Beglenov Nukusbay Dauletniyazovichning
falsafa doktori (PhD) disssertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyalaridan foydalanish va uni rivojlantirish istiqbollari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida), 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, 08.00.011–Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt842.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqam Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.01.2020.I.20.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ollanazarov Bekmurod Davlatmuratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Dissertatsiya  ishining asosiy maqsadi xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish  istiqbollari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyasidan foydalanish  samaradorligini oshirish   mexanizmi marketing kommunikatsiyalarining to‘rt omilli (MPAT&S, A&SD, SPPS va RACE) sinergetik tizimini yaratish asosida takomillashtirilgan; 
mintaqadagi xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyasi strategiyasini rivojlantirishning aniq yo‘nalishlarini belgilash asosida SMC ni shakllantirish va marketing kommunikatsiyalari rejasini tuzish bosqichlari ishlab chiqilgan;
mintaqadagi xizmatlar sohasining marketing kommunikatsiyalaridan foydalanish salohiyatini korrelyasion va regression tahlil qilish natijasida ishlab chiqilgan trend modellari asosida mintaqa xizmatlar bozorini rivojlantirishning 2021-2025 yillar uchun prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan;
mintaqa xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyasidan  foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining taqqoslama modelini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining  joriy qilinishi. 
Xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyasidan foydalanish va uni rivojlantirish  istiqbollari yuzasidan olingan ilmiy tavsiyalar asosida:
xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyasidan foydalanish  samaradorligini oshirish   mexanizmi marketing kommunikatsiyalarining to‘rt omilli (MPAT&S, A&SD, SPPS va RACE) sinergetik tizimini yaratish asosida takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyasidan foydalanish va uni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha berilgan taklifi “Uzbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida joriy etilgan (“Uzbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining 2021-yil 1-oktyabrdagi 49-02-06/1299-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “Uzbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali korxonasining xizmat ko‘rsatish hajmi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 74%  ga oshishi ta’minlangan, 
mintaqadagi xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyasi strategiyasini rivojlantirishning aniq yo‘nalishlarini belgilash asosida shakllantirigan SMC va ishlab chiqilgan marketing kommunikatsiyalari rejasi bosqichlari tuzish bo‘yicha berilgan taklifi “Uzbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida joriy etilgan (“Uzbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining 2021-yil 1-oktyabrdagi 49-02-06/1299-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “Uzbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali korxonasining daromadi bir yilda o‘rtacha 20 mlrd. so‘mga oshishi ta’minlangan;
mintaqadagi xizmatlar sohasining marketing kommunikatsiyalaridan foydalanish salohiyatini korrelyasion va regression tahlil qilish natijasida mintaqa xizmatlar bozorini rivojlantirishning 2021-2025 yillar uchun prognoz qiymatlarini hisoblash uchun ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan prognoz ko‘rsatkichlarining trend modellarini qo‘llash bo‘yicha berilgan takliflari  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining  2021 yil 13-oktyabrdagi 02-12/04-1210-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish natijasida respublika hududlarida xizmatlar sohasida marketing kommunikatsiyasidan foydalanish va uni rivojlantirish hamda buning evaziga moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy natija 15 % ga ortishiga erishilgan;
xizmatlar sohasi sub’ektlarining investision-innovatsion faoliyatini rivojlantirish va marketing kommunikatsiyasi samaradorligini oshirish asoslab berilgan taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining 2021 yil 13-oktyabr`dagi 02-12/04-1210-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025 yilgacha 5000 dan ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratilishi mumkinligi hisob-kitoblar yordamida asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish