Po‘latxodjaev Ziyodilla Sagdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyoda xalqaro subregional tizimning shakllanish jarayonlari”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss158.
Ilmiy rahbar: Munavvarov Zoxidillo Inomxodjaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Qirg‘izboev Abdug‘appor Karimjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyoda xalqaro subregional tizimning shakllanishiga sabab bo‘layotgan ob’ektiv holatlarni aniqlash va asoslashdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro munosabatlar tizimining shakllanayotgan subregioni sifatidagi Markaziy Osiyo tushunchasi ilmiy muomalaga kiritildi, shuningdek, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan har tomonlama aloqalarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan yangi tashqi siyosiy kursi mintaqada xalqaro munosabatlar tizimining to‘laqonli subregioni shakllanishi jarayonini boshlab berganligi asoslangan; 
Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtiruvchi integratsiya mafkurasi ko‘p asrlik umumiy qadriyatlarga asoslangan holda mazkur mintaqadagi davlatlarning yangicha hududiy mansubligini shakllantirishga xizmat qilishi aniqlangan; 
ayrim jahon aktorlarining, jumladan, AQSh, EI, Yaponiya, Hindistonning Markaziy Osiyoni xalqaro munosabatlar tizimining  subregioniga aylanishidan manfaatdorligi ochib berilgan, chunki bunday tizimning shakllanishi mintaqadan tashqaridagi, ya’ni u bilan bevosita chegaradosh bo‘lmagan kuch markazlarining Evroosiyo “yuragi”dagi mavqeining mustahkamlanishiga olib keladi;
globallashuvning tebranuvchi tabiatga ega ekanligi haqidagi farazning to‘g‘riligi hamda XXR ning “Bir kamar, bir yo‘l” megaloyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan globallashuv jarayonlarining yangi bosqichida Markaziy Osiyoning Evroosiyo mintaqasi markazi sifatidagi yuksalib borayotgan roli, uning Xitoyni Evropa bilan bog‘laydigan transport yo‘laklarini qayta tiklashni nazarda tutishini inobatga olgan holda, asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Markaziy Osiyoda xalqaro subregional tizimning shakllanish jarayonlari shhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik muhitini yaratishga, qo‘shni davlatlar bilan har tomonlama aloqalarni kuchaytirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tashqi siyosiy yo‘lining konseptual mohiyati, xalqaro munosabatlar tizimining to‘laqonli subregionini shakllantirish jarayoniga turtki berganligi to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan xulosalar Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) ekspertlarining ilmiy-tahliliy ishlarida foydalanilgan (Markaziy Osiyo xalqaro institutining 2021 yil 2 apreldagi  1/205-44-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy umumlashtirishlar bo‘yicha shakllantirilgan taklif va tavsiyalar institut ekspertlarining ilmiy muomalasiga mamlakatning  yangi tashqi siyosiy kursini kuchaytirish unsuri sifatida xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtiruvchi ko‘p asrlik umumiy qadriyatlarga asoslangan integratsiya mafkurasi va mazkur mintaqa mamlakatlarining yangicha hududiy mansubligini shakllantirishga xizmat qiladigan taklif va materiallar Milliy madaniyatni rivojlantirish konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga kiritilgan   (O‘zbekiston respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi  02-12-02-377-son ma’lumotnomasi). Natijada hududiy mansublikni shakllantirish bo‘yicha takliflar Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy qadriyatlar tizimi tasnifini kiritish imkoniyatini yaratdi, bu mintaqa mamlakatlari madaniy-ijtimoiy aloqalarining aniq maqsadga yo‘naltirilganligi va natijadorligining ortishiga xizmat qilgan;
zamonaviy geosiyosiy voqeliklarni  mintaqaga ekstrapolyasiya qilish yo‘li bilan olingan hamda jahondagi ayrim aktorlarning, jumladan, AQSh, Evropa Ittifoqi, Yaponiya, Hindistonning Markaziy Osiyoni xalqaro munosabatlar tizimining subregioni sifatida ko‘rishdan manfaatdorligini isbotlovchi natijalar va ilmiy xulosalardan “Zamonaviy xalqaro munosabatlarning hududiy o‘ziga xosliklari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi  1186-sonli buyrug‘i, 1186-008 raiamli guvohnoma). Kitobda bayon qilingan yondashuvlar darslikning ilmiy-nazariy qismini boyitgan. 
Globallashuvning tebranuvchi tabiatga  egaligi haqidagi farazning to‘g‘riligi hamda XXR ning “Bir kamar, bir yo‘l” megaloyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan globallashuvning yangi bosqichida Markaziy Osiyoning Evroosiyo mintaqasi markazi sifatidagi yuksalib borayotgan roli borasidagi xulosadan O‘zbekiston Respublikasi harbiy havo mudofaasi va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi shaxsiy tarkibi o‘rtasidagi ma’rifiy va axborot-targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Harbiy havo mudofaasi va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligining 2021 yil 2 martdagi 5/135-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qo‘mondonlik tarkibi harbiy-siyosiy xavfsizlikni ta’minlash va mavjud hamda istiqboldagi transport yo‘llari, quvur o‘tkazgichlar, transport-yuk tashish zanjirlarini global savdo tizimiga O‘zbekistonning muvaffaqiyatli qo‘shilishi uchun ishonchli himoya qalqonining yaratish zarurligi to‘g‘risidagi  bilimlar bilan qurollangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish