Sattarov Azamat Raelovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion-metodik loyihalar asosida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda mobil o‘qitish tizimidan foydalanish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1991.
Ilmiy ish bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Pozilova Shahnoza Haydaralievna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori; Xaytullaeva Nafisa Saxobiddinova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida innovatsion metodik loyihalar asosida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda mobil o‘qitish tizimidan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning zamonaviy vositasi sifatida mobil qurilmalardan foydalanishning metodik xususiyatlari kasbiy-pedagogik faoliyatga internal motivasiyani oshipish, mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan zamonaviy ta’lim myhitini raqamli pedagogika bilan bevosita integratsiyasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
mobil texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari WebQuest, Geymifikatsiya, M-Learning, M-Feedback o‘qitish vositalari asosida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning Assesment (o‘z-o‘zini baholash), Pre-Vodcasting, RequestBase, ExamSoft, mobil so‘rovnoma, mobil viktorina, Plickers kabi innovatsion loyihaviy metodlarni kreativ faoliyat jarayonlariga tizimli qo‘llash produktivligini kengaytirish asosida takomillashtirilgan; 
“Web-dizayn” fani bo‘yicha talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish metodik shartlari Podcast va Vodcast mobil metodlari, Mindmap, Workings be pairs, Group discussion kabi interaktiv onlayn dasturlari asosida Student-centered classroom innovatsion loyihasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
innovatsion metodik loyihalar asosida auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni mobilli o‘qitish texnologiyasi asosida tashkil etish blok-chizmasi konsentrizm tamoyili asosida yirik bloklarga birlashgan o‘quv materiallarini jadal o‘zlashtirishni imkonini beruvchi ko‘p bosqichli metodik tizimning aralash ta’lim bilan internallik darajasini ketma-ketlikda o‘zgartirib borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion metodik loyihalar asosida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda mobil o‘qitish tizimidan foydalanish metodikasi acocida:
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning zamonaviy vositasi sifatida mobil qurilmalardan foydalanishning metodik xususiyatlarini aniqlashtirish, kasbiy-pedagogik faoliyatga internal motivasiyani oshipish, mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan zamonaviy ta’lim myhitini raqamli pedagogika bilan bevosita integratsiyasini ta’minlashga doir takliflardan AIF ¼ raqamli “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va elektronikadan qo‘shma o‘quv laboratoriyasini yaratish” nomli loyiha mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 19 oktyabrdagi 02-1674/1-con ma’lumotnomasi). Natijalar virtual laboratoriya orqali talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mobil texnologiyalarning didaktik imkoniyatlarini WebQuest, Geymifikatsiya, M-Learning, M-Feedback o‘qitish vositalari asosida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning Assesment, Pre-Vodcasting, RequestBase, ExamSoft, mobil so‘rovnoma, mobil viktorina, Plickers kabi innovatsion loyihaviy metodlarni kreativ faoliyat jarayonlariga tizimli qo‘llash produktivligini kengaytirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Web-dizayn” fanini o‘qitishda mobil qurilmalardan foydalanish uchun dasturiy vositani ishlab chiqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining 2021 yil 20 yanvardagi 07526-son guvohnomasi). Natijada o‘quv laboratoriyasini yaratishda mobil texnologiyalarni (http://web.jspi.uz ta’lim platformasi yordamida) qo‘llash imkoniyatini kengaytirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish