyati yaratilib, texnikalar bo‘yicha xarajatlarni optimallashtirib borish, bo‘sh turib qolgan texnikalardan samarali foydalanish mexanizimi yaratilgan hamda har bir texnika bo‘yicha tahlil qilish, qarorlar qabul qilishga xizmat qilgan;
asosiy vositalarning amortizatsiya normalarini, umumiy foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalarga 15-20 foiz, tarmoq xususiyatini ifodalaydigan asosiy vositalarga 10-15 foiz, kam ishlatiladagan asosiy vositalarga 5-10 foiz miqdorida belgilash taklifi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tizimidagi agroklasterlar amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 7 sentyabrdagi 03/08-186-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif klaster tizimidagi korxonalarida mahsulot tannarxi tarkibida amortizatsiya xarajatlarini amaldagiga nisbatan 5 foizga pasaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqarish ahamiyatidagi inventar` va xo‘jalik anjomlarini ularning ishlab chiqarishdagi ishtiroki va foydalanish muddatiga qarab hisobini yuritish orqali xarajatlarni ishlab chiqarish, davr hamda kelgusi davr xarajatlariga o‘tkazish taklifi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tomonidan tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 7 sentyabrdagi 03/08-186-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalar xisob siyosatida inventar` va xo‘jalik anjomlarini hisobini shaffofligi va aniqligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
9821-“Mol-mulk va resurs soliqlari”, 9822-“Er solig‘i”, 9823-“Boshqa soliqlar”ni hisobga oluvchi ishchi schyotlarini kiritish asosida hisob siyosati takomillash bo‘yicha taklifi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tizimidagi agroklasterlar va «Toshkent Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 7 sentyabrdagi 03/08-186-son, va «Toshkent Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 17 maydagi №09-311-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi klaster tizimidagi korxonalarada soliq xarajatlarini har bir soliq turi kesimida aniqlash va tahlil qilish imkonini bergan. Bu esa soliq xarajatlarini kamaytirish va optimallashtirishda muhim axborot manbai bo‘lib xizmat qilgan.