Jumaniyazov Iskandar Bohodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarda xarajatlar va daromadlarning boshqaruv hisobi hamda tahlilini takomillashtirish» 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt41.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Ilmiy rahbari: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika  instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori(DSc), dotsent; Abdullaev Abdurauf, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xarajatlar, daromadlar va foydaning boshqaruv hisobi hamda tahlilini tashkiliy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjetlashtirish, xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kal`kulyasiya qilish, javobgarlik markazlari bo‘yicha segmentar hisob va hisobot, ichki xo‘jalik bo‘linmalari o‘rtasida transfert bahoni shakllantirish jarayonlari integratsiyalashgan boshqaruv hisobi taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida marjinal daromadni hisoblash va o‘rnatilgan me’yorlardan chetlanishlar bo‘yicha xarajat moddalarini aniqlash tizimi taklif etilgan;
korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismi va umumishlab chiqarish xarajatlarini davr xarajatlariga o‘tkazish orqali moliyaviy natijani shakllantirish asosida rentabellikni 27.7 foizga oshirish imkoniyati aniqlangan;
to‘qimachilik korxonalarida xarajatlar, daromadlar va foydaning kelgusida mahsulot sotish hajmiga ichki resurslar ta’sirini bashoratlash imkonini beruvchi boshqaruv tahlili usuli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Foyda solig‘i hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
byudjetlashtirish, xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kal`kulyasiya qilish, javobgarlik markazlari bo‘yicha segmentar hisob va hisobot, ichki xo‘jalik bo‘linmalari o‘rtasida transfert bahoni shakllantirish jarayonlari integratsiyalashgan boshqaruv hisobi bo‘yicha berilgan taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi korxonalarida amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2019 yil 17 iyuldagi 03/14-3085-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur korxonalarda hisob siyosati takomillashgan, unda boshqaruv hisobi elementlari o‘z aksini topgan hamda harajatlar va daromadlarni aniqlash tartibi osonlashgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida marjinal daromadni hisoblash va o‘rnatilgan me’yorlardan chetlanishlar bo‘yicha xarajat moddalarini aniqlash tizimi bo‘yicha berilgan taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi korxonalari amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2019 yil 17 iyuldagi 03/14-3085-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda harajatlarni boshqaruv hisobi takomillashgan, ishlab chiqilgan mahsulotning tannarxi pasaygan,  daromad  oshgan  hamda  korxonalarning  sof foydasi ko‘paygan. Shuningdek tannarxni pasayishi hisobiga 540 mln.so‘m miqdorda harajatlar tejalishi ta’minlangan;
korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismi va umumishlab chiqarish xarajatlarini davr xarajatlariga o‘tkazish orqali moliyaviy natijani shakllantirish asosida rentabellikni oshirish bo‘yicha bergan taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi korxonalari hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2019 yil 17 iyuldagi 03/14-3085-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik sanoati korxonalarida umumiy rentabellik ko‘rsatkichini 23 foizdan 27,7 foizgacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarida xarajatlar, daromadlar va foydaning kelgusida mahsulot sotish hajmiga ichki resurslar ta’sirini bashoratlash imkonini beruvchi boshqaruv tahlili bo‘yicha berilgan taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi korxonalari amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2019 yil 17 iyuldagi 03/14-3085-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyot asosida korxona daromad va foyda ko‘rsatkichlarini tahlil qilish natijasida sof foyda hamda rentabellik ko‘rsatkichlar aniq hisoblash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish