Yulchiev Qahhor Vahobovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Hozirgi o‘zbek she’riyatida makon va vaqt kategoriyasi (kichik lirik she’rlar misolida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filolgiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fil 168.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc 03/30.12.2019.Fil.05.02.
Ilmiy maslahatchi: yo‘q.
Rasmiy opponentlar: Suvon Meli, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek
tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik lirik she’rning yuzaga chiqishi, janr, kompozisiya, lirik kechinma, obraz va obrazlilikda badiiy makon va badiiy vaqt kategoriyasi, jumladan, topoxronosning o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik lirik she’r poetik strukturasidagi badiiy makon va vaqt unsurlarining kompozisiya, syujet, obraz mohiyatini ochib berishdagi ahamiyati o‘zbek fol`klori, o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari va hozirgi o‘zbek shoirlari she’rlari asosida aniqlangan;
badiiy makon va badiiy vaqt kategoriyasining muayyan she’r matni doirasidagi yuzaga chiqish hodisasi topoxronos sifatida olinib, barg, yo‘l, bog‘, dengiz kabi aniq detallar orqali topoxronosning she’r mohiyatini ko‘rsatuvchi makon va vaqt munosabatida makon-vaqt shaklini ifodalashi haqidagi nazariy qarash ilgari surilgan;
Rauf Parfi, Anvar Obidjon, Abdulla She’r uchliklari yapon xaykusi va koreys sichjosi bilan qiyosiy tahlil etilishi natijasida shu tipdagi she’rlarda topoxronos yuzaga chiqishining o‘zbek uchliklarida metafora, ironiya, majoz, qofiya, vazn kabi farqli va she’rlarning uch misra bo‘lishi, aforistiklik xususiyati, assotsiativ fikrlashga undashi kabi mushtarak jihatlari sanalgan bo‘lib, bunda har bir millat, xalq badiiy tafakkurining o‘ziga xosligi dalillangan;
kichik lirik janrlar, jumladan, uchlikning kompozisiya, obraz, kechinma singari badiiy konstantasi sifatida topoxronos ham olinishi zarurligi hamda uning lirik obraz ichki kechinmasini real borliqning poetik yuklama olishga qodir unsurlarini she’riy matnga kiritish orqali yuzaga chiqishi Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Anvar Obidjon, Usmon Azim she’rlari misolida isbotlangan;
g‘azal, ruboiy kabi kichik lirik she’rlardagi peyzaj, portret, obraz kabi topoxronos vositalarining lirik kechinma tabiati, she’r mazmuniy kompozisiyasining yuzaga chiqishidagi o‘rni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hozirgi o‘zbek she’riyatida badiiy makon va vaqt kategoriyasi (kichik lirik she’r misolida)” mavzusidagi dissertatsiyadan olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik lirik she’r poetik strukturasidagi badiiy makon va vaqt unsurlarining kompozisiya, syujet, obraz mohiyatini ochib berishdagi ahamiyatiga oid xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 574097-EPP-1-CY-EPPKA2-CDHE-JP raqamli, “RUECVIT: Rossiya va O‘zbekiston milliy kasb-hunar ta’limi va o‘qitish tizimlarida kasbiy ta’lim va o‘qitish uchun Evropa kredit transferi tizimi (ECVET)ni sinovdan o‘tkazish birliklarini boshqarish (2016-2019 g.g.) nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2021 yil 15 apreldagi 279-son ma’lumotnomasi). Natijada she’riy asar tahliliga yangicha yondashuvga erishildi;
kichik lirik she’r poetik strukturasidagi shakliy-uslubiy o‘zgarishlar o‘zbek fol`klori, o‘zbek mumtoz adabiyoti, jahon adabiyoti uslub va tamoyillari hamda ijodkorlar shaxsiy izlanishlari asosida she’riyatimizning keyingi rivojlanishini belgilab berganiga oid asosiy natijalardan Germaniya Federativ Respublikasi Boxum Rur universiteti filologiya fakul`tetida “Adabiyot nazariyasi”, “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanlarini o‘qitishda foydalanilgan (Boxum Rur universitetining 2021 yil 25 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada Germaniyalik talabalarni o‘zbek she’riyati namunalari va ularning mazmuni bilan tanishtirish imkoniyati yaratildi;
kichik lirik janrlar, jumladan, uchlikning kompozisiya, obraz, kechinma singari badiiy konstantasi sifatida topoxronos olinishi zarurligi hamda uning she’r badiiy xususiyatlarini ochishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2021 yil 29 apreldagi 212-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan tanqidiy matnlarning ilmiy-nazariy asoslari kengayishiga erishildi;
g‘azal, ruboiy kabi kichik lirik she’rlardagi peyzaj, portret, obraz kabi topoxronos vositalarining lirik kechinma tabiati, she’r mazmuniy kompozisiyasining yuzaga chiqishi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2015-2017 yillarda bajarilgan FA-A1 G006-raqamli “Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarining testologik tahlili va nashrga tayyorlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanildi. ((O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2021 yil 29 apreldagi №212-son ma’lumotnomasi). Natijada tahlil etilayotgan matnlar strukturasining nazariy asosiga hissa qo‘shildi;
Rauf Parfi, Anvar Obidjon, Abdulla She’r uchliklari yapon xaykusi va koreys sichjosi bilan qiyosiy tahlil etilishi natijasida shu tipdagi she’rlarda topoxronos yuzaga chiqishining o‘zbek uchliklarida metafora, ironiya, majoz, qofiya, vazn kabi farqli va she’rlarning uch misra bo‘lishi, aforistiklik xususiyati, assotsiativ fikrlashga undashi kabi mushtarak jihatlari haqidagi xulosalardan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi 2017-2020 yillarda bajarilgan loyiha doirasida chop etilgan “Barkamol avlod – davr talabi” nomli ilmiy-uslubiy ko‘rsatmada foydalanildi. (Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 25 martdagi 121-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodkorlarga ilmiy yangiliklar etkazilishiga erishildi;
uchlikning mazmuniy kompozisiyasi, lirik kechinmaning oniy lahzada ulkan botiniy makonni shakllantirishi haqidagi mulohazalaridan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi qoshidagi “Oltin qalam” adabiy to‘garagi faoliyatida, adabiy kechalarda, yosh ijodkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi. 2021 yil 13 iyuldagi 01-03/944-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘garak mashg‘ulotlari ilmiy-nazariy jihatlari, adabiy uchrashuvlar ilmiy saviyasi ortdi;
badiiy makon va badiiy vaqt kategoriyasining muayyan she’r matni doirasidagi yuzaga chiqish hodisasi topoxronos sifatida olinib, barg, yo‘l, bog‘, dengiz kabi aniq detallar orqali topoxronosning she’r mohiyatini ko‘rsatuvchi makon va vaqt munosabatida makon-vaqt shaklini ifodalashi haqidagi fikr-mulohazalardan Tojikiston Respublikasi akademik B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakul`tetida “O‘zbek adabiyoti”, “Adabiyot nazariyasi” fanlarini o‘qitishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universitetining 2021 yil 15 martdagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning o‘zbek adabiyoti tarixi, hozirgi adabiy jarayon mavzularining mazmuni boyitilgan.