Sabirbaeva Aynura Baxit qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Firibgarlik jinoyatini tergov qilish metodikasini takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu281.
Ilmiy rahbar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Saitbaev Timur Rinatovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abdulxakov Yax’yojon Artikbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi firibgarlik jinoyatini tergov qilish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ushlab turish, shaxsiy tintuv qilishning yangi taktik usullari qo‘llanilishi asoslangan, mazkur jarayonlarni videoyozuv orqali qayd etish, shuningdek shaxsni ushlash vaqtida foydalanilgan kriminalistik texnika vositalarning texnik xususiyatlarini ushlab turish bayonnomasida aks ettirish lozimligi asoslantirilgan;
surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish, hamda tanib olish uchun ko‘rsatish va yuzlashtirish tergov harakatlarini o‘tkazishning yangi taktik usullari shakllantirilgan, shuningdek ularni o‘tkazishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib, videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish mumkinligi hamda protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashning taktikasini rivojlantirish zarurligi asoslantirilgan;
internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarini tez va to‘la ochish, aybdorlarni aniqlash hamda ularning aybini isbotlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishning yangi taktik usullarini qo‘llash zarurligi asoslantirilgan;
firibgarlikni tergov qilishning xususiy kriminalistik metodikasi shakllantirilgan, firibgarlik to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishning kriminalistik metodikasi ishlab chiqilgan, ularning natijalari innovatsion texnologiyalardan foydalanib rasmiylashtirish tartibi joriy etish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Firibgarlik jinoyatini tergov qilish metodikasi va xususiyatlariga oid nazariy-huquqiy bilimlarni rivojlantirish hamda qonun normalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida protsessual chiqimlarni kamaytirish maqsadida guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi so‘roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish hamda yuzlashtirish tergov harakatlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanilgan holda, videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish mumkinligi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2019 yil 23 mayda qabul qilingan O‘RQ–542-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 911, 912, 913, 914-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 28 sentyabrdagi 112-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning tatbiq etilishi firibgarlik jinoyatini tergov qilishda tergov harakatlarining samaradorligini oshirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali texnik vositalardan foydalanishni optimallashtirishga va guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ushlash, shaxsiy tintuv, shaxsni himoyachidan voz kechish jarayonlarini videoyozuv orqali qayd etish, shuningdek ushlangan shaxsning videoyozuv materiallari bilan tanishganligi hamda shaxsni ushlash vaqtida foydalanilgan vositalarning texnik xususiyatlarini ushlab turish bayonnomasida aks ettirish lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 14 mayda qabul qilingan O‘RQ-617-son Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 52, 91, 225 moddalariga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 16 iyundagi 06/1-05/1591-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi gumon qilinuvchilarni ushlab turish vaqtida qonuniy huquqlari va manfaatlarini ta’minlash va himoya qilish uchun innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha jinoyat protsessini takomillashtirishga xizmat qilgan.
internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarini tez va to‘la ochish, aybdorlarni aniqlash, ularning aybini isbotlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan “Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 30 noyabrda qabul qilingan O‘RQ-651-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksining 169, 170-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 11 avgustdagi 06/1-11/794-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi firibgarlikni tergov qilishda jinoyat protsessi ishtirokchilarining shaxsiy huquq va erkinliklarini himoya qilishni kafolatlagan;
xususiy kriminalistik metodikadan foydalangan holda firibgarlik to‘g‘risida kelib tushgan xabarlar yuzasidan tergov organlari surishtiruvchilari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, uning natijalari yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilishda innovatsion texnologiyani joriy etish zarurligi to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi IIVning “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 100-son buyrug‘ining 8-bobi 54-moddasi “a”, “b”-bandlariga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 7 iyundagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi firibgarlikni tergov qilishda qonun ustuvorligiga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilgan.