Umarova Fotima Abduraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida kiyimlarni loyihalash va modellashtirishni o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2045.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar tayyorlash, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta va ularning malakasini oshirish instituti, DSs.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurotovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida kiyimlarni loyihalash va modellashtirish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga kiyimlarni loyihalash va modellashtirishni o‘rgatishda, tabiiy-ilmiy hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini mazmunini integratsiyalash asosida zamonaviy raqamli instrumentlarni shakliga ko‘ra (pedagogik, estetik, ergonomik va iqtisodiy) va vazifasiga ko‘ra (axborot, rivojlantiruvchi va nazorat) funksional imkoniyatlari takomillashtirilgan;
talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiya vositasida kiyimlarni loyihalash va modellashtirishni o‘rgatishda Research technologies (Case study, Brainstorm, Experiment, Imitation games, Brain ring), Problem education technologies (Problem lecture, Partial research, Heuristic discussion) va “Project method” innovatsion ta’lim texnologiyalari, “Trial and error” interaktiv metodlaridan foydalanish orqali interfaol “Valentina” dasturiy vositasini ta’lim jarayoniga adekvat qo‘llash metodikasi takomillashtirilgan;
innovatsion raqamli instrumentlar vositasida, kreativ va refleksiv yondashuvlarni loyihalashtirish orqali talabalarga kiyimlarni loyihalash va modellashtirishni samarali o‘rgatishning tashkiliy-pedagogik modeli interfaol ta’lim metodlari asosida ishlab chiqilgan “SCADEduWeb” texnologiyasini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning loyihalash va modellashtirish kompetentligi darajasini tashhislash jarayonida ekspert baholash metodidan foydalanishda talabalar kasbiy kompetensiyalarini baholashning tashkiliy-didaktik omillari (motivatsion, intellektual, amaliy va refleksiv), mezonlari (reproduktiv, produktiv, kreativ) hamda sifat ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga kiyimlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida loyihalash va modellashtirishni o‘rgatish metodikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalarga kiyimlarni loyihalash va modellashtirishni o‘rgatish mazmunini zamonaviy raqamli instrumentlar vositasida, tabiiy-ilmiy (“Muxandislik va kompyuter grafikasi”, “Ta’limda axborot texnologiyalari”) hamda umumkasbiy (“Amaliy antropologiya”, “Kompozisiya asoslari”) va ixtisoslik (“Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish”, “Kostyum dizayni”) fanlari integratsiyasi asosida funksional imkoniyatlarini takomillashtirishga oid takliflari asosida “Kompozisiya asoslari” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2021 yil 12 oktyabrdagi 02-07-2890/04-son dalolatnomasi). Natijada, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida talabalarga loyihalash va modellashtirishni o‘rgatish samaradorligi oshgan;
talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiya vositasida kiyimlarni loyihalash va modellashtirishni o‘rgatishda Research technologies (Case study, Brainstorm, Experiment, Imitation games, Brain ring), Problem education technologies (Problem lecture, Partial research, Heuristic discussion) va “Project method” innovatsion ta’lim texnologiyalari, “Trial and error” interaktiv metodlaridan foydalanish orqali interfaol “Valentina” dasturiy vositasini ta’lim jarayoniga adekvat qo‘llash metodikasini takomillashtirishga oid takliflar A-1-141 raqamli “OTM pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli web-texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2021 yil 12 oktyabrdagi 02-07-2890/04-son dalolatnomasi). Natijada “Talabalarga kiyimlarni Valentina dasturiy vositasida loyihalash va modellashtirishni o‘rgatish” nomli elektron qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Mazkur elektron qo‘llanma talabalarda kiyimlarni loyixalash va modellashtirishga oid kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
innovatsion raqamli instrumentlar vositasida, kreativ va refleksiv yondashuvlarni loyihalashtirish orqali talabalarga kiyimlarni loyihalash va modellashtirishni samarali o‘rgatishning tashkiliy-pedagogik modeli interfaol ta’lim metodlari asosida ishlab chiqilgan “SCADEduWeb” mualliflik texnologiyasini joriy etish orqali takomillashtirishga oid takliflari asosida “Kompozisiya asoslari” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2021 yil 12 oktyabrdagi 02-07-2890/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida kiyimlarni loyihalash va modellashtirishni o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish”, “Tikuv buyumlari texnologiyasi”, “Kompozisiya asoslari” va “Kostyum dizayni” fanlarining dasturlari mazmuniga singdirilgan, o‘quv-uslubiy ta’minoti Research technologies, Problem education technologies va “Project method” innovatsion ta’lim texnologiyalari, “Trial and error” interaktiv metodlari hamda “SCADEduWeb” mualliflik texnologiyasini keng joriy etish orqali takomillashtirilib, ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning loyihalash va modellashtirish kompetentligi darajasini tashxislash jarayonida ekspert baholash metodidan foydalangan holda talabalar kasbiy kompetensiyalarini baholashning motivatsion, intellektual, amaliy va refleksiv tashkiliy-pedagogik omillari, reproduktiv, produktiv, kreativ mezonlari, past, o‘rta, yuqori darajalari hamda sifat ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan ITD-1-48 raqamli “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2021 yil 12 oktyabrdagi 02-07-2890/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning loyihalash va modellashtirish kompetentligini tashxislash mazmunini boyitish orqali baholash metodikasini takomillashtirishga va ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan hamda tavsiya etilayotgan talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida kiyimlarni loyihalash va modellashtirishni o‘rgatish metodikasi samaradorligini aniqlash imkoni yaratilgan.