Xasanov Ilyos Maxmudovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida oilaviy tadbirkorlik salohiyatining iqtisodiy natijadorligini oshirish (Farg‘ona viloyati misolida)” 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1535.
Ilmiy rahbar: G‘ofurov Ahmadali, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kazakov Olim Sabirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatining iqtisodiy natijadorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlikni barqaror va samarali rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida oilaviy tadbirkorlik asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish mexanizmi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi ilmiy asoslangan;
oilaviy tadbirkorlikning zamonaviy va samarali turlari aniqlangan, ularni amalda qo‘llash bo‘yicha oilaviy tadbirkorning innovatsion salohiyati va davlatning innovatsion jarayonlarda faol qatnashishi omillari asosida iqtisodiy mexanizm hamda oilaviy tadbirkorlik faoliyatining turlari va ixtisoslashtirilgan mahsulotlarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
oilaviy tadbirkorlik sohasini barkaror rivojlantirishga yunaltirilgan mahsulot hajmi va realizatsiya darajasining 2025 yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz parametrlari ishlab chikilgan;
oilaviy tadbirkorlik faoliyati natijadorligini oshirishning iqtisodiyotni globallashuvi sharoitiga mos bo‘lgan yo‘nalishlari ishlab chiqilgan hamda oilaviy tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish mexanizmi sohaning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, ularni amalga oshirishning asosiy vazifalari, ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati salohiyatining iqtisodiy natijadorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hozirgi sharoitda oilaviy tadbirkorlikning samarali turlarini aniqlash va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizm Farg‘ona viloyatidagi oilaviy tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 12 avgustdagi 11/03-15-6781-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 24 avgustdagi 02/06-02-10/10-358-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi oilaviy tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga va buning natijasida ularfaoliyatining yanada samarali bo‘lishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlarning ortishiga olib kelgan;
tadqiqotda ishlab chiqilgan turli hududlarda amalga oshirilayotgan oilaviy tadbirkorlik faoliyati va ixtisoslashtirilgan mahsulotlarini diversifikatsiyalash strategiyasi viloyat tadbirkorlar uyushmasi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 12 avgustdagi 11/03-15-6781-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatning turli hududlarida mahalliy xom ashyolardan keng iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dastur yaratilgan. Ushbu dastur asosida turli hududlarda oilaviy tadbirkorlik faoliyati tashkil etilishi va ular uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan;
Farg‘ona viloyati hududlarida oilaviy tadbirkorlikning istiqboldagi holati bo‘yicha ishlab chiqilgan model` viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli dasturida qo‘llash uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil12 avgustdagi 11/03-15-6781-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 24 avgustdagi 02/06-02-10/10-358-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining soni o‘tgan yilga nisbatan 1361 nafarni, YaHM dagi ulushi 67,9 foizni tashkil etdi va ular soni har 1000 aholiga 15,6 birlikdan to‘g‘ri keldi. Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining soni o‘tgan yilga nisbatan 800 nafarga, YaHM dagi ulushi 2,1 foizga, ish bilan band bo‘lganlarning ulushi 2,2 foizga ortishiga erishilgan.
dissertatsiyada ishlab chiqilgan oilaviy tadbirkorlik samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari viloyatdagi oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga joriy etilgan va natijada ular salohiyatining iqtisodiy natijadorligi ortishiga erishilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 12 avgustdagi №11/03-15-6781-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasidaFarg‘ona viloyatida oilaviy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini ifodalovchi YaHM dagi ulushi 0,3 foizga, ish bilan band bo‘lganlardagi ulushi 0,3 foizga, eksportdagi ulushi 0,4 foizga, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari samaradorligi o‘rtacha 0,5 foizga ortgan.